I. N. Ismanov, J. X. Kambarov, M. M. Turdaliyeva korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruvni tashkil etish



Download 1,84 Mb.
bet55/97
Sana15.06.2023
Hajmi1,84 Mb.
#951780
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   97
Bog'liq
UMK

7.3.Kuzatuv
Kuzatuv qarzdor mol-mulki saqlanishini ta’minlanishi, shuningdek uning moliyaviy ahvolini tahlil etish maqsadida tashkil qilinadi. Kuzatuvning ma’nosi qarzdorga uni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilinganidan e’tiboran:

  1. Bankrotlikning keyingi taomili joriy etilgunga qadar o‘z mol-mulkini boshqarishni ta’qiqlash;

  2. Shuningdek, kreditorlar tomonidan mustaqil talablar qo‘yishni cheklash;

  3. Bunday imkoniyatni faqat bankrotlik to‘g‘risidagi ish doirasida yaratishdan iborat.

Ushbu taomil 2003 yilgi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonunning amalga kiritilishi bilan qabul qilingan. Kuzatuv taomilini amalga oshirish uchun xo‘jalik sudi tomonidan muvaqqat boshqaruvchi tayinlanadi.
Kuzatuv joriy etilishi bilan qarzdorning tashqi hisob-kitoblari to‘xtatiladi. Yirik bitimlar bo‘yicha qaror qabul qilish mas’uliyati muvaqqat boshqaruvchiga yuklanadi. Kreditorlar o‘z talablarini faqat kuzatuvdan keyin keluvchi bankrotlik taomillari doirasida qanoatlantirishga erishishlari mumkin.
Kuzatuv bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganda xo‘jalik sudi qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani ish yuritishiga qabul qilgan sanadan e’tiboran joriy etiladi.
Kuzatuv taomilini joriy etish bilan birgalikda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  • Mulkiy undiruvlar bo‘yicha ijro hujjatlarini ijro etish to‘xtatib turiladi, ish haqi bo‘yicha, mualliflik shartnomalari bo‘yicha haqlarni, alimentlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni undirish haqidagi, shuningdek hayot yoki sog‘liqqa etkazilgan zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi, xo‘jalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilingan paytga qadar qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlarini ijro etish bundan mustasno. Xo‘jalik sudining arizani ish yuritishga qabul qilish va bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ajrimi ijro hujjatlarini ijro etishni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi;

  • Qarzdor yuridik shaxs muassislarini uning tarkibidan muassislari chiqib ketishi munosabati bilan qarzdorning mol-mulkidan ulushni ajratish haqidagi talablarini qondirish taqiqlanadi;

  • Emissiya qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha dividendlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash taqiqlanadi;

  • Muqobil bir xildagi talabni hisobga olish yo‘li bilan qarzdorning pul majburiyatlarini tugatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Umumiy qoidaga ko‘ra kuzatuv taomili 3 oy muddatga joriy etiladi va xo‘jalik sudi tomonidan odatda kreditorlarning birinchi yig‘ilishi qarori asosida sud hujjati qabul qilinishi bilan tugatiladi.
Kuzatuvning joriy etilishi qarzdorning rahbarini hamda qarzdorning cheklovlar bilan o‘z vakolatlarini amalga oshirishni davom ettirayotgan boshqa boshqaruv organlarini chetlashtirish uchun asos hisoblanmaydi.

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish