2.Adabiyotning yakka shaxs tomonidan yaratilishi. Ana shu xususiyat xalq og’zaki ijodi bilan yozma adabiyotning farqi chek-chegarasi belgilab beradi. Yozma adabiyotda badiiy asarni aniq shaxs, talant sohibi yaratadi. Og`zaki ijod namunalarining yaratuvchisi aniq emas. Aslida ular ham muayyan shaxs tomonidan ma’lum davrda aytilgan va yaratilgan. Ammo yozuvning bo`lmaganligi va yozib qoldirilmaganligi tufayli yaratishning muallifi noma’lumligicha qolgan. Shunday qilib, og`zaki yaratilgan asarlar mualligi noma’lum bo`lganligi uchun ham ular xalqqa nisbat berilgan. Og`zaki ijodning avtori shu xalq bo`lib qolgan.
Belinskiyning fikricha, adabiyotning yaratuvchilari “xalq emas, balki ayrim shaxslar bo`lib, ular o`zlarining aqliy faoliyatlari bilan xalq ruhining turli tomonlarini aks ettirganlar”.
3. Adabiyotning uchunchi xususiyati badiiylikdir. Adabiyot hayotni obrazlar orqali ifodalaydi. So`z vositasida hayotni qayta tiklash, jonli va jozibali ruhga kkeltirish badiiylikning xuxusiyatidir.
Yuqorida sanab o`tilgan adabiyotning uch alomatini o`rganish, tahlilu tadqiq qilish adabiyot nazariyasining bosh vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |