Keren. L. Amir Temur Saltanati. T . Ma'naviyat. 1999-yil.
Shohruhning amir Xudoydod bilan muzokaralari bayonini “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn” asaridan kuzatamiz: Bu xabarlar hazrat xoqoni saidga arzga yetkazilgach, zu-l-qa’daning yigirma birinchisida (7 aprel, 1409) humoyun mavkab Movarounnahrga qarab yurdi. Onhazrat (ilgariroq) amir Cherkasni mirzo Xalil Sulton huzuriga yuborgan edi, Amir Xudoydod o’z navkari va mirzo Muhammad Jahongirning navkarini Cherkasga qo’shib (xoqoni said oldiga qaytardi) va ular Qutlug’ Temur rabotida o’rduga yetib keldilar va amir Xudoydodning: “”Men onhazratning quliman, bu xil ishlar xizmatkorlik yuzasidan sodir bo’ldi, endi qay tarzdaki hukm bo’lsa, uni adoga yetkazaman”,-degan so’zlarini arz qildilar. Hazrat xoqoni said Xudoydodning navkariga Chubin qavchinni qo’shib uning huzuriga jo’natdi va: “Endi bizda biror ixtiyor qolmadi, biz o’zimiz yetib boramiz, har nimaiki to’g’ri topilsa, insho Olloho taolo, o’shanga amal qilinadi; amir Xudoydod hech taraddusiz bizning huzurimizga yuzlansin, podshohona inoyat uning ahvoliga qaratilgandir”,-degan xabarni yo’lladi. Zu-l-hijjaning oltinchisida (22 aprel, 1409) onhazrat (Jayhun) suvining labiga yetdi161.
Bu paytda amir Shayx Nuriddin amir Xudoydoddan Movarounnahrga borishga ijozat so’ragan edi. Amir Xudoydod: “Qachonki Shohruh Mirzo Movarounnahrga qarab yursa, men ham oliy o’rduga borib qo’shilaman”,-deb javob qaytardi. U bu ahddan so’ng Buxoroga kelganida, amir Shayx Nuriddinning o’rduga qarab yo’lga chiqqanligining xabarini oldi va tezda Samarqandddan qo’shin bilan chiqib, Shayx Nuriddin ustiga hujum qildi va askarlarini tor-mor keltirib, Samarqandga qaytdi.
Shunday qilib, Shohruh Mirzoning qo’shini Amudaryodan o’tdi. Bu vaqtda amir Xudoydod mirzo Ahmad Mirak va mirzo Saydi Ahmadlarni Hisor viloyatini egallash uchun yuborgan edi. Lekin shahzodalar ularni chaqirish haqida farmon bo’lmasdan turib, amir Xudoydod farmoniga qarshi o’laroq, oily o’rduga yetib kelib, Shohruhning marhamatiga sazovor bo’ldilar. Xalil Sultonning xotini Shodmulk og’oni Abdulxoja o’rduga yetkazdi.Shundan so’ng Ibn Arabshohning ko’rsatishicha: “Qachonki (bu) dengiz ushbu tog’larni kesib o’tib, (bu) xabar Xudoydod (qulog’iga) yetgach, o’zining pashshalariyu maymunlariyu maymunlarini Shohruh bo’rilariyu sherlariga yarasha quvvati yo’qligiga, aksar askarining o’zidan qochib, unga taslim bo’lishiga hamda u (Xudoydod)ning o’zini tutib, Shohruhga topshirishlariga ishonchi komil bo’ldi. Natijada, u o’z orzu havaslarini takomiliga yetkazilishga shoshilib, o’z matlablarini tayyorlashga oshiqdi. Qo’li yetganicha mol-dunyoni olib, o’z imkoni qadricha nafis buyumlariyu yuklarini yukladi va Xalil Sultonni o’z suhbatiga olib, Andikon (Andijon-Y.Z.) qarab yuzlandi. Ollohdod, Arg’unshoh va Bobo Tarmishni qal’ada qoldirib, ulardan birovini ham o’z suhbatiga olishdan Xudoydod xazar qildi. O’z Xalili firoqigs garov bo’lib, o’zidagi bor (bo’lgan) izzati shilinib, xor bo’lgan Shodmulkni ham shaharda qoldirdi162Xuzor (ga yetganda) Xudoydodning tama tishi noumidlik tanglayida singach va zamona oshig’i uning murodicha o’girilmagach, mirzo Xalilni band qilib tez sur’at bilan qochishga yuz tutganligi haqida xabar keldi163.Xudoydod (Samarqanddan) uzoqlashgan va Shohruh tomonidan (hali) hech kim kelib yetmagan hamda fuqaroga hali na orqa (tayanch) na bosh bo’lmagan (bir vaqtda), ollohdod va Arg’unshoh Shohruh tomonga yuzlanib, uning istiqboliga chiqishga yuzlanib, uning istiqboliga chiqishni iroda qildilar. Shunda Xoja Abdulavval ularga qarshi qo’l ko’tarib, (ularning) qal’adan chiqishlarini man etish uchun o’z posbonlarini qo’ydi. Ularga qarshi u shahar shuttorlaridan ko’mak so’radi. Bundan oldin Ollohdod unga ozor yetkazib, qahrini qo’zg’agan ediki, bu Xoja Abdulavvalda Ollohdodga qarshi nafrat uyg’otgandi. Xoja Abdulavvalning riyosati (payti)da ikki odam orasida ixtilof chiqmadi va raiya ustida hukm yuritishda “ikki serka suzishmadi”164; uning ishorati amru nahiy bilinib, farmonlari ariqlari xalq orasida to’xtovsiz oqib, o’sha o’tgan kunlarda uning amrlari itoatda bo’ldi. Xoja Abdulavval raiyalar ustidan siyosat yurgizib, Ollohdod va uning sherigi (Arg’unshoh) hamda ular bilan birga bo’lgan kishilar ustiga posbonlar tayinlab, Shoh Malik qo’shinlarining old qismi Samarqandda tulu’ qilib, ular orqasidan Shohruh askarlari kelmagunlaricha ushbu masala tangligini (tobora) shiddatli qilaverdi165Shohruh bunga qaramay Samarqand ustiga yurdi va shahar xalqi tarafidan g’oyatda tantanali ravishda kutib olindi166. Bu haqda ”Matlai sa’dayn va majmai bahrayn”dan o’qiymiz: “Humoyun mavkab davlatu iqbol bilan shan-shavkat qarorgohi (Samarqand)ga yuzlandi. (Xoqoni said) o’zidan ilgariroq amir Alouddin Alikani devonaminlari bilan birgalikda shahar va xazinalarni zabt qilishga jo’natdi. Samarqandning ulug’lari Raboti Yomgacha kelishib kutib olish shartlari, ulug’lash ham hurmatlash rasm-rusumlarini bajo keltirdilar, Mirzo Muhammad Jahongir va boshqa amirlar (xoqoni saidning) qo’lini o’pish sharafiga yetishdilar. Yigirma yettinchi zu-l-hijjada (13 may, 1409) dorussaltana Samarqand humoyun mavkabning qarorgohi bo’ldi. (Samarqand) akobirlari va shariflari duoyu sanolarni adoga yetkazishib, shod
Do'stlaringiz bilan baham: |