Uchburchak va uning turlari
Uchburchaklar, ularning perimetri haqida siz boshlang‘ich sinflarda tanishgansiz. Tekislikda uchta A, B, C nuqtalarni belgilaylik:
B
A C
A, B , C nuqtalarni AB, AC, BC kesmalar yordamida tutashtiramiz. Natijada ABC uchburchak deb ataluvchi shakl hosil bo‘ladi.
Ta’rif. Tekislikning AB, BC, AC kesmalar bilan chegaralangan qismi ABC uchburchak deyiladi va Δ ABC kabi belgilanadi.
A, B va C nuqtalar uchburchakning uchlari deyiladi.AB, BC, AC kesmalar esa uchburchakning tomonlari deyiladi.
Uchburchakning ixtiyoriy bir tomoni qolgan ikki tomoni yig‘indisidan kichik,ammo ular ayirmasidan katta bo‘ladi.
AC-BC AB-BCAB-AC< BC
Uchburchak turlari.
Uchburchakda uchta burchak bor. Uchburchak burchaklari gradus o‘lchovlarining yig’indisi 180o ga teng.
o
Uchburchak burchaklariga ko‘ra uch xil bo‘ladi:
o’tkir burchakli uchburchak,
o‘tmas burchakli uchburchak,
to‘g‘ri burchakli uchburchak.
Uchburchakning burchaklari
|
Uchburchakning atalishi
|
Ko‘rinishi (rasmi)
|
Hamma burchaklari o‘tkir burchak
|
O‘tkir burchakli uchburchak
|
|
Burchaklaridan biri to‘g‘ri burchak
|
To‘g‘ri burchakli uchburchak
|
|
Burchaklaridan biri o‘tmas burchak
|
O‘tmas burchakli uchburchak
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |