I MAVZU. MARKETING VA UNING IQTISODIY
AHAMIYATI
Reja:
1.1. Marketingning mohiyati va ahamiyati.
1.2. Marketing – biznes falsafasi.
1.3. Marketingning boshqaruv funksiyasi.
1.1. Marketingning mohiyati va ahamiyati
Marketing – (Marketing) ingliz tilidan olingan bo‘lib, bozor faoli yatini o‘rganish ma’nosini anglatadi.
Marketing – bozorda iste’molchilarga mahsulotlarni to‘g‘ri shakllangan
narxlarda yetkazib berishni o‘rgatadi. Marketing – ayirboshlash yo‘li bilan
ehtiyoj va talablarni qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatining turi, bo zordagi barcha qatnashchilarning o‘zaro manfaatlariga asoslangan harakat larini, talabni shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir. Marketing
– bu tovar harakatining barcha bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi, talab va
taklifni o‘rganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini yaratish, sotish va
iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan turli xildagi xizmatlar ko‘rsatish va
iste’moldan chiqqandan keyin utilizatsiyalashni tashkil qilish kabi bozor
muammolarini yechishda yaxlit-tizimli (kompleks-sistemali) yondashishdir.
Marketing XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida xaridor talabini
qondirishga mo‘ljallangan, korxonalarning ishlab chiqarish-sotish, savdo
faoliyatlarini tashkil qilish va boshqarish tizimi sifatida paydo bo‘lgan. Bi roq, sobiq sotsialistik, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini reja asosida, ma’muriy
boshqarish asos bo‘lgan jamiyatda, marketingni eng dastlabki tashkil
bo‘lish zarurati, negizi ham o‘z-o‘zidan yaroqsiz, keraksiz holga keldi.
Ayniqsa, 50–80-yillardagi xo‘jalik yuritishda baholashdagi yalpi miqdoriy
ko‘rsatkichlarning ustunligi, yirik xo‘jalik va vazirliklarning yakkahokimli gi noshud, kun sayin yemirilib borayotgan, «kasallangan» xo‘jalik mexa nizmining yaratilishiga olib keldi. Xarajatlarning o‘sib borishiga asoslan gan iqtisodiyot – asosiy maqsad sifatli tovar ishlab chiqarish, pirovard
mo‘ljal, xaridorlar talabini qondirish va fan-texnika yutuqlarini ishlab
chiqarishga joriy qilishni tezlashtiruvchi o‘zgaruvchanlik, moslashuvchan lik kabi ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi harakatlardan mahrumdir.
Ishlab chiqarish va umuman xo‘jalik yuritishga marketing nuqtayi nazaridan
yondashish xaridorga ta’sir qilishning keng jabhalarini o‘z ichiga oladi. Bu
bozor uchun bo‘lgan raqobat kurashining o‘ziga xos xususiyatlarini aniq lashga olib keladi. Bozor doirasida sabab-natija aloqalarini tahlil qilishning maxsus usullarini qo‘llab, xaridorlar talabi, ehtiyoji, didi va ta’bi to‘g‘risida
axborotlar to‘plab, korxona va tashkilotlar, marketing konsepsiyasi u yoki
bu tovarga va xizmatga xarid qiziqishini shakllantirish uchun iqtisodiy, tashkiliy,
texnik va ijtimoiy (sotsial) yo‘nalishlarni tashkil qiladi. Ular talabni mum kin bo‘lgan rivojlanish istiqbolini aniqlaydilar, uni maqsadli yo‘nalishini
shakllantirish uchun qarorlar qabul qiladilar va ko‘rilgan tadbirlar samara dorligini albatta nazorat qiladilar. Xarid masalaga marketingli yondashishdagi
har tomonlama tahlilning o‘ziga xosligi, bozordagi yuz beradigan jarayonlar ni hisobga olishgina emas, balki ishlab chiqarish korxonalari, tovarlarni
yetkazib beruvchi vositachilar, ulgurji va chakana savdo korxonalari hamda
ular bilan bog‘liq boshqa barcha tashkilotlarning bozor bo‘g‘inlari tizimidagi
tezkor va uzoq vaqtga mo‘ljallangan aniq maqsadlarini o‘zgarishini tahlil
qilishdir. Marketing xo‘jalikning ma’lum bir tarmog‘iga, masalan, ishlab
chiqarishga yoki savdoga taalluqli deb o‘ylash noto‘g‘ri bo‘lur edi. U bozorga
xizmat ko‘rsatuvchi barcha xo‘jalik subyektlarini o‘z ichiga oladi va ulardan
birgalikda va yaxlit (kompleks) foydalanilganda, birgalikdagi faoliyatning
so‘nggi natijasi uchun umumiy strategik yo‘nalishi mavjud bo‘lgan holdagina
uning vosita va usullari samarali natija beradi.
Bizning iqtisodiyotimiz sharoitlaridan kelib chiqqan holda, bunday
natijalar quyidagilar bo‘lishi mumkin: bozor va milliy iqtisodiyot man faatlaridan kelib chiqqan holda iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va xiz matlarni tashkil qilish, tovar aylanishi miqdori va tarkibini shakllantirish,
bozor talablari nuqtayi nazaridan milliy iqtisodiyotning istiqbolini aniq lash va hokazolar. Marketingli yondashish, markazdan turib boshqarish va
rejalashtirishdan nima bilan farq qiladi? Bunda korxona va tashkilotlarning
ish amaliyotida bozor talabi umuman hisobga olinmas edi. Marketing esa
sotish uchun taklif qilinayotgan tovarning ham, unga almashinadigan va
aholining turlicha bo‘lgan tabaqalarining daromadlariga asoslangan pul oqi mining ham aniq manzili bo‘lishini talab qiladi.
Markazlashtirilgan rejalashtirishdagi yalpi-qiymatli yondashuv pul va
ayniqsa, tovar masalasini hech qanday boshqarmaydi, aksincha, uni
ma’nosiz o‘rtacha xaridor deb ataluvchi xaridorga yo‘naltiradi. Hattoki,
yetarli imkoniyatlar mavjud bo‘lgan holda ham, talab va taklif orasida
muvozanat bo‘lmaydi, chunki korxonalar shunday sharoitda faoliyat
ko‘rsatadiki, ular uchun bozor talablariga moslashishning keragi yo‘q bo‘lib
qoladi. Faqat ishlab chiqarish rejasini bajarish va oshirib bajarish kerak
bo‘ladi. Keyin bozorning o‘zi unga kelib tushgan tovarni yutib ketadi. Biz ning iqtisodiyotimizda mavjud bo‘lgan doimiy taqchillilik qonuni shundan
iborat edi. Bordi-yu ishlab chiqarilgan tovarning biron-bir qismi bozorda
o‘ziga xaridor topa olmasa, korxona hech qanday zarar ko‘rmas va u hech
qanday moddiy javobgarlikka tortilmas edi. Bunaqa «ish»dan kelib tushadi gan zarar jamiyat «yelkasiga» og‘ir yuk bo‘lib tushar edi, xolos arketingli qarorlar qabul qilish korxonalardan bozorga mumkin qa dar moslashishni va davlat iqtisodiy siyosatiga to‘liq javob berish bilan
birga, ishlab chiqarishning samaradorligi va foydaliligini oshirish, mehnat
natijalaridan moddiy manfaatdorlikni oshirishga asoslangan, o‘zining rivoj lanish strategiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishni har vaqt
talab qiladi. Nima uchun bunday hol sodir bo‘ladi? Chunki, marketingli
yondashuvda qiymat qonuni va tovar ishlab chiqarishning boshqa iqtisodiy
qonunlari qat’iy amal qiladi. Ana shu asosida faqat bozorgina tovar-pul al mashinuvini ta’minlaydi. Ishlab chiqilgan moddiy boyliklar pul ekviva lentiga almashtirilmas ekan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish tugallangan va
to‘liq bo‘lmaydi va yangi ishlab chiqarish davri sikli boshlanishi o‘z o‘zidan mumkin emas. Eng kam xomashyo, materiallar, mehnat va moliya
resurslar sarfi bilan talabni ko‘proq, to‘laroq qondirishga imkon beradigan
marketing strategiyasining ma’nosi ham ana shunda.
Marketing faoliyatida iste’molchilar asosiy o‘rinni egallaydilar.
Tadbirkor o‘z iste’molchilari sonini ko‘paytirib borishga doim harakat
qiladi. Buning uchun esa, u bozorni o‘rganib, yangi iste’molchilarga va
o‘zlarining doimiy mijozlari uchun tovarlar va xizmatlar ko‘rsatish tur larini kengaytirib borishlari kerak.
Marketingning mohiyati deganda, tadbirkorlik faoliyatini olib borish
jarayonida ishlab chiqariladigan tovarlar yoki ko‘rsatiladigan xizmatlarni
iste’molchilarga ularning iqtisodiy-ijtimoiy darajasiga qarab va sotib olish im koniyatlaridan kelib chiqqan holda faoliyat olib borish tushuniladi.
Tadbirkor o‘z faoliyati davomida marketing tadqiqotlarni olib borishni
yaxshi anglashi kerak va ushbu sohani yaxshi bilishi lozim. Kichik tad birkorlik faoliyatlarida faqatgina marketing bo‘limini olib borayotgan mar keting tadqiqotlari qoniqtirmasligi kerak.
Marketing tushunchasi keng qamrovli bo‘lib, buni nafaqat kichik tad birkorlik faoliyatlaridagi marketing bo‘limi yoki xodimining ish olib bori shi, balki hamma soha vakillari o‘z bilimi va vakolati doirasida olib borgan
faoliyatlari yig‘indisigina bozorda ishonchli natijani kutish mumkin.
Marketing asosida bozorni har taraflama o‘rganish yo‘nalishlarining
asosiylaridan quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish zarur:
talabni o‘rganish;
bozor tarkibini aniqlash;
tovarni o‘rganish;
raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing tadbirkorlik faoliyatining bozorda ishlash uslubi bo‘lib,
iste’molchilar va ularning talab istaklarini o‘rganish, ularga mos tovarlar
yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, taqdim etish, sotish,
xizmat ko‘rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari maj mui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan
taklifni o‘zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Marketing – iste’molchilar, bozorning aniq segmentlari talabini hisobga
olish, aniqlangan talablarga mos yangi tovarni ishlab chiqish, rag‘batlantirish
va reklama tadbirlari asosida uni sotishni tashkil qilish hamda tovarlar ha rakatini aniqlash konsepsiyasidir
Do'stlaringiz bilan baham: |