Bog'liq 1-mavzu marketing va uning iqtisodiy ahamiyati
1.2. Marketing – biznes falsafasi
Marketing – bu biznes falsafasidir, bunda iste’molchilar va potensial
iste’molchilar biznes strategiyasining markaz doirasida turadi. Ushbu faoli yat turlariga quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin:
– iste’molchilarning va potensial iste’molchilarning ehtiyojlarini aniq lash;
– mahsulotning optimal strategiyasini tanlash;
– mahsulotlarni ishlab chiqarishdan tortib to iste’molchilargacha sa marali yetkazib berishni (o‘tkazishni) ta’minlash;
– mahsulotlarni iste’molchilar sotib olishlariga ishontirish va ularni
axborotlar bilan ta’minlab borish;
– sotiladigan mahsulotlar narxini aniqlashtirib olish;
– faoliyat ko‘rsatayotgan bozorlarni kengaytirish va yangi bozorlar
tashkil qilish uchun harakat qilish.
Tadbirkorga marketing nima uchun kerak?
“Mahsulotlarni sotish uchun marketing kerak”, degan tadbirkorlar ning an’anaviy javobi, lekin bunday javob qoniqarli emas. Bizning tad birkorlar mahsulotlari sotilmay qolgan taqdirdagina marketing tadqiqotlari
bilan shug‘ullanishni eslab qoladilar. Ishlab chiqilgan va sotib olingan mah sulotlarni sotishda muammo chiqib qolganda tadbirkorlar: “Mening mah sulotlarim yaxshi-ku, nega ularni sotib olmayaptilar”, deb marketing tad qiqoti bilan shug‘ullanishni o‘ylab qoladilar.
Bunday yondoshish marketing miopieysi (kalta qo‘llik) yoki marke tingning tovarlar yo‘nalishi deyiladi.
Tadbirkorlar hech qanday qiyinchiliklarsiz mahsulotlarini sotib tu rishgan vaqtda uni ishlab chiqarish doim naf keltiradi. Buning uchun
yo‘nalishni yaxshi anglab olish kerak. Bunda iste’molchilarning ehtiyojlari
qanday ekanligini, ularning tovarlarga nisbatan fikrlari, iste’molchilar qanday
tovar va xizmatlarni xohlaydilar va qanday narxda sotib olishlari mumkin
degan ma’lumotlarga tadbirkor doim ishlab chiqarishni tashkil qilishdan
oldin ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Tadbirkor marketing faoliyatini tadqiq qilish jarayonida iste’mol dara jasini o‘rganibgina qolmasdan, balki ushbu iste’molni qondirishga e’tiborini
qaratishi kerak.
Marketing maqsadi – taqsimotni jonlantirish, mijozni yaxshi tushu nish va anglash, tovarlar yoki xizmatlarni iste’molchiga to‘g‘ri kelishini
o‘rganishdan iborat.
Marketing tadqiqotlarini olib borish jarayonida SWOT tahlili alohida
o‘rin egallaydi.
Marketingning ko‘pgina ta’riflari mavjud bo‘lib, ularning ayrimlarini
quyidagi chizmada keltirib o‘tganmiz:
1. Marketing instituti (AQSH). Marketing – bu tijorat faoliyatidir, bunda biznes rivojlanadi, iste’molchilarning ehtiyojlarini aniqlaydi va ularga munosib javob bera oladi.
2. Piter Drakker Marketing – bu butun biznes jarayoni bilan faoli yatning oxirgi natijasini nazarda tutadi, bu esa iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirilganligi nisbatini e’tiborga olib boradi.
3. Fili p Kotler Marketing – bu muhtojlik va ehtiyojni ayirboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining turidir
. Agar marketing mahsulotlarni sotish, ishlab chiqarishni boshqarish tizimi sifatida tadbirkorning ishonchli tayanchi hisoblansa, bozordagi bevosita faoliyatdan iborat bo‘lgan marketing tadqiqotlari tadbirkorning faoliyat yuritishini shakllantiradi, marketingning turli usul va vositalaridan tashkil topadi va jamlanib, marketing – “mix”ni vujudga keltiradi. Uning asosida “4p” formulasi turadi:
1 – narx (price);
2 – mahsulot (product);
3 – joy (place);
4 – siljitish (promotion).
Har qanday tadbirkor o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun marketing – (mix)ni turli guruhlantirish va ko‘rinishlarda qo‘llaydi:
• mahsulot sifati va xizmatini takomillashtirish;
• moslashuvchan narx siyosati;
• reklama;
• savdoni kuchaytirish;
• mahsulotni sotish shartlari;
• tovar harakati yo‘llari va hokazolar.
Bunda marketingning bozordagi faoliyati ommabop shakl va usullari yo‘q. Har bir xo‘jalik subyekti ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish xu susiyatlari va bozordagi holatni hisobga olgan holda, o‘z boshqaruv mar ketingi va marketing – (mix) modelini ishlab chiqadi.