2. Fanning maqsadi va vazifalari. Dunyo dinlari tarixi fanining jamiyat hayotida bajaradigan maqsad va vazifalari mavjud bo’lib, fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga jahon dinlarining shakllanishi, mohiyati, tarixi, tamadduni, hozirgi holati, jamiyat hayotida tutgan o’rni va tarbiyaviy ahamiyati, manaviy madaniyat rivojiga qo’shgan hissasi, diniy e’tiqod, undan kutilgan asosiy maqsad haqida ilmiy malumot berishdan iborat.
O’zbekiston qator Osiyo davlatlari (islomga e’tiqod qiluvchilarning 2/3 qismidan ko’prog’i Osiyoda yashaydi va bu qit’a aholisining 20% dan ortiqrog’ini tashkil etadi) qatorida islom dini keng tarqalgan mamlakatlardan biri ekanligini hisobga olib, mintaqada VIII asrdan boshlab uning jamiyat hayotiga kirib borishi, xalq madaniyati va manaviyatini rivojlantirishga qo’shgan hissasi haqida talabalarga ilmiy, falsafiy, aynan dunyoviy bilimlar bilan keng, batafsil malumot berish ham nazarda tutilgan. Talabalarni islom dini talimoti va manaviyati, milliy va diniy qadriyatlar uyg’unligi, umuminsoniy qadriyatlar bilan mushtarakligi, mustaqil rivojlanish sharoitidagi ahamiyatidan xabardor qilishni tavsiya etgan holda mazkur darajaga erishishda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi yangi tahrirdagi qonun, qator huquqiy kodekslar amali dastur bo’lib xizmat qilyapti.
Fanning vazifasi – talabalar ongiga jahon dinlari turlari, ularda vujudga kelgan yo’nalish va mazhablar, jahon dinlarining ijtimoiy funksiyalari haqida ilmiy-mantiqiy xulosa chiqara olish, shu bilan bir qatorda milliy g’oya va mafkurani shakllantirishda jahon dinlarining hissasi va o’rnini asosli ravishda tahlil qila olish qobiliyatini, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.
Fanni o’qitishda ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, xolislik tamoyillariga amal qilgan holda an’anaviy usullar bilan bir qatorda davra suhbati va ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Fanning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:
- Dinning mohiyati, uning paydo bo’lishi va tarixiy taraqqiyoti haqida ma’lumot beish;
- Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy-ma’naviy, ruhiy vazifalari haqida tushuncha berish;
- Dinning tarixiy turlari-ibtidoiy, milliy va jahon dinlari haqida ma’lumot berish;
- Insoniyat jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida dinning tutgan o’rni haqida ma’lumot berish;
- Jamiyatni ma’naviy kamol topishida diniy qadriyatlarning ahamiyatini yoritish;
- Islom dinning Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatiga ta’siri haqida ma’lumot berish;
- Dunyoviy davlat va dinning o’zaro munosabatlari haqida,O’zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonunning mazmuni haqida tushunchalar beriish.
Dunyo dinlari tarixi fanining yuqorida bayon etilgan maqsadlari bevosita uning vazifalarini belgilab beradi.
Bular esa:
- din haqida yosh avlod ongida ma’naviyat qadriyat va ma’naviy merosimizning ajralmas tarkibiy qismi bo’lgan diniy qadriyatlarga hurmat tuyg’usini shakllantirish;
- insoniy xislatlarini tarbiyalashda dinning katta ahamiyatiga ega ekanligini ko’rsatish;
- Islom dini va boshqa dinlar qadriyatlariga hurmat bilan qarash, boshqa dinlarga va ularning vakillariga hurmat bilan munosabatda bo’lish;
- O’zbekiston fuqarolarida diniy va dunyoviy ilimlarni rivojlantirishga hissa qo’shgan ulug’ mutafakkirlarimizning ma’naviy merosidan faxrlanish tuyg’usini shakllantirish;
-Tarixiy,ma’naviy merosimiz bo’lgan diniy qadriyatlardan barkamol insonni tarbiyalash jarayonida ijobiy tarzda foyfalanish.
Din bag’rida shakllangan ma’naviy axloqiy qadriyatlar bugungi kuda, O”zbekistonda ma’naviy uyg’onish, milliy tiklanish jarayoni ketayotgan,komil insonni tarbiyalash masalasiga davlat siyosati darajasida munosabat olib borilayotgan bir sharoiga muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. O’zbekistonda din va diniy qadriyatlaga boy tarixiy-ma’naviy meros ma’naviyat hamda qadriyat sifatida munosabatda bo’linib, diniy qadriyatlardan jamiyatni ma’naviy axloqiy poklash va barkamol insonni tarbiyalash jarayonida ijobiy tarzda foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |