Lug`atlar bilan ishlash.
Avtomatik tarjimaning sifati qanday lug`atdan foydalanilayotganligiga bog`liq. Promt 98 tizimi umumiste`moldagi so`zlardan iborat bo`lgan bosh lug`at, shuningdek turli sohaning ixtisoslashgan lug`atlarini o`z ichiga oladi.
Ixtisoslashgan lug`atlarga bo`lgan zaruriyat inson faoliyatining turli jabhalarida ushbu sohaga tegishli tushunchalarni ifodalovchi turli termin (atama)lar qo`llanishi bilan bog`liq. Bu atamalardan ba`zilari o`ziga xos ma`noga ega bo`lishi, ba`zilari kundalik turmushda, ba`zilari boshqacha ma`noda ishlatilishi mumkin. Maxsus matnlar tarjimasida atamalar muvofiq keluvchimazmunda ishlatilishi kerak.
Misol uchun inglizchada solution so`zini olamiz. Universal lug`atlar uni har xil tarjima qilishlari mumkin. Lekin u matematikada yechim deb, kimyoda esa qorishma ma`nosini anglatadi.
Tarjima sifatini oshirishning boshqa usuli dasturga u tarjima qila olmaydigan yoki tarjima qilmasligi kerak bo`lgan ba`zi so`zlarni ishlatish usulini ko`rsatishdan iborat.buning uchun tarjima qilinmaydigan soz`lar (masalan, Windows)ni band qilib qo`yish va dastur lug`atida bo`lmagan so`zlar tarjimasining qoidalarini bezash zarur.
Lug`atni tanlash.
Foydalaniladigan lug`atlar ro`yxati axborot panelidagi foydalaniladigan lug`atlar qo`shimcha varaasida keltirilgan. Lug`atlar ko`rsatilgan tartibda ko`riladi, shu bilan birga keyingi lug`atga o`tish ko`rilayotgan lug`atda kerakli so`z bo`lmagan taqdirdagina amalga oshiriladi. Tarjima sifatiga nafaqat lug`atlarning soni, balki ularning dasturda terilish tartibi ham ta`sir ko`rsatadi.
Shunga alohida e`tabor berish kerakki, dasturdagi terilishda, odatda, birinchi bo`lib iste`mol lug`ati turadi. Iste`mol lug`atlari tahrir qilish va o`zgartirish uchun ochiq bo`ladi. Shu tariqa, foydalanuvchi tomonidan to`ldirilgan va o`zgartirilgan maqolalar birinchi navbatda e`tiborga olinadi.
Foydalanilayotgan lug`atlar ro`yxatini o`zgartirish uchun Словари (lug`atlar) menyu bandini va tarjimaning kerakli yo`nalishini ( masalan, русско-английски yoki англо-русский) tanlash kerak. Shuningdek, Перевод asboblar panelidagi Словари (lug`atlar) bandini bosish mumkin. Bunda tarjimaning tanlangan yo`nalishiga muvofiq keluvchi qo`shimcha varaqalardan iborat bo`lgan Словари (lug`atlar) muloqot oynasi ochiladi.
Bu muloqot oynasi qo`shimcha lug`atlarni ko`rish, ulash va o`chirish, yangi iste`mol lug`atlarini yaratish, shuningdek, lug`atlarni ko`rish tartibini boshqarish imkonini beradi.
Shu bilan birga “har iste`molga qarshi ” qo`shimcha lug`atlarni qo`shish tavsiya etilmaydi, chunki bu dastur ishini sekinlashtiradi va tarjima sifatiga salbiy ta`sir ko`satadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |