I-mavzu. 1918-1939 yillarda angliya reja; 1-§. Urushdan keyingi iqtisodiy va siyosiy inqiroz yillarida Angliya



Download 364,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana18.07.2022
Hajmi364,72 Kb.
#818672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu

3-savol bayoni;
Fransiya 1929 yilda boshlangan jahon iqtisodiy krizisiga kechroq, 1930 
yildan kirdi. Chunki bu mamlakatda jahon urushida xarob bo‘lgan xo‘jalikni tiklash, strategik 
qurilish-sanoat mashina uskunalarini yangilash davom etmoqda edi. Krizis Fransiyada bir necha 
yillarga cho‘zilib ketdi ishlab chiqarishning ba’zi tarmoqlari esa ikkinchi jahon urushigacha 
krizisdan qutila olmadi, mahsulot ishlab chiqarish hajmi qisqardi sanoat mahsulotining uchdan 
biri, qishloq xo‘jalik mahsuloti va tashqi savdoning beshdan ikkisi, Milliy daromadning uchdan 
biri qisqarib ketdi. Ishchilarning ish haqi 40% ga kamaytirildi. Ishchilar ish haqining umumiy 
fondi 23 mlrd frankka kamayib ketdi. Shtraflar olish avjiga chiqib ketdi. Ishlab chiqarish tobora 
ixchamlashtirilib, mehnat jarayoni jadallashtirildi va ish kuni 10-12 soatga uzaytirildi. Xotin-qizlar 
va bolalar haddan tashqari ekspluatatsiya qilindi. Narx-navo ko‘tarildi. Egri soliqlar oshdi. 
Ishsizlar ko‘payib ularning soni 1,5 mln kishidan oshdi, ishchilarning 50% butunlay va qisman 
ishsiz qoldi.
 
Inqiroz mamlakatdagi siyosiy beqarorlikni kuchaytirdi va hukumatdagi guruhlar 
o‘rtasidagi kurashning avj olishiga olib keldi. Faqat 1937 yildagina Fransiya sanoati va tashqi 
savdosi inqirozdan oldingi darajaga qaytdi, biroq 1938 yilda yangi tanazzul boshlandi va u deyarli 
ikkinchi jahon urushi boshlangunga qadar davom etdi. Fransiya iqtisodiy rivojlanishning normal 
o‘zaniga qaytib tusha olmadi. Fransiyadagi siyosiy vaziyat keskin o‘zgardi, keng ommaning 
noroziligi kuchaydi. Bu, jumladan, fransuz burjuaziyasining an’anaviy yirik partiyalari 
obro‘sining tushishida aks etdi. Ma’lumki, moliyaviy oligarxiya va yirik sanoat 
monopoliyalarining manfaatlarini himoya qiluvchi bu partiyalar Fransiyada hokimiyat tepasiga 
1926 yilda kelgan edi. 1929 yil noyabridan 1932 yil maygacha mamlakatda 8 ta hukumat almashdi.
1932 yil mayidagi saylovlar Fransiyada inqirozning ikki yili davomida so‘lga qarab 
burilganini ko‘rsatdi. Saylovlar sotsialistlar va radikal-sotsialistlar blokiga g‘alaba keltirdi. Yangi 
hukumatni yana Eduard Errio boshqardi. Deputatlar palatasidagi 594 o‘rindan 386 tasini so‘l blok 
vakillari olib, o‘z dasturlarini amalga oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar. Biroq, ular bu 
imkoniyatni boy berdilar. O‘ng doiralar so‘l hukumatga qarshi kuchli hujumni avj oldirdilar va bu 
hukumatning normal faoliyat ko‘rsatishiga imkon bermadi. E.Errio hukumati bor-yo‘g‘i 6 oy 


ishlab, iste’fo berishga majbur bo‘ldi. 1932 yil dekabridan 1934 yil yanvariga qadar Fransiyada 
so‘llarning 5 ta hukumati almashdi va ularning har biri uch oydan oz hukmronlik qildi. Ularning 
eng so‘nggisi Eduard Daladye (1884-1970) hukumati bo‘ldi.
Ishchilar sinfi va mehnatkash dehqonlarning ommaviy inqilobiy chiqishlari monopolistik 
burjuaziyaning Laval va Tardye hukumatlarini (1931-1932) g‘oyat zo‘r tashvishga soldi. 
Monopolistik burjuaziyaning parlament metodlaridan ko‘ra fashizmga moyilligi oshib bordi. 
1932-1933 yillarda “Fransuz birdamligi”, “fransistlar” degan yangi fashistik partiya va soyuz 
tuzildi. Ilgari tuzilgan “Jangovar krestlar”, “fransuz harakati” kabi fashist tashkilotlari aktivlashdi. 
Bu tashkilotlar bir necha 10 ming (keyinroq esa bir necha yuz ming) a’zoga ega bo‘ldi, hamda to‘p 
va pulemyotlar bilan qurollanib oldilar. Ularning ixtiyorida yuzdan oshiq samolyot ham bor edi. 
Fashistik tashkilotlarning boshliqlari (De Lya Rok) va boshqalar Gitler va Mussolini bilan aloqada 
bo‘ldilar. Buning ustiga, Fransiya hukmron doiralari xalqaro vaziyat keskinlashib borayotganiga 
va Germaniyadan reparatsiya olish to‘xtaganligiga qaramay, German fashizmini qo‘llab-
quvvatladilar.

Download 364,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish