I-mavzu. 1918-1939 yillarda angliya reja; 1-§. Urushdan keyingi iqtisodiy va siyosiy inqiroz yillarida Angliya



Download 364,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana18.07.2022
Hajmi364,72 Kb.
#818672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu

 
3-savol bayoni;
Inqiroz Angliya iqtisodiyotini yanada orqaga surib yubordi. 1930 yildagi 
sanoat mahsuloti 1929 yildagi ko‘rsatkichning 92,4% ga, 1931 yilda 83,8% ga, 1932 yilda esa 
82% ga tushib qoldi.
Ko‘mir, mashinasozlik, kemasozlik va boshqa ba’zi sanoat tarmoqlarining mahsuloti 40% 
ga kamayib, 1897 yildagi darajaga tushib qoldi. Angliyaning jahon savdosidagi roli ham pasaydi. 
Tashqi savdoning hajmi ikki hissa kamaydi. Angliyani an’anaviy bozorlardan siqib chiqarish 
jarayoni avj oldi. Inqiroz natijasida juda ko‘p mamlakatlar kasodga uchrab, Angliya mahsulotlarini 
rad etdilar. Bir vaqtning o‘zida xorijiy raqiblar Angliyani hatto uning ichki bozoridan ham siqib 
chiqarishga urindilar. Yevropa va AQShda ro‘y bergan moliyaviy inqiroz, Markaziy Yevropadagi 
banklarning kasodga uchrashi Angliya pulining qadrsizlanishiga olib keldi va uning oltin bilan 
ta’minlanishiga barham berdi.
Angliya iqtisodiyotining eng zaif joyi ishsizlik bo‘ldi. 1929-1933 yillardagi inqiroz 
ishsizlikning Angliya tarixida bo‘lmagan darajada o‘sishiga olib keldi. Rasmiy ma’lumotlarga 
ko‘ra, 1930 yilda barcha ishchilarning 17% i ishsiz edi, 1931 yilda ishsizlik darajasi 23% ga, 1932 
yilda esa 25% ga o‘sdi. 1932 yilda har to‘rtinchi ishchi ishsiz edi. Iqtisodiy inqirozning boshlanishi 
leyboristlar partiyasining yana hukumat tepasiga kelish vaqtiga to‘g‘ri keldi. 1929 yil mayidagi 
parlament saylovlarida konservatorlar hukumatining ichki va tashqi siyosatidan norozi bo‘lgan 
ishchilar leyboristlarga ko‘p ovoz berdilar. 1929 yil iyunida R.Makdonald (1866-1937 yy) 
boshchiligidagi leyboristlarning ikkinchi hukumati tuzildi.
R.Makdonald realist siyosatchi bo‘lib, Angliyaning sobiq buyukligini qaytarishni 
xomxayol deb hisoblardi. Biroq u Angliyani bostirib kelayotgan halokatdan qutqarishga va 
mamlakatning jahondagi mavqeini eng avvalo muvaffaqiyatli diplomatik kombinatsiyalar 
uyushtirish hamda Millatlar Ligasidan foydalanish yo‘li bilan saqlab qolishga urindi.
Biroq R.Makdonald boshchiligidagi ikkinchi leyboristlar hukumati qiyin ahvolda qoldi. Bir 
tomondan, ish berish va yashash sharoitlarini yaxshilashni talab qilgan mamlakat aholisiga 
berilgan va’dalarni bajarish, ikkinchi tomondan esa, davlat ijroiya hokimiyati vazifalarini bajarish 
va mamlakatni bosib kelayotgan iqtisodiy inqirozdan saqlab qolish lozim edi. Leyboristlar o‘z 
majburiyatlarini qisman bajardilar. Ko‘mir konlarida 7 soatlik ish kuni joriy etildi. 1930 yilda 
ishsizlik bo‘yicha sug‘urta to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilindi, ishsizlik bo‘yicha nafaqalar 
olish muddati 3 oydan 12 oygacha uzaytirildi. Ishsizlikka qarshi kurash bo‘yicha maxsus vazirlik 
hamda ishsizlar uchun ish qidirish bo‘yicha maxsus qo‘mita tashkil qilindi. Bu choralar 
ishsizlarning ahvolini ma’lum darajada yaxshilashga xizmat qildi.
Biroq, umuman olganda, ikkinchi leyboristlar hukumati inqiroz og‘irligining katta qismini 
mamlakat mehnatkashlari yelkasiga yuklashga urindi. 1930 yil bahorida Angliyani yana sinfiy 
kurash to‘foni larzaga soldi. Butun mamlakat ishsizlarning harakatida ishtirok etdi. 1930 yil 
martdan aprelgacha ishsizlar va ochlarning ommaviy yurishi bo‘lib o‘tdi va u Londonga Gayd-
parkdagi ulkan namoyish bilan yakunlandi. Angliyada vaziyat kundan-kunga keskinlashib borardi. 
Ishlab chiqarishda ommaviy ish tashlashlar boshlandi, tadbirkorlar bunga javoban ommaviy 
ishdan bo‘shatishlar bilan javob berdilar. Faqat to‘qimachilik sanoatida 250 ming ishchi, temir 
yo‘llar, junni qayta ishlash sanoatining yuz minglab ishchilari ishdan bo‘shatildi.


Leyboristlar hukumati moliyaviy inqirozdan qutulish uchun 1931 yildan ijtimoiy 
extiyojlarga oid xarajatlarni yanada qisqartirish va egri soliqlarni oshirishni mo‘ljalladi. Bu esa 
leyboristlar partiyasining o‘zida ham norozilik tug‘dirdi, natijada partiya inqirozi, ixtilof va 
ajralish ro‘y berdi. Leyboristlarning ikkinchi hukumati 1931 yil avgustida iste’fo berdi. Angliya 
hukmron doiralari yirik siyosiy nayranglarni amalga oshirishga ahd qildilar. 1931 yil avgustida 
R.Makdonald hukumati iste’foga chiqdi, biroq ertasi kuniyoq qirol Georg U (1865-1936, 1910-
1936 yillarda hukmronlik qilgan) unga hamkorlik asosida konservatorlar ishtirokida yangi 
hukumat tashkil qilish vazifasini topshirdi. Hukumatdagi ko‘pchilik o‘rin konservatorlarga tegishli 
edi, biroq Bosh vazir kursisida Makdonald qoldirildi. Bu yangi siyosiy xiyla-nayrang bo‘lib, unda 
leyboristlar rahbarlik, konservatorlar esa hukmronlik qilardilar.
Yangi hukumat mehnatkashlarning ijtimoiy imtiyozlariga qarshi yoppasiga xujum 
boshladi. Ishsizlik bo‘yicha nafaqa 10% ga pasaytirildi. O‘ng leyboristlar, konservatorlar va 
liberallar bilan birlashib, Makdonald boshchiligidagi Reaksion “milliy hukumat” 1935 yil 
yozigacha hokimiyat tepasida turdi.
Milliy koalitsiya hukumati Britaniya iqtisodiyotini oyoqqa turg‘izish bo‘yicha qizg‘in 
ishga kirishdi. 1931-1932 yillarda parlament Angliyaga olib kiriluvchi barcha turdagi 
mahsulotlarga narxining kamida 10% miqdorida bojxona solig‘i belgiladi. Angliya tarixda birinchi 
marta erkin savdo tamoyillariga qarshi borib, milliy iqtisodiyotni himoya qilish (proteksionizm) 
yo‘lini tutdi.
Angliya “Milliy hukumati” tashqi siyosatida AQSH va Fransiya hukumatlari bilan 
birgalikda Yaponiyaning Manchjuriyani bosib olishiga, Germaniyada hokimiyatning gitlerchilar 
qo‘liga o‘tishiga, urush o‘choqlari va tugunlarining paydo bo‘lishiga, urush olovining kuchayib 
borishiga yo‘l qo‘ydi va fashist agressorlarni rag‘batlantirdi. 1933 yilda Angliya, Fransiya, 
Germaniya va Italiya o‘rtasida “To‘rtlar ahdnomasi” tuzildi va fashist agressorlar bilan til 
biriktirildi.
Ingliz mustamlakachilari o‘z mustamlakalarini, ayniqsa, Hindistonni tobora ko‘proq 
talashga zo‘r e’tibor berib keldilar. Ular Hindistonga chiqariladigan ingliz sanoat tovarlarining 
narxini pasaytirmaslikka, Hindiston qishloq xo‘jalik mahsulotlarini arzon bahoda olib turishga 
intildilar (1929-1923 yillarda ingliz sanoat tovarlarining narxi faqat 20-25% pasaygan bo‘lsa, 
Hindiston oziq-ovqat mahsulotlarining 2-3 baravar pasayib ketdi). Inqiroz yillarida Angliya 
kapitalining Hindistonga chiqarilishi 3 marta ko‘paydi, og‘ir shartlar bilan zayomlar berildi. Hind 
aholisi haddan tashqari talanib, Angliyaga ko‘plab oltinlar keltirildi. Shu bilan birga Angliya 
Hindiston milliy kuchlarining jipslashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida hamda qonli terror va 
jazo-ta’qib siyosatini kuchaytirdi. Unga ko‘ra Germaniyaga Angliya harbiy-dengiz flotining 1|3 
ga teng harbiy-dengiz floti tuzishga ruxsat etildi. Bunday flotni tuzib Germaniya butun Boltiq 
dengizida xo‘jayinga aylanardi. Angliya-Germaniya bitimi Versal bitimini buzardi, biroq 
buzg‘unchi bu safar Angliya bo‘lib, u Germaniyaning bunday buzg‘unchiliklariga qarshi norozilik 
bildirishga ma’naviy huquqni yo‘qotardi. Fashistlar tomonidan Reyn hududining bosib olinishini 
Angliya jim turib kuzatdi. Bu Germaniyaga qilingan tajovuzni davom ettirish haqida qilingan 
taklifdan boshqa narsa emasdi. Angliya Ispaniya respublikasi taqdirida ham salbiy rol o‘ynadi. 
1936 yil avgustida Londonda Angliya hukumatining tashabbusi bilan Yevropa mamlakatlari 
Ispaniyaga qurol-yarog‘ (shu jumladan samolyotlar)ni eksport va tranzit qilishni taqiqlovchi 
Ispaniya ishlariga aralashmaslik to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar. Bu taqiqning bajarilishini 
kuzatish va nazorat qilish uchun ingliz lord Plimut rahbarligida Aralashmaslik qo‘mitasi tuzildi. 
Bu qo‘mita fashist davlatlariga Ispaniya respublikasini yo‘q qilishga ko‘maklashdi. U Ispaniyada 
respublika uchun kurashayotgan respublikachi va demokratlar uchun qurol-yarog‘ va hatto oziq-
ovqat keltirilishining yo‘lini to‘sdi va fashist isyonchilarini ta’minlash uchun barcha yo‘llarni 
ochib berdi. Politsiya va qo‘shinlar bilan to‘qnashuvlar bo‘lib, ularda yuzlab namoyishchilar 
o‘ldirildi. Mamlakatda kasaba uyushmalari harakati faollarining ishi bo‘yicha jarayon o‘tkazildi. 
Ularga juda og‘ir jazolar belgilandi - ayrimlari umrbod katorga ishlariga, boshqalar esa 12 yil 
qamoq jazosiga hukm qilindi. Shunday qilib Angliya hukumati o‘z mustamlakalarini tark etish 
niyati yo‘qligini bildirdi.


Angliya hukmron doiralari dominionlardagi aholiga nisbatan bir qancha yon berishlarga 
majbur bo‘ldi. 1931 yilda Angliya parlamenti uning biror-bir qonuni dominionlarga ularning 
rasmiy roziligisiz tadbiq etilmasligini ko‘zda tutuvchi xujjatni qabul qildi. Dominionlar qabul 
qilgan qarorlar endi. Angliya parlamenti tomonidan tasdiqlanmasdi. Angliya parlamentining bu 
xujjati Vestministr nizomi nomini oldi. U Angliya parlamentining mustamlaka va dominionlarda 
qabul qilingan qonunlarni bekor qilish huquqiga barham berdi. Vestministr nizomi 
dominionlarning mustaqilligini jilovlovchi so‘nggi huquqiy cheklovlarni yo‘q qildi (Kanada, 
Yangi Zelandiya, Avstraliya). Shu bilan birga, Britaniya hukumati mustamlaka va 
dominionlarning Angliyaga qaramligini mustahkamlashga urindi. Ular Angliyaning sanoat 
ustaxonasi bo‘lib qolishlari lozim edi.

Download 364,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish