III – BOB. BADIIY TARJIMADA USLUBNI AKS ETTIRISH MUAMMOLARI
III.1. Badiy tarjimada maqol va matallar strukturasining ba`zi hususiyatlari
Tarjimada maqol va matallar ob`ektining o’zgarishi va saqlanishi masalasi o’zbek tarjimashunosligida mutlaqo o’rganilmagan.
Qanday hollarda, frazeologiyaning qaysi qatlamlarida ularning ob`ektlari bir – biriga muvofiq keladi, buning sabab va oqibatlari nimadan iborat? Quyida ana shu masalalar atrofda fikr yuritiladi.
Birikmaning ob`ekti hamisha saqlashga intilish g’alizlik tug’dirsa, aksincha har qanday hollarda ham ularni o’z mahalliy ob`ektlari bilan almashtiraverish tekstga milliy bo’yoq berishga sabab bo’lishi mumkin.
Demak, tarjimada birikmaning ob`ektini o’rganish uni qaysi yo’l bilan tarjima qilish lozimligini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Chunonchi, uni aniq tarjima qilish kerakmi, o’zbekcha ekvivalient yoki muqobili bilan almashtirish lozimmi, yohud boshqa yo’llar bilan aks ettirish ma`qulmi degan masalalarni belgilashda birikma ob`ektini ahamiyati katta: frazeologizm ob`ekti uni qanday tarjima qilish kerakligini belgilovchi narsadir.
Ikkinchi tomondan, ob`ektlari hamda shakllari bir-biriga juda muvofiq keladigan ayrim maqol, matal va idiomalar mazmunan bir-birlarining o’rnini qoplay olmasligi mumkin. Ana shunday hollarda ba`zan sohta ekvivalientlar ham ishlatib yuborilishi xavfi tug’iladi. Ko’p hollarda esa tarjimon birikmani, mexanik ravishda, uning ob`ektlariga qarab tarjima qilib, badiiy ifodada g’alizlikka va til sun`iyligiga yo’l qo’ymaydi.
Demak, birikmaning ob`ekti uni qanday tarjima qilmaslik kerakligini ham belgilovchi omillardan biridir.
Frazeologiya ob`ektini o’rganish leksikologiyada ham katta ahamiyat kasb etadi: agar mavjud ikki tilli lug’atlarda maqol, matal va idiomatik iboralarni ularning ob`ektlariga qarab joylashtirilmasa, ularni faqat ma`nosiga qarab aks ettrishning iloji bo’lmas edi.
Shu bilan birga ayrim ikki tilli lug’atlarda (masalan o’zbekcha-inglizcha lug’atda) ko’p birikmalar ob`ektlariga qarab bir necha martalab takror ishlatiladi. Buning sababi, ikki tilli lug’atlarda frazeologiyani ob`ektiga qarab joylashtirish printsiplari puxta ishlab chiqilmaganidadir. (frazeologiyani lug’atda aks ettirishda ularni etakchi ma`no ob`ektiga qarab joylashtirish va alfavit tartibida qo’shimcha ob`ektiga navbat kelganda asosiy ob`ektga ishora qilish zarur).
Ikki til frazeologiyasining ob`ektlarini muqoyasa qilish qiyosiy va chog’ishtirma grammatika yaratishda ham qimmatli material beradi. Nihoyat bunday printsip yozuvchi va tarjimon uslubi personajlar tilining o’ziga xos xususiyatlari va asarning milliy kaloriti tushunchalarini aniqlashda katta ahamiyatga molikdir.
Asl nushada so’z o’yini yasalib frazeologizm mazmuni talqin qilingan yoki birikma tarkibidagi ob`ektlarning o’rnini almashtirib, kombinatsiya yasash orqali frazeolgik birikma hosil qiingan bo’lsa, tarjimada birikmaning ob`ektini aks ettirishga zarurat tug’iladi.
Ingliz, rus va o’zbek tillaridagi frazeologik birkmalar muqoyasasi shuni ko’rsatadiki, bir tildagi ma`lum tushunchalarni ifodalovchi, bir tildagi ba`zi bir frazeologik birliklar ikkinchi tilda ekvivalient yoki muqobil frazeologik birliklarga ega bo’lishi, uchinchi tilda esa bunday iboralar umuman bo’lmasligi mumkin. Bu hol esa bavosita tarjimalarda shu tildagi mavjud iboralarning qo’llanmay qolib originaldagii emotsional-ekspressivlikni to’la ifodalanmasligiga sababchi bo’lmoqda. Quyidagi missolar buning yaqqol namunasi bo’lishi mumkin:
Kishining asabiy kayfiyati ingliz tilida “to be in a devil of a state”, frazeologik birligi bilan ifodalanadi. O’zbek tilida esa bu iboraning “shaytoni tutib turmoq” ekvivalienti bilan “jazavasi qo’zib turmoq” muqobili mavjud. SHuningdek, “to cast one’s eyes, not to open one’s lips” iboralarning ham “ko’z tashlamoq” ekvivalienti bilan “miq etmaslik” muqobili bor. Lekin rus tilida esa mazkur iboralarning ma`nosini to’la qoplay oluvchi frazeologik birliklar yo’q. SHuning uchun bunday iboralar so’zma-so’z, yo tasviriy yo’l bilan tarjima qilinadi. Rus tilidagi tarjimalarida mana shunday o’zgarishlarga uchragan ingliz iboralari, so’zsi, o’zbek tilida o’z ifodasini topmaydi:
Inglizchasida: “He is in a devil of a state”.1
Ruscha tarjimasida: “On v ujasnom sostoyanii”.2
O’zbekcha tarjimada: “Ahvoli juda og’ir”.3
“Bo`t’ v ujasnom sostoyanii” so’z birikmasi rus tilida juda keng ma`noda ishlatiladi. Jumladan, yuqoridagi inglizcha to be in a devil of state iborasi ottenkasini ham ifodalagan. Lekin ruscha tarjimasiga juda yaqin bo’lgan o’zbekcha jumla esa mantiqan butunlay boshqa ma`noda ifodalaydi. Kontekst qahramonning asabiy holatda ekanligin ifodalab, shaytoni tutib to’zibdi yoki jazavasi tutib turibdi deb tarjima qilinishini taqozo qilgan holda, tarjimada go’yo uning salomatligiga putur etib tanazzullga yur tutayotgandek yoki qiyin bir vaziyatga tushgandek bo’lib qolgan.
Quyidagi inglizcha parchalarda uchraydigan frazeologik ibora ruscha va o’zbekcha tarjimalarning har ikkalasida frazeologik ma`nosida emas, balki, leksik ma`nosida ishlatilgan:
1. Inglizchasida: And our feet were very sore. In the morning when I hit the trail, I sweated to keep down the cry when the pain of the snow shoes smote me. Passuk never opened her lips, but stepped to the fore to break the way . . . ( J London short stories, p 143).
Ruscha tarjimasida: “... Nochi sil’no boleli. Po utram, kogda mo` trogalis’ v put’ ya edva sderjival krik, takuyu bol’ prichinili po`ji Bassuk, ne razjimaya gub, gila vperedi i proglado`vala dorogu …”(Dj. London, Rasskazo`, str. 40)
O’zbekcha tarjimasi: “Oyoqlarimiz qattiq og’rirdi. ertalab yo’lda tushganimizda, qichqirib yuborganimizga oz qolardi, chang’ilar oyog’imizni shu qadar og’ritardi. Passuk lablarimizni qisib, tishishi – tishiga qo’yib, oldida borar va bizga yo’l ochib berardi.”
Ingliz tilidan bevosita tarjimasi quyidagicha:
“Oyog’larimiz yallig’lanib ketgandi. ertalab yo’lda tushilganda yo’lda chang’i oyoimni shunday og’ritardiki, ingab yuborishimga sal qolardi. Passuk miq etmay, yo’l ochish uchun oldinga o’tib ketardi ...
2. Inglizchada: “You are as the midsummer sun …And whatever way I cult my eyes I behold the sun.”( J London, short stories)
3. O’zbekcha tarjimasi: “... Mening nazarimda Sen yozgi quyosh eding Qo’zlarim qaysi tomonga qaramasin, o’z qiyoshimni ko’rardim ”
Tarjimada frazeologik birikmalarni nuqul ularning o’z ob`ekti bilan tarjima qilishga intilish chalkashliklar va anglashmovchiliklar tug’ilishiga sabab bo’lishi mumkin. O’xshatma frazeologik iboralarni tarjima qilishda chalkashliklar ko’p uchraydi. CHunonchi, yuqorida keltirilgan misollar ham shular jumlasidandir.
Nemis yozuvchisi Shillerning “Makr va Muhabbat” tragediyasining tarjimasini kuzatish, xorijiy tillardan qilinayotgan tarjimalarning umumiy ahvoli va bu sohadagi yutuq va nuqsonlar bilan tanishishga imkon beradi.
Tarjimonlar asarning mazmuni, undagi voqealar va obrazlarning xarakterini ochib berishga birmuncha yutuqlarga erishganlar.
Tarjimaning tili ravon, tushunardi. Har btr personajni o’z tilida gapirtirishda harakat qilingan. Ayniqsa mo’ziqachi Millerning obrazi, uning maqol, matallarga boy jonli tili tarjimada durust chiqqan.
Ayrim frazeologik iboralar ustalik bilan o’girilgan. Masalan, auf den sack schlagt man, den Esel meint man, gut ist gut, besser ist besser. kabi nemis maqollari qizii senga aytaman, kelinim sen eshit, baliq chuqur joyni, odam moyli joyni izlaydi deb juda yaxshi berilgan.
Haddan tashqari achiqlanish holatini ifodalovchi aus der uaut fahren idiomasini tarjimonlar tilimizda mavjud va aynan shu ma`noni anglatuvchi tepa sochi tikka turadi idiomasi bilan o’zinlatganlar. Har bir millat o’ziga xos yashash sharoiti, tili, madaniyati, psixologik xususiyatlari, xullas milliy harakteriga, urf – odatiga ega. U yokibu millatning o’ziga xos xususiyatlari badiy asarda aks etib, uning milliy koloritni tashkil etadi. Milliy o’ziga xoslikning asosiy belgilardan biri realiyalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |