I lm – fan ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar



Download 0,51 Mb.
bet1/4
Sana03.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#738280
  1   2   3   4
Bog'liq
3 MADAMINBEK


I LM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR
info@bestarticle.uz
https://sites.google.com/view/imxu/







KIMYOVIY ELEMENTLARNING DASTLABKI TOIFALANISHI,TABIIY OILALARI,DAVRIY QONUN ,DAVRIY SISTEMASI MAVZUSINI MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA O’QITISH METODIKASI
REJA:
I.BOB KIMYOVIY ELEMENTLARNING DASTLABKI TOIFALANISHI
1.Kimyoviy elementlarning dastlabki toifalanishi
2. Kimyoviy xossalari Ishqoriy metallar Galogenlarning birikmalari
II.BOB KIMYOVIY ELEMENTLARNING DAVRIY QONUNI VA
MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI
3. Kimyoviy elementlarning davriy qonuni Elementlarni atom massalari Ftor metallmaslik xossasi
4. Muammoli ta'limning vujudga kelish tarixi. Muammoli ta'lim haqida tushuncha.
Muammoli ta'lim jarayonida o'qituvchiga qo'yiladigan talablar.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Annotatsiya: Moddalarning xossalarini organish va bu sohada qilingan kashfiyotlar, moddalardan insoniyat ehtiyoji uchun foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, moddalarni va ularni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar-elementlarni toifalash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbu maqolada kimyoviy elementlarning dastlabki toifalanishi haqida fikrlar mulohazalar yuritiladi.


Kalit sozlar: reaksiya, kimyoviy unsur, modda, element, metal, kislorod.
Kimyo tabiat xaqidagi fan bo'lib, u boshqa tabiiyot fanlari (fizika, biologiya, mineralogiya) kabi moddiy jismlar tugrisida bizga atroflicha ma'lumot beradi, u jonli va jonsiz tabiatni tashkil etgan moddalarni, ularning xossalarini, tuzilishini, bir-biriga aylanishini, shular natijasida ruy beradigan uzgarishlarni va bu uzgarishlar orasidagi bog'lanishlarni tekshiradi. Qisqa qilib aytganda, kimyo-moddalar va ularda bo'ladigan uzgarishlar xaqidagi fandir. Kimyoviy uzgarishlarda (reaksiyalarda) dastlabki moddalardan, ya'ni xom-ashyodan boshqa tarkibga va boshqa xossalarga ega bo'lgan maxsulotlar olinadi. Kimyoviy prosesslarni borishi reaksiyada ishtirok etadigan moddalarning tarkibiga, ularni tashkil etuvchi zarrachalarning tuzilishiga bog'liq. Shuning uchun moddalarning tuzilishi bilan ularning reaksiyaga kirisha olish qobilyati orasidagi bog'lanishni urganish katta axamiyatga ega. Biz kimyoviy prosesslarni ma'lum maqsad bilan amalga oshiramiz va ularni uzimiz uchun kerakli tomonga yo'naltirib, istalgan fizikaviy, kimyoviy, biologik va xokazo xosalarga ega bo'lgan moddalar xosil qilishimiz mumkin. Kimyo alohida fan sifatida XVIII – XIX asrlarda shakllangan bo’lsada bu fanning asoslari eramizdan avval qadimgi Yunonistonda yashab ijod etgan Levkipp, Demakrit, Epikur kabi tabiatshunos olimlar hamda VII – XI asrlarda yashab o’tgan buyuk ajdodlarimiz : Ahmad Al – Farg’oniy, Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo Ar – Roziy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino singari ensiklapedist olimlar tomonidan qo’yilgan. Bu borada ularning yozib qoldirgan ilmiy asarlarida keltirilgan ma’lumotlar muhim ahamiyatga egadir. Bu asarlarda dunyoning moddiy tuzilishi haqidagi fikrlar bilan birgalikda kimyo fani asoslarini tashkil etuvchi moddiy dunyo unsurlarini toifalash hamda amaliy kimyo uslublari haqida qimmatli ma’lumotlar bayon qilinganligi e’tiborga loyiqdir. Ar – Roziy moddiy unsurlarning eng kichik birligi – atomlar haqida, ularni yanada kichikroq zarralarga bo’linishi to’g’risida fikrlar bergan bo’lsa, Farobiy va Beruniy asarlarida moddiy dunyo tarkibiy qismlari, ma’dan va qimmatbaho toshlarni sinflash haqida ma’lumotlar keltirgan. Buyuk tabib Abu Ali ibn Sino o’sha davrda ma’lum bo’lgan barcha dorivor moddalarni xossalari asosida toifalarga bo’lib chiqqan. Dorivor moddalarni tarkibi va xossalariga ko’ra turli sinflarga toifalashsingari dastlabki ilmiy bilmlar keyinchalik kimyoviy elementlarning xossalari asosida sinflashga asos bo’lib xizmat qilganligi tabiiy. XVII – XVIII asrlarga kelib kimyo fani g’arb mamlakatlarida keng miqyosda rivojlana boshladi, fan va texnika taraqqiyoti yangi moddalar yaratish, kimyoviy elementlarni alohida ajratib olish imkoniyatlarini yaratdi. Kimyogarlar uchun ma’lum bir tartibga keltirilmagan katta hajmdagi yangi ma’lumotlar bilan ishlashda yangi olingan turli – tuman modalarning toifalarga bo’linmaganligi, sinflanmaganligi o’ziga xos qiyinchiliklarni kelririb chiqara boshladi. XVIII asrning oxirlariga kelib 30 taga yaqin, XIX asrning 60- yillariga kelib 63 ta kimyoviy element ma’lum bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda esa 109 ta kimyoviy element kashf etilgan. Mavjud barhca moddalar shu kimyoviy elemtlardan tashkil topgan bo’lib, ularning xossalari turlichadir.
Moddalarning xossalarini o’rganish va bu sohada qilingan kashfiyotlar, moddalardan insoniyat ehtiyoji uchun foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, moddalarni va ularni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar – elementlarni toifalash zarurtini keltirib chiqardi. Kimyogar olimlar sharq mutafakkirlari asarlarida keltirgan ma’lumotlar asosida kimyoviy unsurlar, moddalarni sinflash muommolarini hal etishga harakat qila boshladilar. Atrofimizda mavjud bo’lgan obyektlar, yuz berayotgan voqea – hodisalarni bir tizimda tartibga solgan holda qabul qilib o’rganish, biz uchun tanish holat. Masalan, inson ehtiyoji uchun turmush buyumlarini ma’lum bir tartibda sinflab, toifalab olganligimiz yoki o’simlik hamda hayvonlarni nav va turlarga sinflashimiz, ular haqidagi tushuncha va tasavvurlarimizning yagona tizmda shakllanishiga olib kelgan.
Kimyoviy elementlar - yadrolarining musbat zaryadi hamda atom qobigʻidagi elektronlar sonining bir xilligi bilan tavsiflanadigan atomlarning alohida bir turi. Massa soni (atom yadrosini tashkil etadigan protonlar va neytronlar massalarining yigʻindisi) har xil boʻlgan Kimyoviy unsur izotoplar deb ataladi. Tabiatda koʻp kimyoviy unsur 2 yoki undan koʻp izotoplardan tashkil topgan. Yer poʻstida tarqalgan tabiiy Kimyoviy unsurning izotop tarkibi oʻzgarmasdir, shuning uchun ularning eng muhim hisoblangan tavsifi — atom massasi deyarli oʻzgarmas boʻladi. Tabiiy Kimyoviy unsur, asosan, noradioaktiv boʻlib, turlituman oddiy (kimyoviy jihatdan parchalanmaydigan) va murakkab (kimyoviy birikmalar) moddalarni tashkil etadi. a, r, u — nurlanuvchi Kimyoviy unsur (uran, toriy, poloniy, radiy) radioaktiv elementlardir. Elementlar tabiatdagi butun mavjudotning eng oddiy tarkibiy qismlari, degan tushuncha miloddan bir necha asr ilgari vujudga kelgan. Aristotelning fikricha, boshlangʻich materiya 4 abstrakt "prinsip" (asos): issiqlik, sovuqlik, namlik va quruklikdan tashkil topgan. Ularning juftlarida qismlar miqdori maʼlum bir sonni tashkil etgach, 4 asosiy element — olov, suv, havo va tuproq hosil boʻlarmish. Keyinchalik alkimyogarlar Aristotelning "prinsip" va "element"lariga eruvchanlik (tuz), yonuvchanlik (oltingugurt) va metallsimonlik (simob) degan tushunchalarni kiritdilar. Kimyoviy elementlarni dastlabki toifalashda ularning ko‘zga tashlanadigan belgilari asos qilib olingan. Deyarli barcha metallar o‘ziga xos yaltiroq, elektr va issiqlikni o‘tkazadigan, bolg‘alanuvchan bo‘lib, metalmaslar esa bunday xossalarga ega emas. Barcha metallar (simobdan tashqari) qattiq, metalmaslar esa qattiq (oltingugurt, uglerod, kremniy, yod), suyuq (brom), gaz (kislorod, vodorod, xlor) holatda bo‘ladi. Metallar hamda metalmaslar kimyoviy xossalari bilan ham farqlanadi. Tipik metallarning gidroksidlari asos, metalmaslarning gidroksidlari esa kislota. Metallarning gidridlari qattiq moddalardir. Metalmaslarning gidridlari esa uchuvchan birikmalardir. Asos xossalarini ham, kislota xossalarini ham namoyon qiluvchi gidroksidlar amfoter gidroksidlar deyiladi. Amfoter gidroksidni hosil qiluvchi oksid ham amfoter xossasiga ega. Amfoter oksid, amfoter gidroksid hosil qiluvchi elementlar amfoter elementlardir. Ayrim kimyoviy elementlarning quyi valentli oksidlari asosli xossaga, yuqori valentli oksidlari kislotali, oraliq valentli oksidlari esa amfoter xossaga ega bo‘ladi. Masalan, xrom (II)-oksid CrO – asosli, xrom (III)-oksid Cr2O3
– amfoter, xrom (VI)-oksid CrO3 – kislotali oksidlardir.
Vodorod, kislorod va suvning xossalarini o‘rganish davomida bir xil xossalarni namoyon qiluvchi elementlar bilan tanishgan edik.

Masalan, natriy va kaliy metallari: yumshoq, suvdan engil, kislorod va suv bilan odatdagi sharoitda shiddatli reaksiyaga kirishadi, natijada bir valentli birikmalarni hosil qiladi:


2Na + O2= Na2O2 2K + O2= K2O2
2Na + 2H2O = 2NaOH + H2 2K + 2H2O = 2KOH + H2

Shuningdek, Li, Rb, Cs va Fr metallari ham o‘z xossalari jihatidan Na va K metallariga o‘xshash. Bu metallar bir oilani, ya’ni ishqoriy metallar oilasini tashkil qiladi



Ishqoriy metallar quyidagi umumiy xossalarga ega:


1. Ishqoriy metallar barcha birikmalarida bir valentli.
2. Ishqoriy metallarning gidroksidlari ishqorlardir, ular suvda yaxshi eriydi.
3. Ishqoriy metallarning atom massalari ortib borishi bilan fizik va kimyoviy
xossalari davriy ravishda o‘zgarib boradi.

X lor Cl, ftor F, brom Br va yod I o‘xshash elementlar hisoblanib, galogenlar oilasini tashkil qiladi





Xlor vodorod hamda metallar bilan reaksiyaga kirishib, bir valentli birikmalar hosil qiladi.


H2 + Cl2 = 2HCl, 2Na + Cl2 = 2NaCl.
Ftor, brom va yod ham xlor kabi xossalarga ega.




Galogenlarning vodorodli birikmalari uchuvchan gaz moddalari bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. Suvdagi eritmalari esa kislotalardir.

Galogenlarning xossalari atom massalari ortib borishi bilan davriy ravishda o‘zgarib boradi. galogenlarning fizik xossalarini, atom massalari bilan bog‘liqlik tomonlarini tushuntirishga harakat qiling.


Galogenlar quyidagi umumiy xossalarga ega:
Vodorod bilan uchuvchan gidridlar hosil qiladi.
Galogenlar gidridlarining suvdagi eritmasi kislotalardir.
Galogenlar gidridlarda, metallar bilan hosil qilgan tuzlarda bir valentlidir.
Galogenlarning atom massalari ortib borishi bilan fizik va kimyoviy xossalari davriy ravishda o‘zgarib boradi.

Mavjud kimyoviy elementlar ichida o‘xshash xossalarga ega bo‘lgan elementlar guruhlariga yana qator misollar keltirish mumkin.


Inert gazlar (geliy He, neon Ne, argon Ar, kripton Kr, ksenon Xe) alohida tabiiy oilani tashkil etib, ular ham o‘xshash elementlardir.
Inert gazlarning ayrimlari kislorodli, ftorli birikmalar hosil qiladi. Kimyoviy reaksiyaga deyarli kirishmaganligi uchun ular inert elementlar deb atalgan.


D.I.Mendeleev davriy qonuni va davriy sistemasi tabiatining eng muhim qonuni bo’lishi bilan birga - kimyo fanini o’rganishning eng muhim metodik asosi hamdir.
Davriy qonunning kashf etilishi katta ilmiy jasorat bo’lishi bilan birga, qator eng muhim metodologik va metodik muammolarning yechimini beradi.
Davriy qonun asosida kimyo fanining sistematik kursi tuzildi. Bu tizimda D.I.Mendeleevning "Kimyo asoslari" darsligida o’z ifodasini topdi. Hozirgi sharoitda barcha kimyo kursi darsliklari davriy qonun asosida tuzilgan.
Umumta’lim maktabi anorganik kimyo kursining nazariy asosini D.I.Mendeleev davriy qonuni va davriy sistemasi tashkil qiladi.
Shu sababli anorganik kimyo kursini o’rganishni uch bosqichga bo’lamiz.
Birinchi bosqich - o’quvchilarni D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasini o’rganishga tayyorlash.
Ikkinchi bosqich - D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi hamda atom tuzilishi nazariyasini o’rganish .
Uchinchi bosqich - anorganik kimyo kursining sistematik kursini yoki elementlar va ular birikmalari xossalarini D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi hamda atom tuzilishi nuqtai - nazaridan o’rganish.
Davriy qonun va davriy sistema mavzusidagi tushunchalar mohiyati mazmuni o’zaro bog’langan ma’lumotlar asosida ochib beriladi. Ular, kimyoviy elementlar va moddalar xossalarining davriy o’zgarishini, elementlar atom og’irligi ortishi, elementlar atom tuzulishi bilan bog’liqligi haqidagi ma’lumotlar. Ana shu blok haqidagi ma’lumotlarning bog’lanish sabab va oqibatlarini ochib berish. Oldingi va keyingi blok ma’lumotlar mavzuning o’rganishning bosh ta’limy vazifasi bo’lib hisoblanadi.
Umumta’lim maktabi kimyo dasturida mavzu mazmuni tarixiy - logik asosda tuzilgan. Avvalo D.I.Mendeleevning elementlar va ular xossalarining atom massasiga bog’liqligini ochib bergani bayon etilsa, keyin esa ularning sabablari elementlar atomlarining tuzilishi asosida tushuntirilgan.
Bu usulda yo’l tutish avvalo - o’quvchilarning tatqiqot faoliyatini rag’barlantirsa ularni o’quv jarayonida faollashtirsa, ikkinchidan tarbiyaviy aspektni kuchaytirib, D.I.Mendeleevning ilmiy jasoratini yechib beradi.
Mustahkam ko’nikmalar hosil qilish uchun o’quvchi mustaqil ish jarayonida mashqlar bajaradi.
Mavzu mazmuni o’quvchilarni bashorat qilishga o’rgatadi. Davriy qonun va davriy sistema, atom tuzilishi va nazariyasi asosida elementlar va ular birikmalari xossalarini deduktiv metod orqali bashorat qilishi malakalariga ega bo’ladi.
Mavzuning tarbiyaviy aspekti. D.I.Mendeleevning davriy qonun va kimyoviy elementlar davriy sistemasi mavzusini o’rganish orqali o’quvchilar fan va ishlab chiqarishning rivojlanishi, miqdor o’zgarishlarning sifat o’zgarishiga o’tishi, elementlar atomlari ichki tuzilishi, kimyoviy o’zgarishlarning ichki sabablarini tushinib yetadilar.
Bu tushunchalarning mohiyati dialektik - materialistik dunyoqarash shakllanishiga olib keladi. D.I.Mendeleevning ijodiy faoliyatini o’rganish orqali o’quvchilarda mehnat qilish, vatanparvarlik milliy g’ururi kabi hislatlari qaror topadi.
Mavzuning rivojlantiruvchi funksiyasi: O’quvchilarda elementlar xossalarining o’ziga xosligini ajrata bilish. Oddiy va murakkab moddalarning kimyoviy xossalarini davriy qonun, atom tuzilishi, davriy sistemasi asosida xarakterlash va bashorat qilish, kimyoviy bog’lanishlar turi orqali ularni tavsiflash kabi ko’nikma malakalarni rivojlantirish, mavzuni o’rganishda tayanch bilimlarni tadbiq qilish orqali o’quvchilarda fikrlash, tafakkur qirralari rivojlanadi. Bu mavzu o’quvchilarda muammoli vaziyat vujudga keltirish, uning yechilishini mavzu mohiyati orqali ochib berishni rivojlantiradi.
Mavzuni o’rganishning metod va manbalari. Davriy qonunni o’rganishda muammoli ta’lim, muammoli metod qo’llanadi. Mavzuning rivojlantiruvchi funksiyasini amalga oshirish uchun muammoli metod dominantlik vazifasini bajarish kerak.
Birinchi davrda bunday sabab uchun elementlarni metall va nometallga ajratish asosiy manba bo’lib, xizmat qiladi. Muammoli vaziyatlarni keltirish uchun elementlar va ular birikmalari xossalarining davriy ravishda takrorlanishi ikkinchi manba bo’ladi.
Davriy sistemada elementlar gruppalari ichida podgruppalar hosil bo’lishi uchinchi holatda muammolar yaratishga sabab bo’ladi.
Muammoli vaziyatlar hosil qilishning to’rtinchi bosqichi davriylik nazariyasini rivojlanishi perespektivi orqali amalga oshadi.
Muammoli vaziyatlar atomlarning elektron tuzilishi va xossalari ularning o’zaro bog’liqligini aniqlashda o’quvchilarga beriladigan mustaqil ishlardan namoyon bo’ladi.
Yana muammolarni har bir element haqida yozilgan ma’lumotli varaqalar, ularni joylashtirish sabablarini ochib berishi bo’yicha beriladigan topshiriqlar orqali amalga oshirish mumkin.
Mavzuni o’rganishda nazariy umumlashtirishlar chiqarish, eksperiment diafilm D.I.Mendeleevning davriy qonuni degan kino filmlarni ko’rsatish orqali o’quvchilar bilimini oshiradi.
D.I.Mendeelevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi hamda atomning tuzilishi mavzusi o’rta maktab noorganik kimyo kursining ilmiy asosini tashkil etadi. Bu mavzular darslarda o’quvchilar kimyoviy elementlar o’zaro davriy qonunda tasvirlanganidek, bog’liqligini, hamda elementlar xossalarining, ularning birikmalar xossalari atom tuzilishidan davriy sistemaga joylashgan o’rniga muvofiq ekanligini o’rganadilar. O’quvchilardan davriy qonun va atom tuzilishi nazariyasi asosida elementlar ularning birikmalari xossalarini oldindan ayta olishlik malakalari rivojlantiriladi.
O’quvchilar davriy qonun va atomlar tuzilishi haqidagi bilimlar asosida keyingi o’rganiladigan kimyoviy elementlar guruhlari xossalarini, tuzilishlarini oldindan ayta biladilar va shu asosida elementlar hamda ularning birikmalari haqida umumiy xulosalar chiqara oladilar. D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi umumlashtiruvchi xarakterga ega. Uni o’rganishda quyidagi Tayanch bilimlarga katta e’tibor beriladi.

  1. Kimyoviy element haqida tushuncha. Kimyoviy elementning nisbiy atom massasi, uning valentligi.

  2. Oddiy va murakkab modda haqida tushuncha.

  3. Kimyoviy elementning kislorodli birikmalari va uning valentligi haqida tushuncha.

  4. Kimyoviy elementning vodorodli birikmalari va uning valentligi haqida tushuncha.

  5. Metallar va nometallar xossalari haqidagi bilimlarni umumlashtirish.

  6. Oksidlar haqida tushuncha (Asosli va kislotali).

  7. Gidroksidlar haqida tushuncha.

  8. Metallar, asosli oksidlar, asoslar, nometallar, kislotali oksidlar, kislotalar orasidagi genetik bog’lanish haqida tushunchalar. Metallar - a). qattiq (simobdan tashqari); b). metal yaltirog’i bor; v). issiqlik va elektr tokini yaxshi o’tkazadi; g). bolg’alanadi.

Metallmaslar - a). qattiq, (brom suyuq), gazsimon; b). metall yaltirog’i yo’q; v). izolyatorlar; g). mo’rt.
Amfoter elementlar - (grekcha "amfoteros" - "ikkalasi" degan so’zidan ikki xil birikma namoyon qiladigan kimyoviy elementlar rux, berilliy, alyuminiy, xrom, qo’rg’oshin). Bu elementlar tarkibiga kirgan oksidlar, gidroksidlar ikki xil xossaga, ya’ni kislotali va asosli xossalarga ega. Amfoter oksid, gidroksidlarga muofiq keladigan kimyoviy elementlardir. Ularni xossalari jihatidan tipik metallarga ham tipik metalmaslarga ham kiritib bo’lmaydi.
Davriy qonun - (D.I.Mendeleevning ta’rifi) - oddiy jismlarning xossalari, shuningdek elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlar atom og’irliklarining qiymatiga davriy ravishda bog’liq bo’ladi. Hatto atom tuzilishi haqidagi kashfiyot asosida davriy qonun quyidagicha ta’riflanadi:
Kimyoviy elementlarning va ular hosil qiladigan oddiy hamda murakkab moddalarning xossalari shu elementlar atom yadrolarining zaryadlari qiymati bilan davriy bog’lanishda bo’ladi.
Davrlar - elementlarning xossalari asta - sekin o’zgarib boradigan gorizantal elementlar qatorlarini (masalan, letiydan neongacha) D.I.Mendeleev davrlar deb atagan .
Davriylarda 1,2,3 - davrlar kichik davrlar. Keyingi davrlar katta davrlar 4 va 5 darvlarda o’n sakkiztadan, 6 - davrda o’ttiz ikkita element bor. 7 - davr (tuganlanmagan) davrdir. Hozirgi kunga qadar kimyoviy elementlarning 112 ta soni ma’lum
Shuning uchun ham o’quvchilarga tavsif qilinishlar haqida ma’lumot berish foydalidir. O’quvchilarga kimyoviy elementlarni tavsif qilish zarurati, bu yo’ldagi dastlabki urinishlar dastlabki elemetlarni metallar va metallmaslarga bo’lishdagi xatoliklar haqidagi tushuncha berish shuningdek amfoter xossaga ega bo’lgan moddalar bilan tanishtirish ularda kimyo fani uning tarixi haqidagi tasavvurlarning boyishiga olib keladi.
O’quvchilardagi tayanch bilimlar asosida metallar va metallmaslar xossalaridagi farqni payqash ularning birikmalari formulalarini yoza bilish malakalari shakllantiriladi.
Darsning boshlanishida o’qituvchi diqqatini quyidagilarga qaratadi: a) dastlab D.I.Mendeleev shunday degan, (kimyodagi nazariy ma’lumotlarga qaraganda butun quruqlik elementlaridan tashkil topgan. Ularning asosiy o’xshash va farq qiluvchi xossalarini aniqlash lozim, keyin shu xossalar asosida ular hosil qilishi lozim bo’lgan moddalarning xossalarini ayta bilish mumkin.
Davriy qonun rivodlanishini 3 etapga bo’lish mumkin.
Birinchi etapda Elementlarning xossalarini aniqlovchi asosiy argument sifatida atom massasi tanlangan bo’lib, Mendelev davriy qonuni shu asosda quyidagicha ta‘riflanadi:
«Oddiy moddalarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari, elementlar atom og’irliklarining ortib borishiga davriy muratda bog’liqdir».
Ikkinchi etap atom nomeri – atom yadro zaryadini aniqlashi isbotlandi. Izotop va izobarlarning ochilishi element tabiatini aniqlovchihaqiqiy argement uning atom massasi emas, balki yadro zaryadi ekanligi ko’rsatildi.
Haqiqatdan ham bir atom massasi izobarlar (40Ar, 40K, 40Ca) – har xil element atomlariga talluqli ekanligi va shu bilan birga yadro zaryadlari bir xil atomlar – izotoplar (160, 170, 180) atom massalari har xil bo’lishiga qaramay birgina elementga mansub ekanligi isbotlandi. Shu sababli davriy qonun yangicha ta‘riflandi:
«Oddiy moddalarning, shuningdek, elementlarning shakl va xossalari ular atomlari yadrolarining zaryadiga davriy ravishda bog’liqdir».
Bu o’zgarish printsipial harakterga ega bo’lib, element tabiatini tushunishda yangi sifatiy darajasidan dalolat beradi, shunga qaramasdan davriylikning fizikaviy ma‘nosi ya‘ni nima uchun atom nomerining monoton ortib borishi bilan, elementning xossalari monoton (bir tekisda) o’zgarmasdan davriy o’zgarishining sababi noaniq ed

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish