I. Kirish: Xalq tabobati: Tabiat va inson uyğunlashuvi II. Asosiy qism


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining



Download 0,71 Mb.
bet2/5
Sana24.03.2022
Hajmi0,71 Mb.
#507506
1   2   3   4   5
Bog'liq
xalq tabobati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
q a r o r i
2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi va 2019-2022 yillarda yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish konsepsiyasi doirasida tibbiy yordamning samaradorligi, sifati va undan barchaning foydalana olish imkoniyatini taʼminlash, tibbiyot ilm-fanining zamonaviy yutuqlari va texnologiyalarini joriy etish, aholi sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Aholi salomatligini taʼminlash, tibbiy-sanitar yordam koʻrsatish, turli xil, ayniqsa surunkali kasalliklar profilaktikasida va ularni davolashda sifat, xavfsizlik va samaradorlik jihatidan amalda sinalgan xalq tabobati muhim oʻrin tutadi.
Oʻtgan davr ichida koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida xalq tabiblari tomonidan xizmatlar koʻrsatish sohasida huquqiy baza shakllantirildi, Oʻzbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi tashkil etildi, xalq tabobatining usullari va yutuqlarini samarali va xavfsiz tarzda qoʻllash uchun birinchi navbatdagi shart-sharoitlar yaratildi, uni rivojlantirishning asosiy maqsadlari va yoʻnalishlari belgilab berildi.
Shu bilan birga, amalga oshirilgan ishlar tahlili xalq tabobati xizmatlarini koʻrsatishni, uning usullari samaradorligini baholash mexanizmlarini yana-da takomillashtirish, xalq tabobatini zamonaviy sogʻliqni saqlash tizimiga izchil integratsiyalash, ushbu yoʻnalishda mutaxassislar va boshqa tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish zarurati mavjudligidan dalolat bermoqda. Xalq tabobatining kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolash boʻyicha samarali usullarini zamonaviy tibbiyot amaliyotiga jadal integratsiyalash, fuqarolar salomatligini yana-da mustahkamlash, ushbu sohada mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida:
1. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan Xalq tabobati sohasidagi 2014-2023 yillarga moʻljallangan strategiya amalga oshirilayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin. Uning maqsadi quyidagi yoʻnalishlarda aʼzo mamlakatlarni qoʻllab-quvvatlashdan iborat:
salomatlik, osoyishtalik, insonlarga qaratilgan tibbiy-sanitar yordam koʻrsatishni taʼminlash, tibbiy-sanitariya xizmatlari sifatini oshirish, sogʻliqni saqlash xizmatlari bilan yalpi qamrab olishni kengaytirish hamda isteʼmolchilarga oʻz sogʻligʻi haqida gʻamxoʻrlik qilish borasida ongli tanlov uchun imkoniyatlar yaratishda xalq tabobatining salohiyatidan foydalanish;meʼyorlar va qoidalarni belgilash, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish hamda xalq tabobati mahsulotlari va amaliyotini sogʻliqni saqlash tizimiga integratsiyalash, kadrlar malakasini oshirish, davolash koʻnikmalari, xizmatlari va usullarini takomillashtirish yoʻli bilan xalq tabobatini xavfsiz va samarali qoʻllashga lozim darajada koʻmaklashish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining ekspertlarini jalb qilgan holda, Oʻzbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi, “Tabobat” akademiyasi va manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-2025 yillarda Oʻzbekistonda xalq tabobatini rivojlantirish konsepsiyasini maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlar) hamda uni amalga oshirishga doir yillar boʻyicha “Yoʻl xaritasi” bilan birgalikda tasdiqlashni nazarda tutuvchi qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ushbu Konsepsiyani ishlab chiqishda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratilsin:
taklif etilayotgan chora-tadbirlarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF–5590-son Farmoni bilan tasdiqlangan va hozirda amalga oshirilayotgan 2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi bilan uzviy bogʻliqligi;
aniq mexanizmlar va bosqichlarni koʻrsatgan holda, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Xalq tabobati sohasidagi 2014-2023 yillarga moʻljallangan strategiyasida nazarda tutilgan tavsiyalar va takliflarni amalda bajarish;

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish