Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston, Vyetnam, Fransiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarning xalq tabobatini rivojlantirish borasidagi ilgʻor institutsional tajribasini, shu jumladan, joyiga borib keng oʻrganish;
oʻtkazilgan tahlillar va tadqiqotlar asosida xalq tabobati vositalari va usullarining sifati hamda xavfsizligini tartibga solishning institutsional mexanizmlarini ishlab chiqish, shuningdek, uning asosiy yoʻnalishlarini rivojlantirish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasining 2020-yil 1-maydan:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs maqomiga ega Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi (keyingi oʻrinlarda – Respublika markazi);
tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarida mazkur qarorning 8-bandida koʻrsatilgan moliyalashtirish manbalari bilan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Xalq tabobatini rivojlantirish markazlarini (keyingi oʻrinlarda – Hududiy markazlar) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
4. Quyidagilar Respublika markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
xalq tabobati usullaridan, shu jumladan, oʻzbek xalq tabobatining tarixiy anʼanalari va oʻziga xos merosidan foydalangan holda kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolash, shuningdek, boshqa tibbiy xizmatlar koʻrsatishning samaradorligini tahlil qilish va oʻrganish;
xalq tabobatining asosiy yoʻnalishlarini (fitoterapiya, akupunktura, ayurveda, gomeopatiya, yoga, moksoterapiya, naturopatiya, osteopatiya, termal tibbiyot, xiro-amaliyot, sigun va boshqalar) rivojlantirish, aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlashda va zamonaviy tibbiyotda ularni qoʻllash boʻyicha oʻquv-metodik adabiyotlar tayyorlash;xalq tabobatini kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolash masalalarida zamonaviy tibbiyotga integratsiyalash boʻyicha, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot va laboratoriya tadqiqotlari oʻtkazish orqali takliflar tayyorlash;
xalq tabobatida foydalaniladigan oʻsimliklarni oʻstirish va oʻsimlik koʻrinishida boʻlmagan xomashyo tayyorlashni, ushbu yoʻnalishda laboratoriya va ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, xalq tabobatida eng koʻp ishlatiladigan oʻsimliklar va xomashyoni oʻstirishni mahalliylashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;xalq tabobati boʻyicha mutaxassislarni, tibbiyot xodimlarini va tibbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni Hududiy markazlarda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;fuqarolar salomatligini taʼminlashda xalq tabobatining rolini oshirish borasidagi muammolarni oʻrganish va takliflar tayyorlash yuzasidan ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;xorijiy mamlakatlarning xalq tabobati vakili boʻlgan tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik qilish, mamlakatimizda xalq tabobatini yana-da rivojlantirish masalalari boʻyicha birgalikda anjumanlar, forumlar va boshqa tadbirlar oʻtkazishRespublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;Xalq tabobatini rivojlantirish markazlari tashkil qilinayotgan tibbiyot oliy taʼlim muassasalari va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.:Respublika markazi xalq tabobati sohasida bosh muassasa, Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasi esa ushbu sohada mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha klinik baza hisoblanadi;Respublika markazi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining (keyingi oʻrinlarda – Vazirlik) tashkiliy tuzilmasiga kiradi va unga hisobdor boʻladi;Respublika markaziga Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va l avozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Respublika markazi direktori mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Vazirlik bosh boshqarmasining boshligʻiga tenglashtiriladi;
Respublika markazi Vazirlikning ilmiy-amaliy, tadqiqot va boshqa muassasalarini optimallashtirish hisobiga toʻldiriladi;
Hududiy markazlar Respublika markazining joylardagi boʻlinmalari hisoblanadi, Respublika markazi ularga metodik rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Saksonota oʻrmon xoʻjaligida shafran (zaʼfaron) oʻsimligi tuganak piyozlarini ekish va parvarishlashda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar toʻgʻrisida koʻrgazmali-amaliy seminar boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi xabar berdi.Tadbirda oʻrmon xoʻjaliklarida shafran ekish uchun yer maydonlarini tayyorlash, ekish ishlarini amalga oshirish,shuningdek, 2018-yilda shu kabi oʻsimliklar ekilgan maydonlarda ularni parvarishlash boʻyicha amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar natijalari muhokama qilinyapti.Unda shafran (zaʼfaron) ekuvchi oʻrmon xoʻjaliklari rahbarlari va masʼul mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Maʼlumot uchun, davlat rahbarining 2017-yil 30-noyabrdagi Oʻzbekistonda ekma zaʼfaron (shafran) plantatsiyalarini tashkil etish hamda mahalliy sharoitda sifatli dorivor, oziq ovqat esportbop xom-ashyoni tayyorlashga oid farmoyishi qabul qilindi. Unga muvofiq, “Brand Investment Group” MCHJ va Gollandiyaning “Mts Shipper” kompaniyasi oʻrtasida zaʼfaron (shafran) tuganak piyozlarini harid qilish hamda Oʻzbekistonga olib kelish boʻyicha shartnoma imzolandi. 2017-yilning avgust oyida Gollandiyadan Oʻzbekistonga 36,4 tonna oʻsimlik tuganagi keltirildi.
Shunga asosan, 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasining turli iqlim va tuproq sharoitidagi hududlari: Andijon (Izboskan tumanidagi Oʻrmon hoʻjaligi davlat qoʻmitasi tasarrufidagi 5 ga. maydonda), Toshkent (Yuqori Chirchiq tumanidagi “Brand Investment Group” MCHJ tasarrufidagi 21 ga. maydonda) va Qashqadaryo (Shahrisabz tumanidagi “Brand Investment Group” MCHJ tasarrufidagi 10 ga. maydonda) viloyatlarida ekma zaʼfaron (shafran) tugunak piyozlari ekilib, 36,4 ga. maydonda plantatsiyalar tashkil etilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |