I. Kirish Markaziy Osiyoda ilk uyg’onish davri, uning vujudga kelish sharoitlari va omillari. II. Asosiy qism



Download 92,5 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi92,5 Kb.
#199073
  1   2   3
Bog'liq
6-Mavzu Markaziy Osiyo xalqlari hayotida 9-12 asrlarda yuz berg



Markaziy Osiyo xalqlari hayotida 9-12 asrlarda yuz bergan uyg’onish (Renessans) davri. Ajdodlarimizning jahon svilizatsiyasiga qo’shgan xissalari

Reja:

I.Kirish

1. Markaziy Osiyoda ilk uyg’onish davri, uning vujudga kelish sharoitlari va omillari.



II.Asosiy qism

1. O’lkamizda ilm-fan, madaniyat, adabiyot, san’atning yuksalishi.

2. 9-12 asrlarda O’rta Osiyoda yetishib chiqqan qomusiy olimlar va ularning jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan xissasi.

3. Ajdodlarimizning jahon svilizatsiyasiga qo’shgan xissalari



III.Xulosa

1. “Qutadg‘u bilig”

Tarixdan ma’lumki ijtimoiy taraqqiyot doim bir yo’sinda ravon bo’lmagan. Insoniyat umumiy rivojlanish bilan birga qancha-qancha to’siqlarni, tanazzul va tangliklarni boshidan kechirgan va so’ng ularni bartarf etib o’z moddiy va madaniy darajasini qayta tiklagan, yangi taraqqiyot sari astoyidil intilgan. Fanda bunday yirik salmoqli yuksalishni tiklanish, uyg’onish, renessans ham deb aytiladi. Xususan G’arbiy Yevropada bunday renessans 15-17 asrlarda deyarli 700 yillik xurofotdan so’ng yuz bergan. Markaziy Osiyoda ilk uyg’onish davri 9-12 asrlarga to’g’ri keldi va o’zgacha shart-sharoitlarda kechdi. Uning ko’lami, oqibatlari, jahon sivilizatsiyasiga ko’rsatgan ta’siri ham bo’lakcha bo’lgan.

IX-XP asrlarda O’rta Osiyoda feodal munosabatlarning taraqqiy etishi, markazlashgan davlatlarning paydo bo’lishi, bu davrda ilm-fan, madaniy hayotning rivojlanishi uchun zamin yaratdi.

O’rta Osiyoning arablar tomonidan istilosidai so’ng iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarda keskin o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mehnat bilan bevosita bog’lik bo’lgan xalq ommasiga zulm o’tkazish tobora takomillashib bordi. Xuddi shu murakkab tarixiy sharoitda ham O’rta Osiyoda fan va madaniyat taraqqiyotiga o’lkan hissa qo’shgan buyuk olimlar yetishib chikdi. Bu yerda fan va madaniyat bobida nodir obidalarning, buyuk fan kashfiyotlarining va tadqiqotlarning yaratilishi jahon madaniyati xazinasiga bebaho hissa bo’lib qo’shildi. Shunday qilib, Uyg’onish davriga turtki bo’lgan omillar quyidagilardan iborat:


  • Markazlashgan mustaqil davlatlarning tarkib topishi;

  • Buyuk daholarning yetishib chiqqanligi va ularning ilmiy kashfiyotlari;

  • Turkiy elatlarning to’liq shakllanganligi;

  • Islom madaniyatining tarkib topganligi;

  • Mamlakatning tinch iqtisodiy taraqqiyoti.

O’rta Osiy xalqlari o’rtasida islom dinining tarqalishi rasmiy-amaldorlik olamida Sug’d, Shosh, Farg’ona, Xorazm zodagonlari orasida arab tili va yozuvining keng yoyilishiga olib keldi. Qadimgi yunon olimlari - Platon(Aflotun), Ariototelь(Arastu), Sokrat(Suqrot), Gippokrat (Buqrot), Galen (Jolinus), Yevklid (Iklidus) kabilarning asarlari arab tiliga tarjima qilindi. Arab tili Yaqin Sharq Eron, Afg’oniston, Shimoliy Hindiston, O’rta Osiyo, Shimoliy Afrikaga va qisman, Janubiy Yevropaning qadimgi xalqlari orasiga tarqaldi, ular uchun qariyb xalqaro til bo’lib qoldi.

Bu davrga kelib turkiy xalqlar ittifoqining shakllanish jarayoni tezlashdi. Qoraxoniylar xukmronligi davrida turk adabiy tili paydo bo’ldi. Ish yuritish xujatlar turkiy tilda yozila boshladi.Chig’atoy tili (eski o’zbek tili) Movarounnahr, Xuroson, Farg’ona, Shosh va Xorazm asosiy tillardan bo’lib yetisha bordi.

Bu davrda ko’p tilda ijod qila olidigan olimlar va ko’plab mutafakkirlar yetishib chiqdi. Qasida davrning dohiysi Ro’dakiy o’z she’rlari bilan katta shuhrat keltirdi. Uning zamondoshi Firdavsiy (X-XI asr boshlari, Xurosonning Tus shaxridan) o’lmas “Shohnoma” asrini yaratdi. Yirik tarixiy asarlar, masalan, Gardiziyning “Go’zal xabarlar” asari, Bayxakiyning o’ttiz tomlik kitobi, Majiddin Admonning “Turkiston tarixi” paydo bo’ldi. Muhammad Narshaxiy “Buxoro tarixi” kitobini yozdi. Nizomulkning “Davlatni idora qilish to’g’risidagi kitobi”, Yusuf Xos Hojibning “Kutadg’u bilik” asari, Maxmud Qoshg’ariyning ulkan ijtimoiy-siyosiy, klassik asari hisoblangan “Devonu lug’ati turk” (Turk tillari lug’ati) maydonga keldi. Bu davrda O’rta Osiyodan buyuk olimlar yetishib chikdi.

Mashhur riyoziyotchi va falakiyotchi Abu Abdullo Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy (780 - 850) dastlabki ma’lumot va turli sohadagi bilimlarni asosan o’z yurtida, O’rta Osiyo shaharlarida ko’pgina ustozlardan olgan. U katta iliiy ishlari uchun IX asrning boshlarida Bag’dodga taklif qilinadi. Bag’dodda Xorazmiy Sharqning dastlabki akademiyasi "Bayt ul-Xikma" (Donolar uyi)da faol ishtirok etgan. Bu yerda uning raxbarligida arablar va boshqa xalqlar qatori Ahmad Farg’oniy, Ahmad ibn Abdulloh Marvaziy kabi O’rta Osiyolik olimlar tadqiqot ishlarini olib borishgan. Xoraziy diniy mafkuraviy dunyoqarash hukmronligiga qaramay, ilg’or ijtimoiy-falsafiy tafakkurga yo’l oldi.

Algebra faniiing asoschisi bo’lgan Xorazmiy riyoziyotda abstraksiya tushunchasini kengaytirdi. Induksiya yo’li bilan umumiy yechish usullarini hal qildi va deduksiya yo’li bilan umumiy usullar yordami - turli masalalarni yechdi, Xorazmiy dunyo faniga g’oyat katta xissa qo’shdi. Uning asarlari dunyoviy fanlarning islom dinidan mustaqil rivojlanshiga yo’l ochdi. Muso al-Xorazmiyning "Astronomiya jadvallari", "Quyosh soatlari", risolalari va boshka asarlari Sharq va G’arbning riyoziyot va falaqiyot fanlari rivojlanishi tarixida muxim axamiyatga ega bo’ldi va ilm-fannint ravnaqiga katta ta’sir ko’rsatdi. Xorazmiy o’zining "Al-jabr val muqobala" risolasida olimlarni, ularning ishlari xarakteri bo’yicha uch guruhga buladi: 1)"Ulardan birlari o’zlarigacha qilinmagan ishlarni qilib, uni kelajak avlodga qoldirib, o’zgalardan o’zib ketadilar". 2) "O’zgalar o’tmishdoshlari mehnatlarini sharhlab beradilar va bu bilan qiyinchiliklarni yengillashtiradilar, qulflarni ochadilar, yo’llarni yoritadilar, bu esa tushunishni yengillashtiradi".

3) "... yoki bu odam ba’zi kitoblardagi nuqsonlarni topadi va uzilganlarni o’ylaydi". Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning faqat 10 tasi bizgacha etib kelgan.

O’rta Osiyolik turkiy harbiy zodagon oilasidan chiqqan Abu Nasr Forobiy (873 -950) avval Buxoroda, so’ngra Bag’dodda tahsil ko’rib, o’z zamonasining qomusiy allomasi darajasiga ko’tarildi. Uning yunon faylasufi Aristotelning mashxur “Metafizika” asariga ilmiy sharhlari ilm-fan dunyosida katta qizikish uyg’otdi. Forobiy materialistik falsafaning yirik namoyandasi sifatida moddiy dunyoning ob’yektiv ravishda mavjudligini e’tirof etdi, inson olamni bilishi mumkinligini isbot etdi. U O’rta Osiyoning ko’plab mashxur olimlari va mutafakkirlariga, jumladan, Abu Ali ibn Sinoning ham falsafiy dunyoqarashiga katta ta’sir ko’rsatdi.

O’rta Osiyo ilm-fani va madaniyati tarixida qomusiy bilimlar sohibi Abu Ali ibn Sino (980-1037) ning o’rni beqiyosdir. U Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida moliya amaldori oilasida tug’ilib, yoshlik yillarida o’z ma’lumotini oshirish uchun qunt bilan o’qidi. 16-17 yoshidayoq ibn Sino mashhur tabib - hakim bo’lib tanildi. Ibn Sinoning "Kitob al-qonun fit-tibb" eng yirik asarlardan bo’lib, 5 ta mustaqil asarlardan tashkil topgan: ularning har biri ma’lum sohani izchil, har tomonlama yoritib bergan. Bu kitob olti asr mobaynida(XI asr dan XVP asrning o’rtalarigacha) Yevropa meditsinasida yagona qo’llanma bo’lib keldi. U 30 martadan ko’proq nashr etildi. O’rta asrlarda "Qonun" fakat Sharqdagina emas, balki G’arb mamlakatlarining dorilfununlarida ham talabalar uchun meditsinadan yagona qo’llanma bo’lgan, Ibn Sino tabiatshunos, faylasuf, astronom, matyomatik, musiqashunos, huquqshunos, axloqshunos, filolog, yozuvchi va shoir xam edi.

Ibn Sino yaratgan asarlarning soni 450 tadan oshadi, lekin bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan. Ibn Sino asarlarining 40 dan ortig’i meditsinaga, 30 ga yaqini tabiiy fanlarga, 3 tasi musiqaga, 185 risola falsafa, mantiq, psixologiya, teologiya, etika va ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag’ishlangan. Asarlarning asosiy qismi arab tilida, ba’zilari fors - tojik tilida yozilgan. Uning ko’p asarlari o’rta asrlarda Yevropada ilmiy til hisoblangan lotin tiliga va u orqali Yevropaning boshqa tillariga tarjima qilingan. Ibn Sinoning bizga ma’lum bo’lgan katta asari "Kitob ush-shifo" 22 jilddan iborat bo’lib, u “falsafiy bilimlar qomusi" degan nom oldi.

Mislsiz qiyinchidiklarga bardosh berib, fan chirog’ini baland ko’targan yana bir daho Abu Rayhon Muhammad Beruniy (973-1048)dir. U Xorazm tilidan tashqari arab, sug’diy, fors, yunon, hind va qadimgi yahudiy tillarini bilgan. Qomusiy bilimlar sohibi Beruniy o’z zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix kabi fanlarni chuqur o’rgandi.

Beruniy butun xayoti davomida 150 dan ortiq ilmiy asar yozgan; bular orasida "O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston", "Mineralogiya" kabi yirik asarlari bor. Uning "Hindiston " asari hindlar adabiyoti, falsafasi, geografiyasi, etnografiyasi, urf-odatlari, dini, tarixini o’rganishda bekiyos axamiyatga egadir. U tabiiy fanlarga xam o’z xissasini ko’shdi. Beruniy o’z ilmiy asarlarida dunyoning tuzilishida Ptolemey sistemasiga suyansada, lekin yerning harakati hakida Ptolemeyga zid xulosalarga keldi. Geologiya faniga kushgan xissasi bilan, bu soxaning buyuk nazariyotchisi va asoschisi darajasiga ko’tarildi. Uning "Yodgorliklar" nomli kitobi podshohlar va mashhur shaxslarning tarixini yorituvchi yirik etnografik asardir.

O’rta asrlarda yashab ijod etgan O’rta Osiyolik olimlar orasida buyuk astronom, matematik va geograf al-Farg’oniy salmoqli o’rin egallaydi. Al-Fargoniy xalifa Xorun ar-Rashidning sharqiy yerlardagi muovini, ug’li Abdullohning Marvdagi olimlari sirasiga kirgan. Uning tug’ilgan yili 798 deb, o’lgan yili esa 861 yil deb taxmin kilinadi.

Al-Farg’oniyning asosiy astronomik asari "Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” kitobi XP asrda Yevropada lotin tiliga ikki marta va XSh asrda boshqa Yevropa tillariga xam tarjima qilingandan so’ng, uning lotinlashtirilgan nomi "Alfraganus" shaklida G’arbda keng tarqaldi. Uning bu kitobi Yevropa universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik vazifasini bir necha asrlar davomida o’tab keldi. Hozirgi kunga kelib al-Farg’oniyning sakkizta asari bizga ma’lum bo’lib, ularning hammasi astronomiyaga aloqador va hech biri xozirgi zamon tillariga tarjima qilinmagan. Al-Farg’oniy asarlarining qo’lyozmalari Berlin, London, Mashhad, Parij,Tehron, Rampur, Patna, Qohira, Gota, Xalab va boshqa shaharlarda saqlanadi.

O’rta Osiyoda IX asrda hadis ilmning rivojlanishida ham katta yutuqlarga erishilgan. Bu davrda butun islom dunyosidagi eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar to’plamining mulliflari yashab ijod etganlar. Olti muxaddisning deyarli hammasi O’rta Osiyolik bo’lib, ularning ichida "Hadis ilmida amir al-muminiyn” degan sharafli nomga sazovor bo’lgan imom al Buxoriy alohida e’tiborga sazovordir.

Abu Abdulloh Muxammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870) olti yil Hijozda, keyinchalik Damashq, Qohira, Basra, Qufa, Bag’dod kabi shaharlarda yashab hadis ilmidan o’z bilimini yanada oshiradi. Manbalarda al-Buxoriyning 600 mingga yaqin hadisni yoddan bilgan. Imom al-Buxoriy 20 dan ortiq hadis ilmiga tegishli asarlari bor. Ularning ichida eng muhimi va e’tiborlisi "Al-jome’ as-sahhih" dir. Bu kitobga al-Buxoriy faqat ishonchli hadislarni kiritgan.

Hadis ilmini yanada rivojlantirgan, jahonshumul ahamiyatga ega bo’lgan asarlarni yaratgan buyuk allomalardan biri - mashhur muxaddis Abu Iso Muxammad at-Termiziydir (824-892). At-Termiziy o’z ijodiy va ilmiy faoliyati davrida bir qator asarlar yaratib, ularning ko’pchiligi hadislarga bag’ishlangan. VP asrning I yarmida yuzaga kelgan Qurьoni Karim islom ta’limotida katta madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan asosiy manba bo’lsada, musulmon dunyosining ijtimoiy, huquqiy va axloqiy tomonlariga oid barcha masalalarni har tomonlama qamrab ololmagan, albatta. Shu sababdan ham islom dini chegaralarining kengayishi, uning qonun-qoidalariga asoslangan jamiyat rivojlangan sari yangi fikr-mulohazalar va ko’rsatmalarga ehtiyoj ortib borgan, shu boisdan hadislar Islom ta’limotida Qurьondan keyin 2 o’rinda turadigan muhim manba hisoblanadi. At-Termiziyning hadislardan iborat to’plamlarining deyarli barchasi bizgacha yetib kelgan. Ular ichida eng mashhuri “Al-jomi’ as-sahhih” bo’lib, Muxammad payg’ambarga oid oltita ishonchli hadislar to’plamining biridir. Bu asar ilmiy adabiyot va manbalarda "Al-jomiь al-kabir" (Katta to’plam) "Al-jomi’-us-saxxix” (Ishonchli to’plam), “Jomi’ At-Termiziy” (Termiziy To’plami), “Sunan at-Termiziy” (Termiziy sunnatlari) kabi nomlar bilan ataladi.

Imom Moturidiy – moturidiya maktabining asoschisi. “Musulmon-larning e’tiqodini tuzatuvchi” degan sharafli nomga ega bo’lgan shaxs.

Burhoniddin Marg’inoniy – islom huquqshunosligining ulkan namoyondasi, “Burhoniddin va milla”, ya’ni “Din va millatning hujjati” degan yuksak unvonga sazovor bo’lgan. Uning yetti kitobdan iborat “Hidoya” – “To’g’ri yo’l” deb atalgan asari jahon miqyosida huquqiy manba sifatida e’tirof etilgan. Shuningdek, bu davrlarda Naqshbandiya, Kubroviya, Yassaviya tariqati vakillari ham dinshunoslikda o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar.

Maxmud Zamahshariy - Xorazmlik tarixshunos buyuk olim. U Arab grammatikasi va fonetikasiga asos soldi. Uning “Al kashshof” (Qur’onga tavsirlar), “Tarix”, “Al-Mufassal”, “Aruzda o’lchov” kabi asarlari dunyoga mashhur. M.Zamahshariyning Qur’onga tavsirlar va Arab grammatikasiga bag’ishlangan asarlari dunyoda yagona deb tan olingan.

Uyg’onish davrida musiqa san’ati ham o’ziga xos uslublarda rivoj topdi. Bu davrda Sharqda muhim musiqiy asalardan “Shashmaqom”, “Rost”, “Ushshoq”, “Navo”, “Basta”lar yaratildi. Sozanda va bastakorlardan Abu Bakr Rubobiy, changchi Lo’kariy, Bunasr, Buamirlar ijod qildi.

Me’morchilik durdonalaridan Buxorodagi Somoniylar maqbarasi (X asr), Samarqandning Tim qishlog’idagi Arab ota (XI asr), O’zgandagi Qoraxoniylarning yozgi saroylari (XII asr) bizning davrimizgacha saqlanib qolgan.

O’rta Osiyoda IX-XII asrlarda yuz bergan ilk Uyg’onish davri haqida xulosa qilib shuni aytishimiz mumkin-ki, bu davr xuddi Yevropadagidek yangi siyosiy-iqtisodiy jarayon, ya’ni kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog’liq bo’lgan holda yuz berdi va Yevropa Renessansining vujudga kelishida o’zining katta ta’sirini ko’rsatdi hamda jahon madaniyati tarixida so’nmas iz qoldirdi.



Biz o‘rganayotgan davr IX-XII asr fan va madaniyatining ravnaqini Abu Rayhon Beruniysiz (973-1048-y.) tasavvur qilish mumkin emas. U o‘z zamonasining barcha fanlari - fizika, matematika, astronomiya, geodeziya, tarix, geografiya va bir necha boshqa fanlarni puxta egallagan olim bo‘lgan. U 362 hijriy yili (973-y.) Xorazmning qadimgi Kat shahrida tug‘ildi. O‘sha davrda Kat shahri Xorazmshohlar - Afrig‘iylar sulolasining poytaxti bo‘lib, O‘rta Osiyoning Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq davlatlari, Kavkaz va Sharqiy Yevropa davlatlari bilan bog‘lab turuvchi savdo va madaniy markazlaridan biri edi. Afsuski, Beruniyning zamondoshi Ibn Sinonikiga o‘xshagan tarjimayi holi bizgacha yetib kelmagan. Shuning uchun u boshlang‘ich ta’limini kimdan, qachon olganligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ammo, bir narsa aniqki, u yoshligidanoq ilm-fanga juda ham qiziqqan, qobiliyatli, mehnatkash bo‘lgan.

U o‘z ona tili xorazm tilidan tashqari yana bir qancha tillarni-so‘g‘diy, fors, hind, yunon va qadimgi yaxudiy tillarni ham o‘rgangan. U Hindistonda bo‘lar ekan, tez orada nafaqat Hindiston tarixi, madaniyati, hatto sanskrit tilini ham o‘rganadi. Xorazmdagi Ma’mun akademiyasining eng ko‘zga ko‘ringan faol ishtirokchilaridan biriga aylanadi. Shu bilan birga u shoh Ma’mun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakat siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi.

Beruniy Urganchda yashagan davrda Ibn Sino bilan yozishma olib borgan. Bizgacha ularning savol-javoblaridan 18 tasi yetib kelgan. Bu yozishmalar Beruniyning tabiat falsafasi va fizika masalalari bilan qanchalik qiziqqanligidan guvohlik beradi. Savol-javoblarning mazmunida Aristotelning aql bilan his etish orqali chiqargan xulosalariga Beruniy o‘zining tuzatish va tajriba orqali aniqlagan xulosalarini qarshi qo‘ygan. Ibn Sino esa Aristotelni himoya qilgani ma’lum bo‘ladi.

Beruniy Xorazmda yashagan vaqtda hali juda yosh bo‘lishiga qaramay, Kat shahrida muhim astronomik kuzatishlar o‘tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o‘zi asboblar ixtiro qilgan. Beruniy 22 yoshida o‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanni tashlab ketishga majbur bo‘ladi va avval Rayga, keyin Jurjonga keladi. Bu yerda mashhur tabib, astronom, faylasuf Abu Saxl Iso al-Masixiy bilan tanishadi va undan ta’lim oladi. Beruniy o‘zining mashhur asarlaridan biri bo‘lmish “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarini Jurjonda yoza boshlagan.

Tarixdan ma’lumki, 1017-yilda Mahmud G‘aznaviy Xorazmni bosib oladi va Beruniyni ham Xorazmshoh saroyidagi bir qancha olimlar qatori G‘azna shahriga olib ketadi. Beruniy G‘azna shahrida 1017 yildan to 1048 yilgacha hayot kechirgani ma’lum. Bu yillar Beruniy hayotida o‘ziga xos davr bo‘ladi. Bir tomondan g‘urbatda yashagan bo‘lsa, ikkinchi tomondan ilmiy faoliyatda juda ham mahsuldor davri bo‘ladi. Beruniy faoliyatini o‘rganuvchi olimlarning fikricha, bunday hol, ya’ni davlat ishlariga aralashmagan, siyosiy faoliyatdan chetlashgan olim o‘zining butun bo‘sh vaqtini ilmiy-tadqiqot ishlariga sarflaydi.

Beruniy tabiat fanlarining rivojiga bebaho hissa qo‘shgan olimdir. U o‘zining ilmiy asarlarida dunyoning tuzilishi haqida fikr yuritganda Ptolemey fikriga suyansa ham, amalda yerning harakati haqida Ptolemey tartibiga zid keluvchi fikrlarni bayon qiladi. U “Geodeziya” asarida geotsentrizm bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi nazariyalarning to‘g‘riligiga shubha bilan qaraganligini ochiqdan-ochiq bayon etadi. Bu bilan u dunyoning geliotsentristik tuzilishi haqidagi nazariyani ishlashiga hissa qo‘shganlardan biri hisoblanadi.

Beruniy o‘z davrining katta matematigi ham bo‘lgan. U matematika masalalariga bag‘ishlangan asarlarida geometriya, arifmetika, algebra, sonlar nazariyasi, trigonometriya tushunchalarini ma’lum tartib bilan ta’riflaydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilarining ko‘pchiligi Beruniyni trigonometriya fanining rivojiga qo‘shgan hissasini juda ham yuksak baholashadi. Ular Beruniyning trigonometriyaning matematikada mustaqil fan sifatida qaragan olim sifatida ko‘rsatmoqdalar.

Beruniy 1030-yilda “Hindiston” nomi bilan mashhur bo‘lgan eng yirik asarini yozadi. Bu asar juda katta ahamiyatiga ega bo‘lgan asar bo‘lib, bu haqda juda ko‘p g‘arb va sharq olimlari o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirganlar. Beruniyning bu asari ustida 20 yil ish olib borgan E.Zaxau uning arabcha tanqidiy teksti bilan ingilizcha tarjimasini 1888-yilda Londonda nashr ettiradi. Ana shu olim “hindshunoslikda Beruniyga teng keladigan biror olim na undan oldin va na undan keyin bo‘lganligini bilmaymiz”-degan edi. Yirik arabshunos olim R.Rozen “Hindiston” asari qadimgi va o‘rta asr g‘arb va sharq adabiyotida “misli ko‘rilmagan”-deb baholaydi. Hind olimlaridan Hamid Rizo esa “O‘rta asr va yangi zamon mualliflaridan hech biri Hind madaniyatining chigal masalalarini ilmiy ruhda tushunish bo‘yicha Abu Rayxon Beruniy erishgan yutuqlariga erisha olmadi. Beruniyning “Hindiston” asari klassik namuna bo‘lib qolishi bilan birga o‘z muallifining qadimgi hind madaniyati va faniga tortig‘idir”-degan edi.

Abu Ali ibn Sino (980-1037) Buxoro yaqinida joylashgan Afshona qishlog‘ida tavallud topgan. Otasi ziyoli, o‘qigan, bilimdon kishi bo‘lib asli Balxdan bo‘lgan. Ibn Sino o‘sha davr ziyolilar oilasida hukm surgan turmush tarzi tizimi bo‘yicha “Qur’oni Karim”ni yoshlik chog‘idan yod ola boshlaydi. Bu bilan kifoyalanib qolmasdan otasi unga falsafa, hind hisobi kabi sohalarni ham o‘qita boshlaydi. Hatto Abu Abdulloh an-Nashali degan kishini o‘g‘liga murabbiy qilib oladi. U o‘spirinlik yillarida, 16 yoshida shunchalik chuqur shug‘ullanganki, hatto biron-bir kecha ham to‘yib uxlamagan ekan. Fan asoslari bilan bunday shug‘ullanish, ko‘p vaqtlar davomida amalga oshirgan mashaqqatli mehnat tez orada o‘z samarasini beradi, u 17 yoshidayoq olim sifatida shakllanib, tabib degan nom chiqara boshlaydi. Mukofot sifatida saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga sazovor bo‘ladi.

Biz ko‘rib chiqayotgan davr siyosiy tarixi o‘ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu vaqtda ikki sulola (Qoraxoniylar va Somoniylar) tarix sahnasida hukmronlik uchun kurash olib bormoqda edi. Mamlakatdagi bunday beqarorlik fan arboblarining faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmas edi. Ibn Sino ham o‘sha davrda Xorazmda fan va madaniyat xomiysi sifatida nom chiqargan Ma’mun (999-1016) saroyiga boradi. U yerda o‘sha davr mashhur olim, faylasuflari Abusaxl Masixiy, tabib Abul Xayir Xommar, qomusiy olim sifatida butun dunyoda tan olingan Abu Rayhon Beruniy va boshqa mashhur olimlar bor edilar. Ammo olimning tinch ijodi bu yerda ham ko‘pga cho‘zilmaydi. Xorazmni Mahmud G‘aznaviy egallagach u Hamadonga jo‘naydi. O‘sha davrda Hamadon hukmdori Shams ad-Davla degan kishi bo‘lib, u kasal bo‘lib qoladi. Ibn Sino Buxoro amirini davolaganidek uni ham tuzatib yuboradi va evaziga vazir etib tayyorlanadi. O‘sha davrda ham saroy fisqu-fasod, isyonlar uyasi edi. Ana shunday fisqu-fasodlar tufayli u zindonga tashlanadi. Isfaxon hukmdori Alouddavla Hamadonni bosib olgach, u zindondan ozod qilinadi.

Ibn Sinoning zamondoshi, uning shogirdi Jurjoniyning yozishicha u jismoniy jihatdan juda baquvvat bo‘lgan. Biroq shaharma-shahar darbadarlikda yurish, yuqorida qayd qilganimizdek, kechalari uxlamasdan uzluksiz ishlash va ta’qib ostiga olishlar olimning salomatligiga ta’sir ko‘rsatadi va u 428 xijriy yilning ramazon oyida, 1037 yilning iyun oyida 57 yoshida vafot etadi.

Ibn Sino haqiqiy ensiklopedik olim bo‘lib, o‘z davrining deyarli barcha fanlari bilan muvaffaqiyatli ravishda shug‘ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd qilingan bo‘lsa ham, zamonlar o‘tishi bilan ularning ko‘pi yo‘qolib ketgan va bizgacha faqat 242 tasi yetib kelgan.

Ibn Sinoning tog‘larni paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi juda ajoyib fikrlari, minerologiya va geologiya fanlariga qo‘shgan hissasi juda salmoqlidir. Jumladan, u minerollarni to‘rt guruhga bo‘lib, ularning original klassifikatsiyasini taklif etadi. Bu klassifikatsiya to XIX asrgacha deyarli o‘zgarishsiz saqlanib keldi. Olimning minereologiya sohasidagi ishlarining muhimligi ta’kidlanib, 1956-yilda O‘zbekistonda topilgan mineral Avitsenit deb atalgan.

Ibn Sino botanika masalalari bilan ham ko‘p shug‘ullangan. Chunki tabobatda ishlatiladigan dorivor moddalarning aksariyati o‘simliklardan olinadi. Mashhur shved botanigi Karl Linney (1707-1778) Ibn Sinoning botanika sohasidagi xizmatlarini ta’kidlab, tropik mamlakatlarda dengiz suvida ham o‘suvchi va doimo yashil holda qoladigan bir daraxtni Avitsenna deb atadi. Ham G‘arbda, ham Sharqda “Avitsenna” va “Shayxur-Rayis” nomi bilan shuhrat qozongan bobokalonimiz haqiqatan ham mustaqil O‘zbekiston yoshlari qalbida o‘z tarixi va bobokalonlari bilan faxrlanish his-tuyg‘ularini uyg‘otadi.



Abu Abdulloh Ja’far Rudakiy (960-1041-y.) taxminan 960-yilda Samarqand yaqinida joylashgan Panjrudak qishlog‘ida tug‘ilgan. Shuning uchun ham shoirning taxallusi shu tug‘ilgan qishlog‘ining nomidan kelib chiqib Rudakiy bo‘lib hisoblanadi. Yana boshqa manbalarda aytilishicha, o‘sha davrda xalq cholg‘u asboblari orasida “rud” nomli musiqa asbobi bo‘lib, shoir uni chalishni juda yaxshi o‘rgangan, shuning uchun ham shoir taxallusini shu asbobdan olgan deb ham hisoblaydilar.

Rudakiyning tarjimai holiga bag‘ishlangan barcha manbalarda uni kambag‘al oiladan ekanligi, yoshligidayoq musiqa asboblarini yaxshi chalishni va ashula aytishni sevganligi qayd etiladi. Yosh shoirning o‘zi she’rlar yozishi va musiqaga bo‘lgan bunday muhabbati tez orada uni mashhur qilib yuboradi. Bu davrda she’riyat, ayniqsa, saroy she’riyati, qasidanavislik, ya’ni shaxsga madhiya o‘qib, ko‘klarga ko‘tarib maqtash keng avj olgan edi. Qasidanavislikdan asosiy maqsad, uning mohiyati maqtov kimning shaxsiga qaratilgan bo‘lsa, o‘sha kishini shaxsni ulug‘lashtirish bo‘lgan. Rudakiy esa ma’lumotlarga qaraganda, qasida to‘qishga usta bo‘lgan. Shuning uchun ham bo‘lsa kerak, uning Somoniylar saroyiga taklif qiladilar. U davrda hokimiyat tepasida Nasr ibn Ahmad turardi.Shu davrdan boshlab, uning hayotida saroy davri boshlanadi. Saroy hayoti o‘zining o‘ta murakkabligi bilan ajralib turgan, fisqu-fasodlarga to‘la bo‘lgan. Rudakiy qarigan vaqtida saroydan quviladi va qolgan umrini o‘zining ona qishlog‘ida faqirlikda o‘tkazadi. Saroydan quvilayotgan paytda uning ko‘ziga mil tortib, ko‘r qilinadi.

Rudakiy fors-tojik she’riyatining asoschilaridan biri hisoblanadi. XI asr shoiri Rashidiyning aytishicha, Rudakiyning bir million uch yuz ming bayt she’ri borligi hisoblab chiqilgan. Ammo bizgacha ming bayt, ikki qismda ellik ruboiy, she’rlar, doston va boshqalar yetib kelgan, xolos. Bu asarlarda shoir do‘stlik, muhabbat, yaxshilik qilish, birovning dilini og‘ritmaslik kabi ulug‘ insoniy fazilatlarni ulug‘laydi. Doimo ezgulik qilishga chorlaydi.

Rudakiyning she’riyati hayot lazzati, hayotning o‘zi ustod ekanligi, undan ko‘p narsalarni bilib, o‘rganib olish mumkinligini ta’kidlaydi va shunday qilish lozim ekanligini uqtirishga harakat qiladi. Hayot ta’limi butunlay boshqacha ta’lim ekanligini, uni ba’zida shirin, ba’zida achchiq ekanligini ko‘rsatadi. Bunday ta’limni hech bir o‘qituvchi bera olmasligini uqtiradi.

Har bir kishi olmasa hayotdan ta’lim,

Unga o‘rgata olmas hech bir muallim.

Bizgacha Rudakiy qalamiga mansub “Kalila va Dimna”, “Davroni oftob”, “Sindnoma” kabi poemalardan parchalar yetib kelgan. Rudakiyning asarlari haqida gap yuritar ekanmiz, uning tili sodda, keng xalq ommasiga juda ham tushunarli bo‘lganligini ko‘ramiz. Shuning uchun ham u keng xalq ommasi orqali shuhrat topgan. Uning asarlari hozirgi o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan.


Download 92,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish