Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich talabasi Abdukarimov Rustambekning "O‘zbek adabiyoti" fanidan bajargan mustaqil ishi
O'qituvchi: Karimova Nafisa
Mavzu: Aruzi Samarqandiyning
"Chahor maqola" asari
Reja.
1. Aruzi Samarqandiyning hayoti haqida
2. Chahor maqola asrining tahlili
3.Xulosa
- Nizomiy Aruziy Ibn Samarqandiy (11-asrning 90-yillari — Samarqand — 1160) — adib, adabiyotshunos olim. Kotib, shoir, munajjim, tabib sifatida ham tanilgan. Aruzni puxta egallagani uchun Aruziy nomi bilan ham mashhur boʻlgan. 1111 yilda Sharq mamla-katlari boʻylab sayohat qilgan.
Balx, Hirot, Tuye, Nishopur shaharlarini kezib, Afgʻonistonning Gʻur va Bomiyon viloyatlarida shansabiylar sulolasida 45 yil xizmat qilgan. Bizgacha "Majmaʼ unnavodir" ("Nodirlar majmuasi") yoki "Chahor maqola" ("Toʻrt maqola", 1156— 57) deb nomlangan asarigina yetib kelgan.
Asar muqaddima va 4 maqoladan iborat. Muqaddimada kitobning yozilish sabablari, maqsadi aytilgan. Asosiy qismidagi maqolalarda dabirlik ilmining mohiyati va yetuk dabir si-fatlari; sheʼr ilmining mohiyati va shoirning salohiyati; ilmi nujumning mohiyati va munajjimning bilimi, tibbiyot ilmining mohiyati, tabiblik, tabibning vazifalari haqida fikr yuritilgan. Har bir maqola muallif tomonidan ilgari surilgan gʻoya va fikrlarni aks ettiruvchi 10—12 hikoyat bilan ziynatlangan
"Chahor maqolada" o‘rta asr xalqlari moddiy madaniyatining bir qator unsurlari aks etgan bo'lib ularni shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin
1. Savdo-sotiq ishi
2. Uy-joy, saroylar va ularni bezatish
3. Kiyim-kechak
4. Ish qurollari
5. Uy-ro‘zg‘or buyumlari
6. Harbiy qurollar
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki
"Chahor maqola" adabiy axloqiy, va tarixiy asar bo‘lib, unda turkiy xalqlar madaniyati, etnografiyasi, va tarixi haqida qiziqarli ma'lumotlarni ko'rishimiz mumkin. O‘rta asr arab, fors, tojik va turkiy xalqlarining dehqonchilik bilan bog‘dorchilik sohasida yuksak natijarga erishgani va o‘rta asr mamlakatlari tarixi haqida qimmatli ma'lumotlar bor.
Akademik Bobojon G‘ofurovning fikricha, X-XIII asrlarda san’at Arxitektura yuqori rivojlanish darajasiga ko'tarildi. XI - XII asrlar va boshidan XIII asrda ko'plab ajoyib me'moriy yodgorliklar saqlanib qolgan. Bu davrda saroylar qurilishi ancha kengaydi. Xatlon, Termiz hukmdorlari saroylari va Hulbukda (Tojikiston janubi) arxeologlar tomonidan topilgan gʻaznaviy amirlari, Termiz, G‘azna va Lashkari Bozor topilgan yodgorliklar shundan dalolat beradi
Asarda yana Xorazmshohlar, qarluqlar davlati haqida ham tarixiy ma'lumotlar bor. Xususan Qatvon jangi haqida shunday yoziladi.
"1141-yil 9-setyabrda Qatvon tekisligida hal qiluvchi jang bo‘ldi. Unda qo‘shma harbiylar ishtirok etdi. Saljuqiylar va qoraxoniylar qoraxitoylar tomonidan tor-mor qilindi. Sulton Sanjar bilan Mahmud Termizga qochib ketishdi. Urush paytida 30 mingdan ko‘proq musulmonlar qoraxitoylar tomonidan o‘ldirildi".
Asarning ikkinikkinchi bobi hisoblanmish "Sheʼr ilmining mohiyati, shoir saloqiyati"da ijodkor burchi, masʼuliyati, uning oʻziga talabchan, hamisha izlanishda, oʻrganishda boʻlishi, yosh ijodkorlarga gʻamxoʻrlik qilishi kerakligi aytilgan. Badiiy asarda shakl va mazmun birligi, sheʼriyatning inson tafakkuriga taʼsiri, badiiy-estetik, taʼlim-tarbiyaviy ahamiyati, uning inson kamolotiga, estetik di-diga taʼsiri borasida ham qimmatli fikrlar bor.
E'tiboringiz uchun rahmat
○Abdukarimov
Do'stlaringiz bilan baham: |