Tо‘pmevalar. Ayrim gullardan hosil bо‘lgan bir necha mevabarglar о‘zaro qо‘shilib gо‘yo bitta meva kо‘rinishida (tut, qand lavlagi, anjir, ananas va boshqalarda) tо‘pmeva kelib chiqadi. Tо‘pmeva odatda bir – biri bilan juda yaqin joylashgan gullardan hosil bо‘lgan tо‘pguldan rivojlanadi.
Meva va urug‘larning tarqalishi. О‘simlikda har qanday qismining tarqalishi uchun qulay tushuncha, ya’ni diaspora sо‘zi ishlatiladi. Gulli о‘simliklarning nisbatan juda oz qismida diasporalarini qandaydir tashqi omillar ta’siriz tarqatadi. Bunday о‘simliklar avtoxorlar deb atalib, bu hodisaning о‘zi avtoxoriyadir. Aksincha kо‘pchilik gulli о‘simliklar diasporalarini shamol, suv, hayvon va inson yordamida tarqatadi. Bular alloxorlar hisoblanadi. Meva va urug‘lar tarqalishida qatnashadigan omillarga kо‘ra alloxoriya quyidagilarga ajratiladi : zooxoriya (hayvonlar yordamida), antropoxoriya (inson yordamida), anemoxoriya (shamol yordamida), gidroxoriya (suv yordamida).
III. Xulosa
Urug‘lanish dab song meva hosil bolishi roy beravermaydi. Kо‘p о‘simliklarni mevalari urug‘ hosil qilmasdan rivojlanadi. Bunday hodisa Partinicarpiy deyiladi. Ba’zi о‘simliklarda masalan yer yong‘og‘ida meva hosil boladi qachonki urug‘langan urug‘ kurtakli urug‘chi tuproqga kirganida. Meva klasifikasiya qilishning turli xil metodlari mavjud Mevalani klasifikasiya qilishdagi asosiy kriteriya meva devorining qatiqligi( quruqligi, yumshoqligi, etligi, rezavorligi), ikkinchi kriteriya bu mevalarning chochilishi yoki yetilish oldidan chochilmasligi.Mevalar meva yonligining kelib chiqishi, tuzilishi, о‘lchami, shakli va ranglari bilan nihoyatda xilma-xildir. Morfologik tasnifi mevalarning tashqi tuzilishiga, konsistansiyasi va urug‘lar soniga asoslangan. Mevalar odatda hо‘l va quruq , bir urug‘li va kо‘p urug‘li, chatnaydigan va chatnamaydigan kabilarga ajratiladi. Evolyusion va genetik tasnifi esa urug‘chi turiga asoslangan. Ancha sodda tuzilishdagi urug‘chi turi apokarp hisoblanib, undan keyinchalik mevabarglarning о‘zaro qо‘shilishi natijasida senokarp ginetsey kelib chiqqan. Shunga kо‘ra bir yoki bir necha ayrim mevabarglardan tashkil topgan apokarp va bir – birlari bilan о‘zaro qо‘shilgan mevabarglardaniborat senokarp mevalar ajratiladi. Tugunchaning holatiga qarab,faqat urug‘chi mevabarglaridan, ya’ni ustki tugunchadan hosil bо‘lgan haqiqiy mevalar va ostki tugunchadan hosil bо‘lgan soxta mevalar farq qilinadi.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
Shaumarov X.B. Islamov S.Ya. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi. Toshkent, 2011.
Tursunxo’jaev T.L. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. - T., 2006.
Xaitov R.A., Zuparov R.I., Radjabova V.E., Shukurov Z.Z. Don va don maxsulotlarining sifatini baxolash xamda nazorat qilish. T, Universitet, 2000 y.
Daryo.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |