II.ASOSIY QISM
2.1. Tog’ va tog’ oldi xududlarining tuproq, iqlim sharoitlari.
Tog’li xududlarda qish fasli 3-3,5 oy davom etadi va fevralning oxiri va mart oyining birinchi o’n kunligida o’z o’rnini iliq kunlarga bo’shatib beradi.
xududning iqlimi qishning sovuq va yozning issiqligi bilan tavsiflanadi. Eng sovuq oylar yanvar va fevral oylari hisoblanadi. Yanvarning o’rtacha ko’p yillik harorati 6,0°S, mutloq past harorat -30°S ni tashkil etadi. Bahor oylari ancha seryog’in bo’lib, xarorat ancha mo’’tadillashadi. Aprelь oyida harorat 7,2 va may oyida 13,4°S gacha ko’tariladi. Bahorgi so’ngi sovuqlar mart oyining III dekadasiga, ba’zan aprelь, hattoki may oyining I dekadasiga to’g’ri keladi. Yoz oylari o’ta issiq oylar hisoblanadi. Yuqori harorat iyulь oyiga to’g’ri kelib, o’rtacha 24,5°Sni tashkil etadi. Eng yuqori xarorat esa 43°S gacha yetishi kuzatildi. Yozda haroratning o’zgarish amplitudasi 15-20°S ga teng bo’ladi.
Bu davrda havo namligi 33% atrofida bo’ladi. Ba’zan ushbu ko’rsatkich ham tushib ketadi. Havoning eng past nisbiy namligi (23%) iyuldan sentyabr oyigacha to’g’ri keladi. Hududning qor bilan qoplangan kunlari 32-45 kungacha cho’ziladi. Bu yerning iqlim atmosferasi nimligining defitsitligiga xos bo’lgan namlik bug’lanish ustunlik qiluvchi, quyosh radiatsiyasi havoning ko’p naligi va kuchli shamol faoliyatiga ega bo’lgan kompost harorat bilan ajralib turadi.
Asosiy yog’in qish fasli va bahorning dastlabki, kuzning oxirgi oylarida bo’ladi. Yoz oylarida esa yog’ingarchilik juda kam bo’lib 0,7 10 mm ni tashkil qiladi. Yog’in sochin miqdori yillik665.7mm ni tashkil etadi... Aprelda ko’proq yog’adi. (139 mm). Aprel oyidan oktyabrgacha yo0in sochinning miqdori 67.0 mm ga teng, noyabrda68.9 mm martda esa ko’proq – 93.7 mm ni tashkil etadi
Yog’in sochin miqdori 660-700 m ni tashkil etadi. Uni quyidagi jadvalda ko’rish mumkin. Yillik yog’in sochinning miqdori 405 mm ni tashkil etadi. Aprelda ko’proq yog’adi. (139 mm). Aprel oyidan oktyabrgacha yo0in sochinning miqdori 285 mm ga teng, noyabrdan martgacha esa kamroq – 120mm ni tashkil etadi.
Bu xududda o’simlik dunyosi asosan zarafshon archasi, tog’ terak, yovvoyi bodom, sariq tol, bodomcha, na’matak va boshqalar mavjud. Yuqoridagi iqlim va tuproq sharoitini o’rganib chiqib, Boysun o’rmon xo’jaligida turli xildagi o’rmonzorlashtirish va ko’kalamzorlashtirish uchun kerak bo’ladigan turli daraxt va buta turlarini ko’chatlarni o’stirish mumkinligini e’tirof etishimiz mumkin.
Tuproq kesmasining tuzilishi quyidagichadir: A-gorizontning qalinligi 15-20 s bo’lib, rangi kulrang-qo’ng’ir, pastrog’i uvoqli tuzilishga ega. V gorizontning qalinligi 25-30 sm, rangi och qo’ng’ir – sariq rangli, uvoqli, zichlashgan. Korbonatlar 30-40 sm dan boshlanadi.
Tog’ kashtan tuproqlari tekislikdagi kashtan tuproqlardan sho’rtoblangan, gipsli va tuzli gorizontlarning yo’qligi bilan farqlanadi. Tog’ yon bag’irlarida keng tarqalgan yuvilgan tuproqlar qatlamining yupqaligi, chirindi miqdorining birmuncha kamligi va korbonatli gorizontlarning bir oz yuza joylashishi bilan ajralib turadi.
Och tusli kashtan tuproqlarda chirindining miqdori 2-2,5 %, to’q tusli kashtan tuproqlarda esa 3-5 % dir, azotning miqdori 0,15-0,2 %, fosforning miqdori esa 0,2-0,25 % ga tengdir. Bu tuproqlarda bo’z tuproqlarga nisbatan korbonatlar miqdori kamroq bo’ladi.
Tog’ qora tuproqlari tog’-tizmalarining 2000-2800 m balandlikdagi shimoliy yoki bag’irlarida uchraydi. O’rtacha yillik harorat 40 dan 80 gacha o’zgarib turadi, yog’in-sochinning yillik miqdori 400-800 mm bo’lib, uning qo’p qismi yozda yog’adi.
Och tusli kashtan tuproqning tarkibida ustki qismida 3.06 % chirindi bo’ladi. Korbanatli gorizont yuzada joylashgan. Ishqorsizlangan semiz qora tuproq tarkibida 1.49 gacha chirindi bor, korbonatli qatlam chuqurda joylashgan. Tuproqlar azotga va kul elementlariga boy, fizik xossalarining yaxshi bo’lishi va yuqori unumdorligi bilan ajralib turadi.To’q kashtan tuproqlar tekislikdagi kashtan tuproqlardan sho’rtoblanganligi, ginsli va tuzli gorizontlarning yo’qligi bilan farqlanadi. Tog’ yon bag’irlarida keng tarqalgan yuvilgan tuproqlar qatlamining yupqaligi, chirindi miqdorining birmuncha kamligi va korbonatli gorizontlarning bir oz yuza joylashishi bilan ajralib turadi. Och tusli kashtan tuproqlarda chirindining miqdori 3.06 %, to’q tusli kashtan tuproqlarda esa4.37% dir, azotning miqdori 2.83 %, fosforning miqdori esa 0,20-0,25 % ga tengdir. Bu tuproqlarda bo’z tuproqlarga nisbatan korbonatlar miqdori kamroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |