4.Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta’minlash masalalari Mamlakatimizda olib borilayotgan byudjet-soliq siyosatiga ko‘ra mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash asos qilinib, u o‘zining tashkiliy-huquqiy asoslari bilan ifodalanadi. Mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi hududlarning potensialidan kelib chiqib o‘zining daromadlari orqali ijtimoiy va iqtisodiy xarajatlarini to‘la qoplay olishi, byudjetning yuqori byudjetlardan subvensiya, dotatsiya hamda byudjet ssudalari olmasdan balans berishiga aytiladi. Mahalliy byudjetlar moliyaviy jihatdan barqarorligining vaqt bo‘yicha 3 xil turga bo‘lib o‘rganish mumkin:
1) joriy barqarorlik (joriy moliya yili ichida);
2) o‘rta muddatli barqarorlik (ikki yildan besh yilgacha);
3) uzoq muddatli barqarorlik ko‘rinishlarida bo‘ladi. Joriy moliya yilida byudjet balansliligini saqlab qolinganligi, kassa uzulishlarning yo‘qligi, o‘zgaruvchan iqtisodiy konyuktura holatlarida to‘g‘ri moliyaviy qarorlarning qabul qilinganligi - bularning barchasi joriy moliyaviy barqarorlik xususiyati hisoblanadi. O‘rta muddatli moliyaviy barqarorlikning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, hududlar o‘zini o‘zi boshqaruv 16 organlarining kreditga layoqatliligi va investitsiyalash qobiliyatlari ma’lum imkoniyatlari mavjudligidir. Byudjet holatiga ta’sir etuvchi hududning ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish strategiyasining mavjudligi va salbiy faktorlar harakatining qisqarishi – bu mahalliy byudjet moliyaviy barqarorligining uzoq muddatli factor ihisoblanadi. Mahalliy byudjet organlarining barqaror rivojlanayotgan sharoitida pul fondlarining va risklarning mavjud holatida o‘zining moliyaviy xavfsizligini sa qlabqolishi mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini anglatadi. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi majburiy shartlari bo‘lib, daromadlar va xarajatlarning muvozanatliligi, to‘lovgalayoqatliligi, byudjetning mustaqilligi, mahalliy boshqaruv organlari yuqori byudjetdan yordam olmasdan moliyaviy resurslarni byudjetga safarbar qilaolishqobiliyati, shuningdek barcha moliyaviy majburiyatlarni amalga oshirilishihisoblanadi. Hududiy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi ushbu byudjetlarnin gmoliyaviy holatining eng asosiy xarakteristik jihati hisoblanadi. Mamlakatimiz qonunchiligida rasmiy “byudjet barqarorligi” tushunchasining mavjud emas ligiunianiqlashning bir qancha metodlari va usullarini ishlab chiqishni taqazoqiladi.Moliya nazariyasi va amaliy moliya faoliyatida moliyaviy barqarorlik doim balanslilik, stabillik va muvozanatlilik tushunchalari bilan tenglashtiriladi.
Mamlakatimizda davlat moliyasini boshqarish hamda nazoratini takomillashtirish bo’yicha keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, byudjet jarayonining shaffofligini yanada oshirish va uning ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, byudjetdan moliyalashtirish, hisob va hisobot mexanizmini takomillashtirish, vazirlik va idoralarning bo’ysunuvidagi muassasalarda byudjet intizomini mustahkamlash borasidagi mas’uliyatini oshirish, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari va xalqaro e’tirof etilgan davlat moliyaviy nazorat standartlarini joriy qilish yo’li bilan byudjet qonunchiligini buzish holatlarining oldini olish va profilaktikasiga qaratilgan davlat moliyaviy nazoratining rolini tubdan qayta ko’rib chiqish belgilandi. “XXI asr: fan va ta’lim masalalari” ilmiy elektron jurnali. №1, 2019 yil www.sharqjurnali.uz 2 Islohotlarning xuquqiy bazasini yangilash hamda rivojlantirish amaliyotini takomillashtirish, byudjet hisobini tartibga solishning yaxlitligi va tizimliligini ta’minlash bo’yicha jamiyatni demokratlashtirish va islox qilish hamda modernizatsiyalash, maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda normativ huquqiy-hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish, huquqiy hujjatlarni tizimlashtirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kuchli moliyaviy nazoratni shakllantirish davr talabi hisoblanib, davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish doimo diqqat-e’tibor markazida. Bu xususida, Prezidentimiz Sh.Mirziyoev quyidagilarni ta’kidlaydi: “Albatta, Davlat byudjeti o’lchovsiz emas, mablag’larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni ta’minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib bo’lmaydigan haqiqatdir.[1] Darhaqiqat, islohotlar izchilligini ta’minlash va davlat byudjeti xarajatlaridan oqilona foydalanish jarayonida davlat moliyaviy nazoratining ilg’or usullarini qo’llash, mablag’lardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda xarajatlarni tejashda moliyaviy nazorat organlarining profilaktik tadbirlarni o’tkazishi muhim ahamiyat kasb etadi. O’z navbatida, byudjet nazoratini tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari bo’yicha ilmiy tadqiqot olib borish dolzarb sanaladi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili Byudjet nazorati byudjet tizimi byudjetlari ijrosining amalga oshirilishiga xizmat qiladi. U ham davlatning, ham boshqa barcha iqtisodiyot sub’ektlarining manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Bizningcha, byudjet nazorat tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi: byudjet nazorati; kontragentlar bilan moliyaviy hisob-kitob munosabatlari jarayonidagi nazorat; nodavlat moliyaviy nazorati. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat o’zaro ta’sirchan va mustaqil bo’lgan ikki sohaga bo’linadi: davlat moliyaviy nazorati; nodavlat moliyaviy nazorati.[6] Shu jihatdan ham byudjet nazoratini o’tkazishning qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek byudjet nazorati natijalarining ishonchliligini va xolisligini nazorat qilish zarur. Bizning nazarimizda, mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi tushunchasiga mahalliy boshqaruv organlarininig o‘z funksiya va vazifalarini amalga oshirish va hududdagi aholini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash uchun muhim bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlash imkoniyatlarini xarakterlovchi moliyaviy holat sifatida qaraladi. Mahalliy moliya tizimning barqarorligi mahalliy hokimiyat organlarining munitsipal darajadagi o‘z daromadlari manbalariga va maksimal darajada byudjet majburiyatlari xarajatlarini to‘liq moliyalashtirishga zamin yaratadigan hajmda ularni safarbar qilish vakolatlariga ega bo‘lishi orqali ta’minlanadi. Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligi tushunchasi birinchiborakademik G.B.Polyak tomonidan taklif etilgan. Olimning fikriga ko‘ra, hududiy 17 byudjetlarning barqarorlik darajasi minimal byudjet xarajatlarini qoplash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar hajmi bilan belgilanadi.
Mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlash va nomarkazlashtirish asosida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror moliyalashtirish, byudjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, yangi ishjoylari yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish hisobiga soliq salohiyatini kengaytirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ularning mas’uliyatini oshirishni ta’minlash maqsadida quyidagilar mahalliy byudjetlar darajasida soliq-byudjet siyosatining ustuvor vazifalari etib belgilangan.
-Birinchi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning aniq turlarini ularga biriktirib qo‘yish orqali mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlash;
-Ikkinchi, viloyatlar, shahar va tuman byudjetlarini subventsiyada chiqarish,ularning yuqori turuvchi byudjetlar ajratmalariga bo‘lgan qaramligini bosqichma-bosqich qisqartirish, buning asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlari erkinligi va mas’uliyatini oshirish;
XULOSA Bizning fikrimizcha, mahalliy byudjetlar daromadlarini tartibga solish mexanizmlarini aniqlash va uning mohiyatini hisobga olish bo‘yicha yuqoridagi yondashuvlarning barchasi bitta umumiy afzalliklarga ega barcha mualliflar mahalliy byudjetni mahalliy hokimiyat organlariga yuklatilgan vazifalar to‘plami va ularni qondirish uchun ularning ixtiyoridagi mablag‘lar to‘plami deb hisoblashadi. O‘ylaymizki, bu takliflar O‘zbekistonda mahalliy byudjetlar daromadlarini tartibga solish mexanizmlarini shakllantirish, takomillashtirishda muhim yechim bo‘la oladi.
O‘z navbatida Mahalliy Davlat byudjetining shakllanishida mahalliy byudjetlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu rasmdan ko‘rinib turibdiki, mahalliy byudjetlarning 2017 -yildagi darmad bazasi o‘zgarish tendensiyasini ko‘rish mumkin.
Chiqarilgan xulosalarga tayangan holda davlat byudjeti mablag’laridan samarali foydalanishni takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan dolzarb muammolarni hal etish maqsadida quyidagi ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi: