Mavzuning ishlanganlik darajasi. Yoshlarimizning barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishida kitobning o’rni beqiyosdir. Shunga binoan davlatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sifatli ta’lim – tarbiya olish uchun juda ko’p islohatlarni amalga oshirmoqda. Prezidntimiz ta’kidlaganlaridek yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo’lsa, turli yot illatlarga qarshi imuniteti ham shunchalik kuchli bo’ladi. Shu bois yurtboshimiz takror-takror yoshlarni kitob o’qishga chaqirmoqda. Bunga misol qilibaytadigan bo’lsak 2019-yil 19-marta o’tkazgan yig’ilishda “Besh muhim tashabbusni” ilgri surdilar va uning to’rtinchi tashabbusi – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlini keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilganishlarni belgilab berdilar. Davlatimiz rahbari mutasaddi vazirlik va uyishmalarga “Kitib karvoni” loyhasi doirasida badiiy, ma’rifiy, ijtimoiy mavzularda kitoblar etish hamda Qoraqolpog’iston Respublikasi va barcha viloyatlarga 1 million nusxadan kam bo’lmagan miqdorda yetkazib berish bo’yicha topshiriq berdi. 2019-yil 29-aprelda tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiya”sida ham umumta’lim maktab kutubxonalarini o’quvchilar mustaqil tayyorlanadigan zamonaviy markazlarga aylantirish maqsadida ularning foydali maydonlarini kengaytirish lozimligini vazifa qilib berdilar. O`quvchilar qanchalik darajada kitoblarni ko`p o`qisa, to`g`ri, ongli, ifodali hamda tez o`qish malakalari shu darajada yaxshi rivojlanadi.
Tadqiqotning obyekti. Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma’naviy-axloqiy, adabiy-estetik tarbiya bilan chambarchas bog‘lab olib boriladi. Shunga ko‘ra o‘qish darslarining yetakchi xususiyati o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash bilan birga badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirish, milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi. O‘qish ta’limi bo‘yicha o‘quvchilarni faqat matn bilan tanishtirish yordamida dastur talablariga javob berib bo‘lmaydi. Negaki matn tag zamiridagi tarbiyaviy g‘oya uni tushunish, idrok qilish natijasidagina ochiladi. Boshqacha aytganda, har qanday asardagi sehr-joziba matn zaminidagi yashirin mazmun-mohiyatni anglab yetilganda o‘quvchi diqqatini o‘ziga jalb etishi mumkin. Bunga adabiy-nazariy tushunchalarni o‘zlashtirish, adabiy tahlil malakalarini shakllantirish orqali erishiladi. Asar tahlili jarayonida o‘qituvchi savollariga o‘quvchilarning o‘z so‘zlari bilan javob berishi ham matnda tasvirlangan voqea-hodisalar yuzasidan mantiqiy fikrlashga, qahramonlarning xatti-harakatlarini to‘g‘ri baholashga yaqindan yordam beradi.O’qishning maqsadi - matndan eng muhim ma’lumotlarni qanday olishni o’rganish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |