M avzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish
sur’atini oshirish.
Reja:
I. Kirish. II. Asosiy qism. 1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qish sur’atini oshirishning ahamiyati. 2.Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qishga tayyorlash. O’qish matnini tahlil qilish, o’qish turlari; o’qish sifati, to’g’ri va to’liq o’qitish, ifodali o’qish, o’qish texnikasi. 3. O’qish sur’atini o’stirishda foydalaniladigan usullar. III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Mavzuning dolzarbligi. Davlatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish borasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotga islohotlar ta’lim texnalogiyalardan samarali foydalana oladigan yosh avlodni tarbiyalashni talab etmoqda. Ta’lim jarayonida turli xil pedagogik texnologiyalarni qo’llash dars jarayonining samaradorligini oshiruvchi omillardan biridir. Boshlang’ich ta’lim umumta’lim maktablarning bosh bo’g’ini bo’lgani uchun shu jarayonda o’quvchining mukammal darajada rivojlanib borishiga e’tibor qaratish kerak. Bu albatta boshlang’ich ta’lim o’qituvchilarning zimmasiga tushadi. Ulardan bu borada o’ta darajada mas’ulyatli bo’lishi talab etiladi. Ular maktab ostonasiga ilk qadamni tashlagan o’quvchilarni maktab hayotiga o’rgatib, zamonaviy bilim egallashlariga yordam beradilar. O’quvchilarning o’qishga bo’lgan ijobiy munosobatlarini, o’ziga xos bo’lgan aqliy salohiyatlarini shu ilk davrdan boshlab shakillantirib boradilar. Shu nuqtai nazardan qaraganda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarni oson o‘zlashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to‘g‘ri tanlab, ulardan foydalanish muhim hisoblanadi.X
Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo’lida borayotgan mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy,ma’naviy rivojlanishlari jamiyatimiz hayotida ko’plab o’zgarishlarni amalga oshirdi.Shulardan biri uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish, yangi sifat bosqichiga olib chiqish, unda ilg’or pedagogik texnalogiyalarni joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosatiga ko’tarildi. Bunga yaqqol namuna qilib 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan. “2017-2021-yillarga mo’ljallangan harakatlar strategiyasi”ni olishimiz mumkin. 4.4 bandida keltirilgan ta’lim va fan sohasini rivojlantirish: uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash siyosatini davom ettirish kerakligi belgilangan.
Yangi ta’lim standartlari doirasidagi o’qish kompetentsiyasi umuminsoniy ta’lim harakatlarini anglatadi va uni shakllantirish vositalaridan biri AKT texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi. Rivojlangan o’qish qobiliyatiga ega talaba nimani o’qishni biladi (adabiyot olamiga yo’naltirilgan), qanday qilib o’qishni biladi (o’qiganini yetarlicha idrok etadi), badiiy texnika haqidagi g’oyalarga, uning didi va hissiyotlariga qarab o’qishni biladi. O’quvchining kompetentsiyasi, adabiyotni idrok etish madaniyati, badiiy matnning obrazli mohiyatini tushunishga asoslanadi va og’zaki obrazlar tilini egallashni, asosiy adabiy tushunchalar tizimidagi yo’nalishni o’z ichiga oladi. Barchamizga ma’lumki har qanday davlatning, jamiyatning kelajagi, istiqboli o’sib kelayotgan yosh avlodning qay tarzda bilim olishi va qanday tarbiya topishiga bog’liq. Shu nuqtai nazardan qaraganda davlatimizning oldida turgan muhim vazifalardan biri bu yosh avlodni ma’naviy – axloqiy barkamol shaxs qilib tarbiyalashdir.