Eshituv organi – faqat ichki quloqdan iborat. Tovush unga bevosita to’qimalar orqali o’tadi. So’nggi dalillarga qaraganda baliqlar turli to’lqinlarni yaxshi sezadi, ultratovushlar bilan baliq tutish ham shunga asoslangan.
Ko’ruv organlari – baliqlarning ko’ruv organi yassi shox qatlamga yaqin o’rnashgan gavharning sharsimon bo’lishi bilan farq qiladi, shu tufayli ular yaqin joydagi narsalarnigina ko’ra oladi, bu esa suv muhitida ko’rishga moslanishdir. Odatda ko’zlar 1 m gacha masofani ko’ra oladi, lekin ko’zdagi silliq muskul to’qimalarning qisqarishi tufayli gavhar orqaga tortiladi va uning ko’rish darajasi 10-12 m ga boradi. Bundan tashqari baliqlarda bir nechta ko’z uchraydi Masalan: to’rtko’z baliq juda alati, uning har qaysi ko’zi ikki qismga ustki ko’zi havoda ostki ko’zi suvda ko’radi. Nihoyatda chuqur suvlarda er osti suvlarida yashaydigan baliqlarda ko’z mutloqa bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |