Suzgich qanotlar skeleti – baliqlarning elka kamari, ham chanoq kamari umrtqa poonasi bilan birikmay balki muskullar orasida erkin turdi. Barcha suyakli baliqlarning elka kamari bir necha qoplagich suyaklar yordami bilan miya quttisiga birikkan bo’ladi.
Nerv sistemasi – baliqlarning bosh miyasi umuman kichik bo’ladi. Oldingi miyasi yuqori sinflarning miyasiga nisbatan kam takomillashgan. Oraliq miyada epifizning kam takomil etganligi bilan birga pastki bo’laklar va bezli xaltacha bo’lishi baliqlar uchun xarakterlidir. O’rta miya boshqa bo’laklarga nisbatan juda katta, chunki ovqat topishda ko’z katta rol o’ynaydi. Uning ko’ruv bo’lmalari katta bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |