Yon chiziq organlari - umuman baliqlarda yon chiziq organlari juda yaxshi taraqqiy etgan. Odatda bu organlar dum bilan tana bo’limi bo’ylab ketgan bir yoki bir necha chiziq holida bo’ladi.
Ta’m bilish organlari – baliqlarda faqat oiz bo’shliida bo’lmasdan gavdasining tashqi yuzasida ham bo’ladi. Ta’m bilish organlari epidermisning tashqi yuzasida joylashgan alohida sezuv kurtaklaridan iborat.
Hid bilish organlari – baliqlarning ovqatlanishida katta rol o’ynaydi, barcha xid bilish organlari juft xaltacha bo’lib ichki devori burmali bo’ladi hamda bitta yoki ikkita burun teshigi orqali tashqariga ochiladi. Barcha suyakli baliqlarning burun teshigi ko’zining oldida yoki boshining ikki yonida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |