I kirish: I. Bob: so‘ruvchi to‘qimalarning tuzilishi va vazifalari


O‘TKAZUVCHI TO‘QIMALAR. NAYCHALAR VA TRAXEIDLAR



Download 81,42 Kb.
bet6/15
Sana23.06.2022
Hajmi81,42 Kb.
#696776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2.1.O‘TKAZUVCHI TO‘QIMALAR. NAYCHALAR VA TRAXEIDLAR.
O‘TKAZUVCHI TO‘QIMALAR. O‘simliklarda suv va unda erigan mineral moddalarni ildizdan poya orqali yuqoriga ko‘taruvchi, fotosintez natijasida hosil bo‘lgan organik moddalarni boshqa organlarga olib borish vazifasini o‘tkazuvchi to‘qimalar bajaradi. Ularning birinchisi ko‘tariluvchi, ikkinchisi tushuvchi oqim deyiladi. Ko‘tariluvchi oqim naycha va traxeidlar orqali, tushuvchi oqim esa to‘rli naychalar va ularning yo‘ldosh hujayralari orqali amalga oshadi. Yopiq urug‘li o‘simliklarning naychalari juda ingichka kapillyarlardan iborat bo‘lib, ular hujayralarning uzun qatoridan hosil bo‘lgan. Bu hujayralarning ko‘ndalang to‘siqlari qisman va butunlay erib ketadi, naychalar devori yog‘ochlashib, hujayralar protoplasti nobud bo‘ladi va naychalar ichi suv bilan to‘la o‘lik naychaga aylanadi. Ularning uzunligi turli o‘simliklarda turlicha bo‘lib, 10 sm dan 2-3 m gacha bo‘ladi. Naychalar birlashgan joydan suv teshikchalar orqali o‘tadi. Naychalarning po‘sti qalinlashishiga qarab, naychalar qalinlashgan qismi bilan qalinlashmagan qismlari navbatlashgan halqali devorlari spiral shaklida qalinlashgan spiral, devorlari qalinlashgan to‘rga o‘xshash to‘rli, qalinlashgan joyi yupqa joy bilan navbatlashib turuvchi narvon shaklidagi narvonsimon, po‘stining sirtida nuqta yoki doirachalar shaklidagi devorigina qalinlashmagan nuqtali naychalar bo‘ladi. Teshikchalarini tuzilishiga qarab esa oddiy va hoshiyali teshikchalar bo‘ladi. Oddiy teshikchalar silindrsimon kanalchalardan iborat bo‘lib, hujayra bo‘shlig‘idan boshlanadi va po‘stning ikkilamchi qavati orqali o‘tib, birlamchi po‘stning qalinlashmagan qismiga kelib taqaladi. Hoshiyali teshikchalar kanalchasi hujayra bo‘shlig‘idan chiqishi bilan juda kengayadi va hujayra po‘stining ikkilamchi qatlamlari uning ustidan yuqori tomonida teshik bo‘lgan qubbaga o‘xshash o‘siq hosil qiladi. Qo‘shni hujayralarda ham xuddi shunday qubba hosil bo‘ladi va har qaysi hujayra teshikchalari bir-biriga ro‘baro‘ kelib turadi.
Naychalar eskirgan sari ishdan chiqa boshlaydi. Bunda ular teshikchali kanallar orqali tortilib kelayotgan bir-biriga yondosh parenxima hujayralari bilan tiqinlanadi. Parenxima hujayralarining naychalarini tiqinlovchi o‘simtalari til deb ataladi. Boshqa o‘tkazuvchi to‘qima – traxeidlar ham o‘simliklar organizmida naychalar singari o‘tkazuvchi vazifani bajaradi. Traxeidlar ham ingichka uchli va yog‘ochlashgan qalip devorli o‘lik prozenxima hujayralaridir. Ularning ko‘ndalang to‘sig‘ida juda ko‘p kanalchalar bor. Ko‘ndalangiga kesib qaralsa, ular to‘rga yoki elakka o‘xshab ko‘rinadi va shu sababli to‘rli naychalar deb yuritiladi. Yondosh ikkita hujayra plazmasi ana shu naychalar orqali birlashadi, yuqoridan pastga tushayotgaya suv ham ana shu naychalardan o‘tadi. To‘rli naychalarning uzunligi, odatda 0,3-0,5 mm dan oshmaydi, faqat lianalarda 1-2 mm gacha etadi. Bir pallalilarda to‘rli naychalar o‘simlik organining butun umri davomida faoliyat ko‘rsatadi. Ikki pallalilarda yozning oxirida nobud bo‘ladi va teshiklarn bitib qoladi. O‘tkazuvchi to‘qimalarning yuksak o‘simliklar tanasidagi elementlari, odatda, alohida guruhlarga to‘plangan, ya’ni bog‘lam shaklida bo‘ladi. Bu bog‘lamlarga naychalar, traxeidlar va yo‘ldosh hujayralari bilan birga to‘rli naychalar kiradi. Ana shunga o‘xshash bog‘lamlar faqat to‘rli naychalardan yoki faqat naycha va traxeidlardan tuzilgan bo‘lsa, oddiy bog‘lam deyiladi va ular barglarning eng ingichka tomirida uchraydi. Biroq oddiy va to‘rli naychalarga ko‘pincha parenxima hujayralari, shuningdek, lub va yog‘ochlik shaklidagi mexanik elementlar ham qo‘shiladi, natijada to‘qimalarning murakkab birikmasi – tolali-naychali bog‘lamlar hosil bo‘ladi. Tuzilish jihatdan bu bog‘lamlar lub yoki floema va yog‘ochlik yoki ksilema deb ataladigan ikkita asosiy qismga bo‘linadi. Ksilema tarkibiga naychalar va traxeidlar, shuningdek, yog‘ochlik tolalari va yog‘ochlik pareyaximalar kiradi. Suv va unda erigan mineral moddalar ksilema bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladi. Floema tarkibiga to‘rli naychalar va ularning yo‘ldosh hujayrali lub tolalari va lub parenximalari kiradi. Fotosintez natijasida hosil bo‘lgan organik moddalar floema bo‘ylab yuqoridap pastga qarab oqadi.



    1. Download 81,42 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish