I. Kirish Alisher Navoiy hayot yo’lining boshlanishi. II. Asosiy qism



Download 23,53 Kb.
Sana16.01.2020
Hajmi23,53 Kb.
#34739
Bog'liq
Alisher Navoiy va uning zamonasi

Alisher Navoiy va uning zamonasi.

Reja:


I. Kirish

1. Alisher Navoiy hayot yo’lining boshlanishi.



II. Asosiy qism.

2. ,,Xamsa” asarining yaratilishi.

3. Alisher Navoiy hayotining so’ngi yillari.

III. Xulosa.

4.


Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi,

mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri,

shoir desak shoirlarning sultonidir. (I.Karimov)
(1) Alisher Navoiy o’zbek madaniyati, adabiyoti tarixidagi ulug’ siymolardan biridir. U o’zining hayoti, iste’dodi, ijodini haqqa va xalqqa bag’ishlagan insondir. U lirik shoir, epik shoir, adabiyotshunos olim, tarjimon sifatida madaniyatimiz tarixida alohida o’rin tutadi. Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirotning Bog'i Davlatxona degan joyida tug'ildi. Otasi G'iyosiddin Muhammad (kitoblarda uni G'iyosiddin kichkina, G'iyosiddin baxshi deb ham yozadilar) Abulqosim Bobur podshohligi davrida Sabzavor shahrining hokimi bo'lgan. Onasi Hirot amirlaridan Abu Said Changning qizi bo'lib, podsho saroyida enagalik qilgan. Shuning uchun Navoiy Husayn Boyqaro bilan ko'kaldosh hisoblanadi. Navoiyning to'lq ismi Mir Nizomiddin Alisher Navoiy deb yuritiladi. Navoiy shoiriming taxallusi bo'lib, "navo" so'zidan olingan. Bu so'z zamirida "kuy", "baxt", "bahra", "sayrash" ma'nolari bor. Shoir o'z taxallusiga "bahra" so'zini asos qilib olgan. Shoirning ikkinchi taxallusi “Foniy” bo’lib, “o’tkinchi” ma'nosini beradi. Navoiy ko'prog turkiy tildagi asarlariga Navoiy, fors-tojik tilidagi asarlariga Foniy taxallusini qo’llagan bo’lsada, turkiy tildagi asarlariga Foniy, fors-tojik tillidagi asarlariga Navoiy taxallusini go'llagan o'rinlar ham bor. Alisher 3 - 4 yoshidan she'r yodlay boshlagan. She’rga mehr Alisherni ijodga undadi. U 7 - 8 yoshida she’r yozgani ma’lum. Bu she’rlar shoirning aytishicha, “turk alfozi bila”, ya’ni turkcha (o’zbekcha) bitilgan. Navoiy bolalik chog'laridayoq Hofiz, Sa’diy kabi shoirlar ijodi bilan yaqindan tanishadi. "Xamsa" dostonlarini o’qib, o’sha chog'dayoq "Xamsa" yozishni niyat qiladi.

(2) Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi „Xamsa“ asaridir. Shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq „Xamsa“ yaratdi va turkiy tilda shunday koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. Ushbu toʻplamni Nizomiy Ganjaviyning „Panj Ganj“ („Besh xazina“) asariga havas sifatida yozilganligini oʻquvchilarga anglatmoq maqsadida „Xamsa“ning kirish qismida:

Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasigʻa panja urmoq.“
deya taʼkid etadi.

„Xamsa“ tarkibiga "Hayrat ul-abror", "Farhod va Shirin", „Layli va Majnun“, „Sabʼai sayyor“, „Saddi Iskandariy“ kabi dostonlar kiradi.

"Hayratul-abror"da hamd, munojot, naʼt, hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, borliqqa, tabiatga, insonga boʻlgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, maʼrifiy, axloqiy va estetik munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtai nazaridan ayirmasiz, farqsizligini, podshohning hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo yoʻlida ulusdan oʻta olmaganini anglatish bilan oʻzining adolatli shoh haqidagi qarashlarini anglatadi.

"Farhod va Shirin"da qahramonlar sevgi sarguzashtlari orqali insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi, insonlik faqat muhabbatda emas, balki oʻsha sharafli nomning himoyasi orqali ekanini uqtiradi. Sharq tarixidagi Xusrav va Shirin voqeasini badiiy jihatdan qayta ishlab, Farhod orqali oʻzining komil inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. Navoiy dostoni orqali Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy anʼanalari yangilangan boʻlsa, undan keyin bu syujet turk mumtoz adabiyotining oʻzak muammolarini hal etishda asosiy oʻrin tuta boshladi.



„Layli va Majnun“ dostonida arab ertaklari orqali maʼlum syujet oʻzining tugal shaklini topadi, unda ishq falsafasi betakror uslubda ifoda qilinadi. Keyinroq yaratilajak Fuzuliy, Andalib, Sayqaliy dostonlari uchun maʼnaviy zamin boʻladi. „Xamsa“ tarkibidagi „Sabʼai sayyor“ va „Saddi Iskandariy“da shohlik bilan bogʻliq masalalarni birinchi oʻringa olib chiqdi. Bu dostonlar xamsanavislik anʼanasida oʻzining ijtimoiy-siyosiy xarakteri bilan ajralib turadi. 

(3) Buyuk shоir 1498-1499 yillаrdа хаtlаrini to’plаb, “Munshаоt” (Хаtlаr) tuzdi. Undа 88 tа хаt jаmlаngаn bo’lib, ulаrning аksаriyati shоirning shоh vа shahzоdаlаrgа yo’llаgаn, jаnrigа ko’rа хilmа-хil bo’lgаn mаktublаr edi. Bulаr, shubhаsiz, turkiy inshо, epistоlyar jаnr tаrаqqiyotidа muhim аhаmiyatgа egаdir. Shоirning 1500 yilning охirlаridа yozib tugаtgаn “Mаhbub ul-qulub” аsаri uning so’nggi аsаri bo’lib qоldi. “Mаhbub ul-qulub”-qаlblаrning mаhbubi, ko’ngillаrning sеvgаni dеgаni. Bu аsаr dunyoning аchchiq-chuchugini ko’rgаn, gоg’о “kоmrоnlig’” (bахtiyorlik), gоhо “nоtоvоnlig’” (bахtsizlik) tоpgаn shоir vа mutаfаkkirning 60 yillik hаyotigа yakun bo’ldi. 1500 yilning dеkаbr охirlаridа Husаyn Bоyqаrо Аstrоbоddаn hаrbiy sаfаrdаn qаytаr edi. Аn’аnаgа ko’rа, sаrоyning bаrchа e’tibоrli kishilаri shоhni kutib оlishgа yo’lgа chiqаdilаr. Ulаr оrаsidа Nаvоiy hаm bоr edi. To’sаtdаn uni аhvоli оg’irlаshib, hushidаn kеtdi. Shu аhvоldа tundа uni uyigа оlib kеlаdilаr. Ertаsigа mаshhur tаbiblаr mаslаhаtgа to’plаnib, qоn оlmоqqа qаrоr bеrаdilаr. Fоydаsi bo’lmаydi. Uch kun xushsiz yotgаn Аlishеr Nаvоiy 1501 yilning 3 yanvаridа vаfоt etаdi. Butun хаlq-shоhdаn gаdоgаchа, оlimdаn cho’pоngаchа, shоirdаn dеhqоngаchа ulug’ fаrzаndining o’limigа qаyg’u vа iztirоb bilаn mоtаm tutаdi. 
Download 23,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish