Ta'sischilik foydasi.
Hissadorlik jamiyatining tashkil topishi ta'sischilik foydasi kabi
daromad turining paydo bo'lishi bilan bog'liq. Ta'sischilik foydasi sotilgan aksiyalar summasi va
hissadorlik korxonasiga haqiqatda qo'yilgan mablag' miqdori o'rtasidagi farqdan iborat.
Dividend
. Hissadorlik korxonasida ta'sischilik foydasi bilan bir qatorda dividend kabi
daromad turi shakllanadi.
Dividend (lotincha
dividendus
- bo'lishga tegishli) - aksiya egasiga to'lanadigan daromad.
Dividend vositasida aksiya egasi qimmatli qog'ozning shu turiga qo'yilgan pul mablag'lari (kapital)
ning tegishli qismiga o'zining mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro'yobga chiqaradi. Dividend
orqali faqat hissadorlik jamiyati olgan foydaning bir qismi taqsimlanadi. Uning boshqa qismi
jamg'arishga, soliq to'lashga va shu kabilarga ketadi. Dividend miqdori olinadigan foyda va
chiqarilgan aksiya miqdoriga bog'liq va hamda odatda ssuda foizidan yuqori bo'ladi.
Odatdagi aksiyalar bo'yicha dividend miqdori hissadorlik jamiyati joriy yilda olgan foyda
miqdoriga bog'liq. Imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividend miqdori esa joriy yildagi foyda miqdoridan
qat'iy nazar qayd qilingan foiz shaklida o'rnatiladi. Jamiyat tugatilgan taqdirda imtiyozli aksiya
egasiga aksiya qo'yilgan mablag' uning nominal qiymati bo'yicha qaytariladi.
Hozirgi kunda bizning respublikamizda korxonalarni aksionerlashtirishning ikkita yo'nalishi
tarkib topdi: birinchi yo'nalishda o'zining huquqiy statusini o'zgartirmaydigan davlat mulki bo'lib
qoladigan korxonalar, ikkinchi yo'nalishda o'zining huquqiy statusini o'zgartirib to'liq hissadorlik
jamiyatiga aylangan korxonalar aksiya chiqaradi.
Respublikada hissadorlik jamiyatlarni rivojlantirishning asosiy yo'nalishi davlat
mulkchiligidagi yirik va o'rta korxonalarni keng ko'lamda hissadorlikka o'tkazish, ular negizida
ochiq hissadorlik jamiyatlarini tuzish xisoblanadi. Shu bilan birga ilgari tuzilgan yopiq turdaga
xissadorlik jamiyatlari ochiq turdagi jamiyatlar qilib qayta tuzilishi ko'zda tutilgan. Buning ma'nosi
shuki, hissadorlikka o'tish jarayoni respublika aholisining keng qatlamlari uchun, shuningdek,
horijiy jismoniy va huquqiy shaxslar uchun ochiq bo'lishi lozim. Bunga qimmatli qog'ozlarning
ochiq savdosini o'tkazib turish, fond birjasining faoliyatini kengaytirish, investitsiya kompaniyalari,
investitsiya fondlari, kliring va agentlik tarmoqlarini tashkil qilish orqali qimmatli qog'ozlar bozori
infratuzilmasini vujudga keltirish orqali erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |