I iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish uslubi



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/372
Sana08.01.2022
Hajmi2,55 Mb.
#333457
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   372
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

 
Ta'sischilik  foydasi. 
Hissadorlik  jamiyatining  tashkil  topishi  ta'sischilik  foydasi  kabi 
daromad  turining  paydo  bo'lishi  bilan  bog'liq.  Ta'sischilik  foydasi  sotilgan  aksiyalar  summasi  va 
hissadorlik korxonasiga haqiqatda qo'yilgan mablag' miqdori o'rtasidagi farqdan iborat. 
 
Dividend
.  Hissadorlik  korxonasida  ta'sischilik  foydasi  bilan  bir  qatorda  dividend  kabi 
daromad turi shakllanadi. 
 
Dividend (lotincha 
dividendus
  - bo'lishga tegishli)  - aksiya egasiga to'lanadigan  daromad. 
Dividend vositasida aksiya egasi qimmatli qog'ozning shu turiga qo'yilgan pul mablag'lari (kapital) 
ning tegishli qismiga o'zining mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro'yobga chiqaradi. Dividend 
orqali  faqat  hissadorlik  jamiyati  olgan  foydaning  bir  qismi  taqsimlanadi.  Uning  boshqa  qismi 
jamg'arishga,  soliq  to'lashga  va  shu  kabilarga  ketadi.  Dividend  miqdori  olinadigan  foyda  va 
chiqarilgan aksiya miqdoriga bog'liq va hamda odatda ssuda foizidan yuqori bo'ladi. 
 
Odatdagi  aksiyalar  bo'yicha  dividend  miqdori  hissadorlik  jamiyati  joriy  yilda  olgan  foyda 
miqdoriga bog'liq. Imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividend miqdori esa joriy yildagi foyda miqdoridan 
qat'iy  nazar  qayd  qilingan  foiz  shaklida  o'rnatiladi.  Jamiyat  tugatilgan  taqdirda  imtiyozli  aksiya 
egasiga aksiya qo'yilgan mablag' uning nominal qiymati bo'yicha qaytariladi. 
 
Hozirgi kunda bizning respublikamizda korxonalarni aksionerlashtirishning ikkita yo'nalishi 
tarkib  topdi:  birinchi  yo'nalishda  o'zining  huquqiy  statusini  o'zgartirmaydigan  davlat  mulki  bo'lib 
qoladigan  korxonalar,  ikkinchi  yo'nalishda  o'zining  huquqiy  statusini  o'zgartirib  to'liq  hissadorlik 
jamiyatiga aylangan korxonalar aksiya chiqaradi. 
 
Respublikada  hissadorlik  jamiyatlarni  rivojlantirishning  asosiy  yo'nalishi  davlat 
mulkchiligidagi  yirik  va  o'rta  korxonalarni  keng  ko'lamda  hissadorlikka  o'tkazish,  ular  negizida 
ochiq  hissadorlik  jamiyatlarini  tuzish  xisoblanadi.  Shu  bilan  birga  ilgari  tuzilgan  yopiq  turdaga 
xissadorlik jamiyatlari ochiq turdagi jamiyatlar qilib qayta tuzilishi ko'zda tutilgan. Buning ma'nosi 
shuki,  hissadorlikka  o'tish  jarayoni  respublika  aholisining  keng  qatlamlari  uchun,  shuningdek, 
horijiy  jismoniy  va  huquqiy  shaxslar  uchun  ochiq  bo'lishi  lozim.  Bunga  qimmatli  qog'ozlarning 
ochiq savdosini o'tkazib turish, fond birjasining faoliyatini kengaytirish, investitsiya kompaniyalari, 
investitsiya fondlari, kliring va agentlik tarmoqlarini tashkil qilish orqali qimmatli qog'ozlar bozori 
infratuzilmasini vujudga keltirish orqali erishiladi. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish