I iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish uslubi


-§. iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/372
Sana08.01.2022
Hajmi2,55 Mb.
#333457
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   372
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

2-§. iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti 
 
 
Iqtisodiyot  nazariyasi  fani  ijtimoiy  fan  bo'lib,  falsafa,  sotsiologiya,  psixologiya,  xuquq, 


siyosatshunoslik,  tarix  kabi  ijtimoiy  fanlar  bilan  ham  chambarchas  bog'liqdir,  ulardan  uslubiy  va 
ilmiy ozuqa oladi va ularga ham manba bo'lib xizmat qiladi. Lekin ularning hyech biri iqtisodiyot 
nazariyasi fanining o'rnini bosolmaydi, bu fanning o'z vazifasi va predmeti bor. 
 
Iqtisodiyot  nazariyasi  fanining  predmetini  aniqlashni  turli  nazariy  qarashlarni  o'rganib, 
sintez qilishdan boshlasak ma'qul bo'lar deb hisoblaymiz. 
 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nima? Bu fan asosan nimani tadqiq qilib, odamlarga 
nimani o'rgatadi? — degan savolning yechimi juda murakkab bo'lib, bu haqda o'tmishda xam, hozir 
ham turli olimlar har xil fikrlar bildirib kelmoqdalar. 
 
Masalan, Aristotel bu fanni uy xo'jaligini boshqarish qonunlari to'g'risidagi fan deb qaragan 
bo'lsa,  merkantelistlar,  fiziokratlar  va  ingliz  klassik  iqtisodiy  maktabi  vakillari  unga  boylik 
to'g'risidaga,  uning  manbalari  va  ko'paytirish  yo'llari,  boylikni  ishlab  chiqarish,  taqsimlash, 
ayirboshlash  va  iste'mol  qilish  to'g'risidaga  fan  deb  qaradilar.  Keyingi  paytda  mazkur  fanni  xalq 
xo'jaligi,  ijtimoiy  xo'jalik  to'g'risidaga  fan  deb  ham  hisoblamoqdalar.  Ayrimlar  iqtisodiyot 
nazariyasi fanini moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqarish qonunlari 
to'g'risidagi  fan  deb  ko'rsatadilar.  A.  Marshal  esa  iqtisodiyot  nazariyasi  (siyosiy  iqtisod)  fanining 
predmeti insoniyat, jamiyatning normal hayotiy faoliyagani tadqiq qilishdan iborat deb yozadi. 
 
Iqtisodiyot nazariyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan davrda qator darsliklarda va 
ayrim  asarlarda  uning  predmeti  moddiy  ne'matlarni  ishlab  chiqarish  jarayonida  kishilar  o'rtasida 
sodir bo'ladigan munosabatlarni o'rganishdan iborat deb ko'rsatilgan edi. 
 
AQShdan,  boshqa  ba'zi  bir  mamlakatlardan  kirib  kelgan  «Ekonomiks»  darsliklarida 
(iqtisodiyot nazariyasi  «Ekonomiks» deb  yuritilgan darsliklarda) bu fanning predmeti kishilarning 
moddiy  talablarini  to'laroq  qondirish  maqsadida  cheklangan  resurslardan  samarali  foydalanish 
muammolarini taxlil qilish, kishilarning iqtisodiy hulq-atvorini o'rganishdan iborat deb qo'rsatilgan. 
 
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o'tilayotgan davrda Rossiya Federatsiyasining turli shaharlarida 
chiqarilayotgan  iqtisodiyot  nazariyasi  darsliklarida  bu  fanning  predmeti  bo'yicha  bir-biriga  yaqin 
bo'lgan ta'riflar berilmoqda. 
 
Masalan,  iqtisod  fanlari  doktorlari,  professorlar  L.S.  Tarasevich  va  A.I.  Dobrininlar 
boshchiligida  chiqarilgan  «iqtisodiyot  nazariyasi»  darsligida  bu  fan  «Ratsional  xo'jalik  yuritish 
tizimining tarkibiy evolutsiyasini, haqiqiy boylikni  va jamiyatning ayrim a'zolari va guruxlarining 
farovonligi, iqtisodiy o'sishning omillari va qonuniyatlarini o'rganadi», deb ko'rsatilgan. 
 
Akademiklar  G.P.  Juravleva  va  V.I.  Vidyapinlar  boshchiligida  chiqarilgan  «Umumiy 
iqtisodiyot  nazariyasi»  nomln  darsliqsa  professor  A.I.  Dobrininning  fikriga  asoslangan  holda: 
«Umumiy  iqtisodiyot  nazariyasi  ijtimoiy  fan  bo'lib,    cheklangan  resurslar  sharoitida  ehtiyojlarni 
qondirshi  maqsadida  moddiy  ne'matlarni  ishlab  chiqarish,  ayirboshlash,  taqsimlash  va  iste'mol 
qilish jarayonlarida kishilar va guruxlarning xulq-atvorini o'rganadi», deyilgan. 
 
Prof.VD.  Kamayev  boshchiligidagi  mualliflar  tomonidan  yozilgan  «iqtisodiyot  nazariyasi 
asoslari  bo'yicha  darslik»  degan  kitobda  iqtisodiyot  fanining  predmeti  -    cheklangan  resurslar 
dunyosida  ne'matlarni  ishlab  chiqarishdagi  kishilarning  xulq-atvori  va  uni  boshqarishni 
o'rganishdan iborat deb ta'kidlanadi. 
 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to'g'risida bildirilgan bu barcha fikrlardan ko'rinib 
turibdiki,  siyosiy  iqtisodga  doir  darslik  va  boshqa  kitoblarda  ishlab  chiqarish  jarayonida  kipshlar 
o'rtasida  sodir  bo'ladigan  munosabatlarni  o'rganishga  aloxdda  e'tibor  berilgan  bo'lsa, 
«Ekonomiks»da  va  Rossiyada  bozor  iqtisodiyotiga  doir  chiqarilgan  darsliklarning  ko'pchiligida 
asosan kishilarning resurslarga, moddiy ashyo va buyumlarga bo'lgan munosabatini, xatti-harakatini 
o'rganishga, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanishlariga aloxida e'bor berilgan. 
 
Bizning  fikrimizcha,  iqtisodiyot  nazariyasi  fani  masalaning  u  tomonini  ham,  bu  tomonini 
ham chetda qoldirmasligi, masalaga bir tomonlama yondoshuvga yo'l qo'ymasligi lozim. Chunki har 
qanday mehnat, har qanday ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, eng avvalo, tabiat ashyolari, moddiy 
vositalar, pul mablag'lari orqali amalga oshiriladi va ulardan foydalaniladi. Shuning uchun mavjud 
resurslarga,  ishlab  chiqarilgan  tovar  va  xizmatlarga,  ulardan  unumli  foydalanishga  bo'lgan 
munosabat, ishlab chiqarish omillarining o'zaro bog'liqligi va bir-biriga ta'sirida o'rganilishi lozim. 
Boshqa  tarafdan,  hyech  qanday  mehnat  yoki  ishlab  chiqarish  alohida  olingan  kishi  yoki  guruh 
tomonidan, boshqalar bilan aloqalarsiz, munosabatlarsiz amalga oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish 
va  xizmat  ko'rsatish  jarayonida  bir-birlari  bilan  albatta  o'zaro  munosabatda  bo'ladilar  va  shu 
munosabatga  qarab  harakat  qiladilar,  o'z  xulq-atvorlarini,  xatti-harakatlarini  belgilaydilar.  Demak, 


iqtisodiyot  nazariyasi  fani  shu  munosabatlarning  ikki  tomonini  qamrab  olgan  bo'lishi,  ularni 
o'rganishi  lozim.  Bundan  tashqari  mazkur  munosabatlar,  xatti-harakatlar  ishlab  chiqarish 
jarayonining  o'zidagina  emas,  balki  takror  ishlab chiqarishning  barcha  fazalarida ishlab  chiqarish, 
pul  orqali  ayirboshlash  (sotib  olish,  sotish),  taqsimlash  va  foydalanish,  ya'ni  iste'mol  qilish 
jarayonlarida  ham  sodir  bo'ladi.  Iqtisodiyot  nazariyasi  fanining  predmetini  aniqlashda  shu  narsani 
esdan  chiqarmaslik  kerakki,  iqtisodiyotning  ko'pgina  tomonlari  aniq  iqtisodiy  fanlar  tomonidan, 
ya'ni sanoat iqtisodiyoti, savdo iqtisodiyoti, agroiqtisodiyot va agrobiznes, iqtisodiy axborot, mikro 
iqtisodiyot, makroiqtisodiyot, menejment kabi fanlar tomonidan o'rganiladi. 
 
Iqtisodiyotning ayrim tomonlari esa moliya, soliq va soliqqa tortish, kredit, pul muomalasi, 
bank  ishi,  bojxona  ishi,  statistika,  ekonomegrika,  tashqi  iqtisodiy  aloqalar,  buxgalgeriya  hisobi, 
xo'jalik faoliyati taxlili kabi fanlarda o'rganiladi. 
 
Iqtisodiyot nazariyasi bu fanlar bilan chambarchas bog'liq holda amal qiladi, ulardan ayrim 
aniq tomonlarni oladi, o'rganadi. Lekin iqtisodiyot nazariyasi fani aniq iqtisodiy fanlarning nazariy 
asosi,  ya'ni  poydevori  hisoblanadi,  ularga  uslubiy,  nazariy  yo'nalish  beradi.  Ularning  hammasi 
uchun  umumiy  bo'lgan  ilmiy  tushunchalarni,  qonun-qoidalarni,  iqtisodiyotning  turli  tarmoqlari, 
sohalari, tomonlari o'rtasidagi aloqadorlikni va o'zaro ta'sirni o'rganadi va aniqlab beradi. 
 
Mana  shularni  hisobga  olib, 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish