I iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish uslubi


iqtisodiyot  nazariyasi  fanining  predmeti  —  iqtisodiy



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/372
Sana08.01.2022
Hajmi2,55 Mb.
#333457
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   372
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

iqtisodiyot  nazariyasi  fanining  predmeti  —  iqtisodiy 
resurslar  cheklangap  sharoitda  jamiyatning  cheksiz  ehtiyojlarini  qondirish  maqsadida 
moddiy  ne'matlarpi  (va  xizmatlarni)  ishlab  chiqarish,  taqsimlash,  ayirboshlash  va  iste'mol 
qilish  jaraspida  vujudga  keladigan  iqtisodiy  munosabatlarni,  ijtimoiy  xo'jalikni  samarali 
yuritish qonun — qoidalarini o'rganishdan iborat, deb aytish mumkin.
 
 
Iqtisodiyot  nazariyasi  fani  iqtisodiy  munosabatlarning  turli  shart-sharoitlarda,  zamon  va 
makonda shaklan va mazmunan o'zgaruvchanligini, ularni ifoda etuvchi ilmiy tushunchalar, qonun-
qoidalarning  ham  o'zgarib  turishini,  ularning  doimo  harakatda,  rivojlanishda  bo'lishini  o'rganadi. 
Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi turli iqtisodiy voqyea hodisalar va jarayonlarning mazmuni 
hamda mohiyatini o'rganibgina qolmay, ularning o'zaro aloqadorligini, bir-biriga ta'sirini ham taxlil 
qiladi. 
 
Iqtisodiyot  nazariyasi  o'rganishi  lozim  bo'lgan  muhim  yo'nalishlardan  biri  cheklangan 
iqtisodiy resurslardan unumli foydalanish, ijtimoiy xo'jalikni samarali yuritish va boshqarish, milliy 
iqtisodiyotni  barqaror  rivojlantirishning  omillari,  qonuniyatlari  va  yo'llarini  o'rganish  va  ko'rsatib 
berishdan  iboratdir.  Bu  esa  fanning  predmeti,  uning  maqsadi  va  vazifalarida  yanada  oydinroq 
ko'rinadi. 
 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya'ni ham amaliy va 
ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. 
 
Amaliy  iqtisodiyotning  asosiy  maqsadi  iqtisodiy  o'sishni  ta'minlash  va  shu  asosda  o'sib 
boruvchi  ehtiyojlarni  qondira  borishdan  iborat.  Uning  vazifasi  shu  maqsaddan  kelib  chiqib, 
cheklangan turli xil resurslardai samarali foydalanib, uning har bir birligi evaziga ko'proq tovarlar 
ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishni ta'minlash, har bir faoliyat turi bo'yicha xarajatlar miqdori 
bilan  erishilgan  samara,  ya'ni  tovar  va  xizmatlar  miqdorini  taqqoslash,  resurslardan  unumliroq 
foydalanish  yo'llarini topishdan iboratdir. Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi  aholini ish bilan 
ta'minlash,  pulning  qadrsizlanishi  oldini  olish,  aholini  ijtimoiy  ijtimoiy  himoya  qilish  yo'llarini 
ko'rsatib  berish  lozim.  Iqtisodiyot  nazariyasi  fani  makroiqtisodiyot  darajasida  tahlil  qilib,  uning 
sohalari,  ko'rsatkichlari,  omillari  o'rtasidagi  bog'lanishlarni,  iqtisodiy  o'sish  yo'llarini  aniqlab 
ko'rsatadi va davlatning ichki va tashqi iqtisodiy siyosatida ilmiy asos bo'lib xizmat qiladi. 
 
Iqtisodiyotning  nazariy  maqsadi  esa,  eng  avvalo,  ilmiy  bilishdan  iboratdir.  Shundan  kelib 
chiqadiki,  iqtisodiy  jarayonlar  va  hodisalarni  kuzatish,  ulardagi  shakl  va  mazmun  o'zgarishlarini, 
ichki  bog'lanish  va  aloqalarni,  ziddiyatlarni,  qonun-qoidalarni,  tushunchalarni  bilib,  birinchi 
navbatda, talabalarga, iqtisodchi mutaxassislarga va iqtisodiyot bilan qiziquvchi boshqa xodimlarga 
o'rgatishdan iboratdir. 
 
Iqtisodiyot  nazariyasining  biz  qayd  qilgan  amaliy  va  nazariy  tomonlari  bir  biri  bilan 
chambarchas  bog'liqdir.  Amaliy  iqtisodiyot  nazariy  bilimga  ega  bo'lishni,  u  bilan  qurollanish 
zaruriyatini  taqozo  etadi.  Nazariy  bilim  esa  oldindan  ko'ra  bilish  va  amaliy  harakat  yo'lini  to'g'ri 
belgilash imkonini beradi.  
 
Umuman olganda, iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlar, voqyea va hodisalar sirini 
bilishda ilmiy qo'llanmadir. 


 
Iqtisodiyot nazariyasi fani «Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning 
dunyoqarashini  o'zgartirish...»    vazifasini  ham  bajaradiki,  bu  iqtisodiyotni  isloh  qilish  sohasidagi 
strategik  maqsadlardan  biri  hisoblanadi.  Bu  maqsadga  erishish  uchun  Iqtisodiyot  nazariyasi  fani 
Prezidentimiz I.A.Karimovning so'zlagan nutq va ma'ruzalarida, asarlarida ko'rsatib berilgan bozor 
iqtisodiyotiga o'tish davri prinsiplarini, o'tishning o'ziga xos yo'lini, o'zining iqtisodiy qonunlarini, 
yo'l-yo'riqlarini,  Oliy  Majlis,  Vazirlar  Mahkamasi  qabul  qilgan  qarorlar  asosida  mamlakatimiz 
oldida  turgan  iqtisodiy  muammolar  va  vazifalarinng  chuqur  tahlilini,  uni  yechish  yo'llarini 
yoritmog'i  o'tish  davri  iqtisodiyotining  xususiyatlari,  ko'p  ukladli  iqtisodning,  turli  shakldagi 
mulkchilikning vujudga kelish yo'llari, usullarini ko'rsatib bermog'i lozim. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish