I iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish uslubi


Iqtisodiy  resurslar  deganda  jamiyat,  mamlakat,  ayrim  korxona  va  firma,  oila



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/372
Sana08.01.2022
Hajmi2,55 Mb.
#333457
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   372
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

Iqtisodiy  resurslar  deganda  jamiyat,  mamlakat,  ayrim  korxona  va  firma,  oila 
ixtiyorida  to'plangan  va  ayni  vaqtda  mavjud  bo'lgan  va  tovar  ishlab  chiqarish,  xizmat 
ko'rsatish,  ularni  iste'molchiga  yetkazib  berishda  va  iste'mol  jarayonlarida  foydalanish 
mumkin bo'lgan imkoniyatlar, qo'r-qutlar va manbalar tushuniladi. 
Tabiiy resurslar (yer, suv, 


o'rmon, yer osti boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, stanoklar, mashinalar, 
asbob-uskunalar,  inshootlar,  qurilmalar,  sotishga  tayyor  tovarlar,  ularning  qo'r-qutlari,  pul 
mablag'lari  va  boshqalari)  ana  shular  jumlasidandir.  Iqtisodiy  resurslarning  ishlab  chiqarish 
omillaridan  farqi  shundaki,  bunda  ularga  ishlab  chiqarishda  qatnashadigan  ishchi  kuchi,  tabiiy 
resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar va pul  resurslari 
kiradi.  Iqtisodiy  resurslar  cheklanganligi  tufayli  hamma  odamlar  xoxlagan  iste'mol  buyumlarini, 
transport  vositalarini  va  boshqa  narsalarni  darhol  sotib  ololmaydi  va  xohlagancha  iste'mol  qila 
olmaydi. Har bir kishi, hatto eng ko'zga ko'ringan davlat arbobi, sahna yoki sport yulduzi ham bu 
muammoga duch keladi. Resurslar cheklanganligi faqatgina iste'molni emas, shu bilan birga ishlab 
chiqarish va xizmat ko'rsatishni ham cheklab qo'yadi. Buning natijasida har bir korxona, mamlakat 
o'z  imkoniyatlarini  xisobga  olib,  tovarlar  ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko'rsatishning  hamma  turini 
birdaniga  emas,  uning  shu  davr  uchun  eng  kerakli  bo'lgan  sohalarini  tanlab  kengaytirish  va 
rivojlantirishga e'tibor beradi, resurslarni birinchi navbatda ularga jalb qiladi. Masalan, O'zbekiston 
endi mustaqillikka erishilgan dastlabki paytda respublikamiziing energiya mustaqilligini ta'minlash 
uchun  neft'  qazib  olish  va  gaz  kondensati  ishlab  chiqarishga  nisbatan  qo'proq  mablag'  ajratishga 
majbur bo'ldi. 
 
Ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida Davlat mavjud pul va valuta zahiralarini chetdan 
iste'mol  buyumlarini  sotib  olib  kelishga  emas,  ularni  cheklab,  investitsiya  tovarlarini,  ya'ni  yangi 
texnika va texnologiyalarni sotib olib kelishga qaratadi. Bunday ayrim sohalarga e'tibor va mablag' 
sarflash  kuchaytirilgan  sharoitda  boshqa  sohalarga  ajratiladigan  mablag'larni  obyektiv  ravishda 
nisbatan kamaytirishga to'g'ri keladi. 
 
Shunday  qilib,  resurslarning  cheklanganligi  extiyojni  qondiriishing  muxim  yo'li  bo'lgan 
ishlab chiqarish imkoniyatlarini xam cheklab qo'yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo'lib 
turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini,  uning  chegaralarini  kengaytirish  imkonini  beradi.  Yangi  texnikalar  va 
texnologiyalar,  bir  tomondan,  mehnat  unumdorligini,  ekinlar  hosildorligini  oshirishi,  energiya, 
yonilsh,  mexnat  va  boshqa  moddiy  resurslarni  tejash  imkonini  bersa,  ikkinchi  tomondan,  yangi 
material,  xom  ashyo,  energiya  va  boshqa  resurslar  manbalarini topib,  hayotga  jalb  etish  imkonini 
beradi:  jumladan,  yerning  chuqur  qatlamlaridagi  boyliklarni  topish  va  ishga  tushirish,  jahon 
okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslaridan foydalanish, quyosh energiyasidan foydalanish 
va h. k Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va extiyojlarni qondirish darajasi o'rtasidagi doimiy va 
mustax,kam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin: 
 
 
2-chizma bayoni 
 
 
Cheklangan  iqtisodiy  resurslardan  unumli  foydalanib,  ishlab  chiqarish  imkoniyatlarini  va 
binobarin  ehtiyojlarni  qondirishning  darajasini  oshirish  zarurligi  iqtisodiyot  oldiga  quyidagi 
muammolarni qo'yadi. 
 
1.  Ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko'rsatishning  optimal  variantlarini  (eng  zarur  va  tejamli 
turlarini) tanlab olish va resurslarni ko'proq ishlab chiqarishga jalb qilish
 
2. Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab — tergab, samarali foydalanish
 
3. Fan — texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, material, 
xom-ashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligining 
oshishiga erishish; 
 
Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo'lishni 
taqozo qiladi. 
 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish