I ham dam ov, Z. Bobom uradov, E. Hamdamova


  Orolni  saqlab  qolish  mumkin  bo‘lgan  chora-tadbirlar



Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/120
Sana31.12.2021
Hajmi6,12 Mb.
#275719
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   120
Bog'liq
Ekologiya lot.

3.  Orolni  saqlab  qolish  mumkin  bo‘lgan  chora-tadbirlar
1.  Ochiq  kanallami  betonlashtirish,  suvni  me’yorida  taqsimlash,  yangi 
(tomchilatib,  yomg‘irlatib)  sug‘orish  usullarini  joriy  qilish  sel  suvlaridan 
oqilona  foydalanish.  Bu  tadbirlar  Orol  suvini  ko‘paytirish  bilan  birga, 
uning  havzasidagi tabiiy,  ijtimoiy — iqtisodiy jarayonlami  yaxshilaydi.
2.  Orohiing  asosiy  manbayi  hisoblangan  Amudaryo  va  Sirdaryo 
havzalarini  qattiq  nazorat  qihb  iloji  boricha  ikki  daryo  suvini  ko‘paytirib 
Orolga  tashlash  lozim.  Amudaryo  havzasidagi  Sarez  ko‘li  suvininig  bir


qismini  Rangún,  Norak,  Janubiy  Surxon,  Tolimaijon,  Qo‘yimozor,  Zand, 
Tuyamo‘yin,  Dautko‘l  suv  omborlarini,  Vaxsh,  Qarshi,  Amu-Buxoro 
kanallar  suvining  ma’lum  qismini  Amudaryoga  qaytarish  kerak.  Hozirgi 
vaqtda  birgina  Qoraqum  kanali  orqali  Amudaryodan  har  yili  12  km3  suv 
olinmoqda.  Mutaxassislar  fikriga  ko'ra  shuning  7  km3  gacha  hajmi 
bug'lanib  va qumga singib  yo‘q bo‘lmoqda.
Kanalning  enini  qisqartirilib  betonlashtirilsa  5—6  km3  suvni  iqtisod 
qilib  Amudaryoga  qaytarish  mumkin.
Sirdaryo  havzasidagi  T o‘xtagul,  Andijon,  Qayraqum,  Chorvoq,  Chor- 
dara  suv  omborlari,  ba’zi  kanallar  suvining  bir  qismi  va  Haydarko‘l  suvi­
ning  hammasini tozalab  Sirdaryoga yuborish lozim.
3.  Yana  bir  kechiktirib  bo'lmaydigan  muhim  masalalardan  biri 
sug'orishni  jadallashtirish  maqsadida  Amudaryo  va  Sirdaryo  havzalarida 
tashkil  etilgan  suv  omborlarining  holatidir.  Bu  suv  omborlariga  Amudaryo 
va  Sirdaryodan  ko‘p  suvlar  olinib  daryolar  suvining  keskin  qisqarishiga  sa- 
bab  bo'lmoqda.  Lekin  suv  omborlari  suvining  ko‘p  qismi  bug'lanib  ket- 
moqda,  yildan-yilga  loyqalar hisobiga ulaming  sathi  ham  qisqarib  bormoq- 
da.  Eng  achinarli  tom oni  shundaki,  deyarli  barcha  suv  omborlari  atayin 
tashkil  etilgandek jo ‘g‘rofiy  o‘miga  ko'ra  aholi  zich  yashaydigan  shaharlar 
va  qishloqlar  yuqorisida  (ustida)  qurilgan.  M a’lumki  bu  hududlar  yangi 
tektonik  harakatlar zonasiga  kiradi.  Shunday holatda  bu joylarda  kuchli  yer 
qimirlash  boim aydi  deb  kim  kafolat  bera  oladi?  Shulami  hisobga  olib 
ko'pgina suv omborlarining bahridan o‘tish kerak.
4.  Surxondaryo,  Qashqadaryo,  Buxoro,  Navoiy,  Choijo‘y  vohalarida 
vujudga  kelayotgan  barcha  qaytarma,  oqova  va  zovur  suvlarini  yig'uvchi 
maxsus  kollektorlar  qazib,  suvni  Orolga  oqizishni  zudlik  bilan  amalga 
osliirish kerak.
Sariqamish  ko‘liga  qo'yiladigan  Laremok  va  Ozemiy  kollektorlarini 
ham  Orolga  yo'llash  kerak.  Bu  tadbirlar  Sirdaryo  havzasi  va  boshqa  voha- 
larga  ham  taalluqlidir.  Albatta,  yuqorida  aytilgan  chora-tadbirlami  amalga 
oshirish  uchun  katta  kuch  va  mablag*  talab  etiladi.  Buning  uchun  Mar- 
kaziy  Osiyo  mamlakatlari  ajratadigan  mablag‘lami  ko‘paytirish,  xayrixoh 
jahon jamoatchiligidan  oqilona  foydalanish,  Orol  hayriyasiga  tushgan  pul- 
lar shu maqsadlarda  ishlatilishi  m a’qul bo‘ladi.
Keltirilgan  tadbirlar to ‘la  amalga'oshirilsa,  yaqin  orada  Orolga  yog’in- 
sochin  va  yer  ostidan  sizib  tushadigan  suvlar  bilan  birga  yiliga  taxminan 
30—35  km3  suv  qo‘shish  mumkin.  Bu  esa  Orolning  hozixgi  holatini  saqláb 
qolishga  imkon  beradi.  Uning  qimmatga  tushmaydigan  yana  bir  chorasi 
hammasi  bo‘lib  yiliga  10—12  km3  suv  olib  kelinadigan  yopiq  suv  quvur- 
larini  yotqizishdir.  Bu  xayrli  ishni  Irtish  daryosidan  taxminan  Tobolsk 
shahri  atrofidan  boshlanib  To‘rg‘ay  darvozasi  orqali  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
Orolga  olib  boriladi.  Buning  afzalliklari  shundaki,  suv  bug'lanmaydi  va 
boshqa  xil  isrofgarchilikka  yo‘l  qo‘yilmaydi,  ekologik  o ‘zgarishlaiga  ta’sir 
ko‘rsatmaydi.  Orol  dengizi  suvi  ko‘payishi  bilan  biiga  u  chuqurlasha 
borishi,  tez  orada  amalga  oshishi  mumkin  va  hokazo.  Bu  loyiliani


Markaziy Osiyo  davlatlari  Rossiya  bilan  kelishgan  holda  amalga oshirishlari 
mumkin,  chunki,  Orolning  mudhish  holati  Rossiyaga  ham  o‘z  ta’sirini 
ko'rsatishi  hech  kimga  sir emas.
NAZORAT SAVOLLARI
1.  Orol  dengizining  qurish  sabablari  va  uning  hozirgi  holatini  tushun- 
tiring.
2.  Orol dengizi  qurishining salbiy oqibatlari  nimadan  iborat?
3.  Orol  dengizini  saqlab  qolish  to ‘g‘risida  qabul  qilingan  qanday  huj- 
jatlarni bilasiz?
4.  Orolni  saqlash  maqsadida  qanday  chora-tadbirlami  amalga  oshirish 
lozim!



Download 6,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish