I ham dam ov, Z. Bobom uradov, E. Hamdamova


XII  BO‘LIM  OROL  DENGIZI  MUAMMOLARI



Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/120
Sana31.12.2021
Hajmi6,12 Mb.
#275719
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   120
Bog'liq
Ekologiya lot.

XII  BO‘LIM 
OROL  DENGIZI  MUAMMOLARI
1.  Orol  dengizi  muammosining tarixi.
Orolning  qurish  sabablari  va  uning  hozirgi  holati
Orol  dengizi  Markaziy  Osiyoning  yopiq  suv  havzalaridan  biridir. 
Uning  chor  atrofi  bepoyon  c h o i  zonasi  bilan  o ‘ralgan.  Orol  dengizini  suv 
bilan  toidirib  turadigan  manba  bu  Amudaryo  va  Sirdaryolardir.  Bu  daryo- 
lar  har  yili  Orol  dengiziga  56  km3  suv  quyadilar.  Mahalliy  yoginlar  hi- 
sobida  esa  5  km3  suv  Orol  dengiziga  qo‘shilib  turadi.  Bu  ikki  daryo  (qa- 
dimda  Oqsuv  va  Yaksart  deb  atalgan)  Tyanshan  va  Pomir  togiaridan 
boshlanib  oqib  Orol  dengiziga  quyiladilar.  Tog‘dan  boshlangan joylarida  bu 
daryolarda  100  km3  dan  ortiq  suv  bo‘lib,  Orol  dengiziga  quyilganga  qadar 
2500  km  masofani  c h o i  zonasi  bo'ylab  o‘tganda  suvning  yarmidan 
ko‘prog‘i  bugianib  va  boshqa  sabablar  natijasida  Orolga  yetib  bormaydi. 
Bu  ikki  buyuk  daryolaming  suvlari  2000  yildan  ham  ko'proq  vaqtdan 
buyon  Markaziy  Osiyo  xalqlarining  chuchuk  suvga  va  qishloq  xo'jaligiga 
boigan  talabini  qondirib  kelmoqda,  bu  mintaqaning  muhitiga  ko'rsatgan 
ta’siri  sezilarli  darajada  emas  edi.  Biroq  XX  asrning  ikkinchi  yarmidan 
boshlab  bu  mintaqada  vaziyat  keskin  o‘zgara  boshladi.  Bu  o'zgarish  sobiq 
Ittifoq  hukumatining  yangi  yerlami  o'zlashtirish  asosida paxta  yetishtirishni 
keskin  ko'paytirishga  qaratilgan  qaroridan  keyin  boshlangan  edi.  1938-yilga 
kelib  sobiq  Sovet  Ittifoqi  paxta  bilan  birgina  o‘z  ehtiyojlarinigina  qondirib 
qolmay,  balki  chetga  paxtani  eksport  qilish  imkoniyatiga  ega  boidi,  biroq 
Ittifoq  iqtisodiyoti  paxta  yetishtirishni 
yanada 
ko'paytirish, 
yangi 
sug‘oriladigan  yerlarni  ochish  hamda  irrigatsiya  sistemasini  kuchaytirishni 
talab  qilar edi.
Yana  yigirma  yildan  so‘ng,  ya’ni  1960-yilda  sug'oriladigan  yerlar  soni
4,5  mln  gektarga  yetdi,  keyingi  25  yilda  yana  qo‘shimcha  2,6  mln  gektar 
yerga  suv  chiqarildi  va  suvni  ishlatish  bir  yilda  105  km3  yetdi.  Shundan
60  km3  Amudaryo  va  45  km3  Sirdaryo  hisobiga  to‘g‘ri  kelar  edi.  Shunday 
holat  bu  daryolar  suv  oqimining  Orol  dengiziga  qo'yilishini  keskin  qisqar- 
tirib  yubordi.  Masalan,  agar  1960-yilda  Orol  dengizi  suvining  darajasi  53— 
54  m.  tashkil  etgan  boisa,  keyingi  yillarda  u  keskin  pasayib  borib,  suv  da­
rajasi  1990-yilda  1960-yilga  nisbatan  14  m.  pastga  tushgan.  Bu  degan  so‘z 
Orol  dengizining  —  40  %  qurigan  va  suv  hajmi  60  %gacha  qisqaigan  de- 
makdir.  Keyingi  yillarda  ham  Orolning  qurishi  to ‘xtagani  yo‘q  va  kuzatish- 
larga  ko‘ra  o‘z  vaqtida  chora-tadbirlar  ko‘rilmasa  uning  qurishi  kelgusida


ham   davom   etaveadi.  Shunday  holat  davom  etaversa  Orol  dengizi  ki- 
chrayib,  qurib  umimiy  maydoni  4—5  ming  km2  keladigan  sho'r  ko‘lga  ay- 
lanish  eh tim o li  bcr.  Orol  dengizi  suvining  sho‘rligi  22—23  %  ko‘tarildi. 
Dengizning  sayoz  Sharqiy  Janubiy  va  Shimoliy  qirg'oqlaridan  dengiz  suvi 
6 0 —120  km  chek inb,  sho'rhok  yerlarga  aylanib  qoldi.  Keyinchalik  suvning 
sho'rlanish  darajasi 41—42  %ga  yetib  borishi  mumkin.  Oqibatda  ekologik 
sharoit  buzilib  b a lita r  o ‘lib  ketadi.  Hozirda  Orol  dengiziga  Amudaryo  va 
Sirdaryoning  suvi  (zovur  —  qaytarma,  sizot  suvlarini  hisobga  olmaganda) 
deyarli  q o ‘yilmayapti.  Aksincha,  dengiz  yuzasidan  yiliga  40,0  km3  atrofida 
suv  bug‘lanib  ketmcqda.  Demak,  suv  kirimi  uning  saifiga  qaraganda  kam- 
roq  va  tez  orada  Orol  dengiziga  qo'shimcha  suv  tashlanmasa  yana  15—20 
yildan  so‘ng  suv  sathi  hozirgiga  nisbatan  12—13  m.  1961 -yildagi  holatga 
nisbatan  esa  19-20  metr  pasayib  ketadi.  Suvning  sho'rligi  esa  77  %  boradi. 
Hozirgi  kunda  dengiz  sathi  16,5  m.ga  pasaydi  (1997).  Natijada,  Orol  den­
gizi  ikki  katta  va  kicliik  Orolga bo‘lindi.
Dengiz  suv  sathining  pasayishi  tufayli  uning  atrofida  4  min  ga  yaqin 
sho'rxokka  aylanib  kuchli  shamol  u  yerdagi  tuz  qum  va  changlarni 
ko'chirib,  300  km  masofagacha  olib  borib  tarqatmoqda.  Changlar  bilan 
birga  xloristovodorod  va  oltingugurt  kislotalarini  ham  tarqatmoqda.  Nati­
jada,  atrofdagi  obikor yerlarga  zarar keltirilmoqda.
M a’lumotlarga  ko‘ra  quyi  Amudaryodagi  yerlarning  har  gektariga
0,8  —  1,0  t  tuz  kelib  tushmoqda.  Bu  esa  yerlami  sho‘rlatib,  meliorativ  ho- 
latini  yomonlashtirib  paxta  va  boshqa  ekinlar  hosildorligiga  salbiy  ta’sir 
ko'rsatmoqda.  Dengiz  suv  sathining  pasayishi  tufayli  Amudaryo  va  Sir- 
daryo 
deltalaridagi 
to ‘qayzorlar, 
yaylovlar, 
o'tloqlar  qurib 
qayta 
cho'llashmoqda.  Dengiz  atrofidagi  tumanlarda  yer  osti  suv  sathi  pasayib 
chorvachilik  uchun  ozuqa  bo‘ladigan  o'simliklar  qurib,  ko‘chma  qumlar 
maydoni  ko'payib bormoqda.
Orol  dengizi  qurigunga  qadar  200  km  atrofidagi  hududning  iqlimi 
yaxshi  holatda  saqlanib  turgan.  Qishda  sovuqni  yozda  o‘ta  issiqni  kamayti- 
rib  turgan.  1980-yilga  kelib,  yanvar  oyi  bilan  iyul  oylarining  o‘rtacha  oylik 
harorat  farqi  2°C  ga  ko'paygan.  Bahor  va  kuz  oylarida  tez-tez  sovuqlar 
bo‘lib  turadigan  bo‘lib  qoldi,  issiq  kunlar  170  kungacha  pasaydi.  Yozning 
baland  harorati,  kuchli  shamollarning  bo‘lib  turishini  kuchaytirdi,  kuchli 
bu  shamollar  odam  salomatligi  uchun  yomon  ta ’sir  etuvchi  zaharli  kim- 
yoviy  moddalar  bilan  zaharlangan  chang  to‘fonlami  tarqatadi  hamda  tu- 
proq  yuzidan  suvning  parlanishini  tezlashtirib  qishloq  xo'jaligi  ekinlarining 
rivojlanishiga  va  hosildorligiga  salbiy  ta’sir  etadi.  Suvning  kam  kelishi 
daryo  deltalarini  qurishiga  o'simliklar  turlarining  kamayishiga  va  biologik 
turü-tuman  oiganizmlaming  kamayib  ketisliiga va  xullas  insonning  yashash 
sharoitining  keskinlashuviga  olib  keladi.  Bu  ikki  daryo  suvidan  to‘g‘ri  rat- 
sional  foydalanmaslik  natijasida,  ortiqcha  suvlar  ko'pgina  ko‘l  va  botqoq- 
liklaming  paydo  bo'lishiga  olib  kelmoqda.  Xuddi  shunday  suv  havzalari 
Amudaryoning  quyi  qismida  40  ga  yaqin  bo‘lib,  bularda  har  yili  6—7  km3 
ga yaqin suv bug‘lanib  yo‘qolib  ketmoqda.


Ana  shunday  ko'llardan  eng  kattasi  Nukus  shahrining  g'arbida  joy- 
lashgan  Sariqamish  chuqurligida joylashgan  ko‘l  bo'lib,  har  yili  3—  4  km3 
suv oladi va tarkibida  30  km3 dan ortiq suv bor.
Orol  dengizidagi  sug‘oriladigan  yerlardan  yetarli  foydalanmaslik  or- 
tiqcha suv  miqdori  va  uning  ortiqcha taqsimlanishi  botqoqliklar va  yer  osti 
sizot  suvlarining  ko'tarilishiga  olib  keladi.  Bu  esa  o‘z  navbatida  yerlami 
sho'rlantiradi.  Bunday  sho'rlangan  yerlaming  sho'rini  yuvmasdan  turib, 
madaniy  ekinlarni  ekib  bo‘lmaydi.  Sho‘r  yuvishga  ba’zan  juda  ko‘p, 
gektariga  36  ra3  suv  sarflanadi  yoki  ekinlarni  sug'orishga  qaraganda  bu 
ko'rsatkich  ikki  barobar  ortiqdir.  Hozirgi  kunda  sho‘rlanish  natijasida  Orol 
atrofidagi  yerlaming  unumdorligi  2,5  barobargacha  pasayib  ketgan.  Bu  yer­
laming holati  kelajakda qanday bo'lkhi  hali  nom a’lum.
Orol  atrofidagi  muhit  kishilar  salomatligiga  ham  o‘zining  salbiy 
ta’sirini  ko‘rsatmoqda.  M a’lumotlarga  qaraganda  ayniqsa,  Amudaryo  del- 
tasi  atrofida  yashovchi  aholi  orasida  qorin  tifi  bilan  kasallanish  30  barobar 
oshgan,  bolalar  o‘limi  ko‘paygan,  odamlarning  o‘rtacha  bo‘yi  va  yashash 
darajasi  pasaygan.  Ko‘rinib  turibdiki,  agar  Orol  taqdiri  tezda  hal  qilinmasa 
kelajakda  uning  o‘rnida  Orol  cho‘li  vujudga  keladi.  Buning  uchun 

Download 6,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish