I ham dam ov, Z. Bobom uradov, E. Hamdamova


 .  Oziq  zanjiri  va  ekologik  piramida  to ‘g ‘risida  tushuncha



Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/120
Sana31.12.2021
Hajmi6,12 Mb.
#275719
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   120
Bog'liq
Ekologiya lot.

4 .  Oziq  zanjiri  va  ekologik  piramida  to ‘g ‘risida  tushuncha
Awalgisi  keyingisi  uchun  oziq  hisoblangan,  o ‘zaro  bog'langan  bir 
nechta  turlar yoki organizmlar oziq  zanjirini  hosil  qiladi:  Misol,
Organik  qoldiqlar
Oziq  zanjiri  —  o'sim liklar to'plagan  energiyani  bir turning  ikkinchisini 
yeyishi  orqali  bir necha  organizmlar qatoridan  o ‘tkazishdir.
Shunday  qilib,  oziq  zanjiri  turlar  orasidagi  trofik  bog‘lanishdir 
(yunoncha  «trofe»  —  oziqlanish).  Ekologik sistemada  har  xil  oziq  darajalari 
trofik  darajalar  deb  ataladi.  Oziq  zanjirining  birinchi  zvenosi  avtotrof 
o'sim liklar  (produtsentlar)  hisoblanadi.  Fotosintez  jaraypnida  ular  quyosh 
energiyasini  kimyoviy  bog'lar  energiyasiga  aylantiradi.  Ikkinchi  zvenosi 
o ‘txo‘r   (birlamchi  iste’mol  qiluvchilar)  va  go‘shtxo‘r  (ikkilamchi  iste’mol 
qiluvchilar)  hayvonlar  yoki  konsumentlar  tashkil  etadi.  Oziq  zanjirining 
uchinchi  zvenosini  organik  moddalarni  mineral  moddalarga  parchalovchi 
m ikroorganizm lar  (redutsentlar)  hosil  etadi.  Tabiatda  oziq  zanjiri  uch -to ‘rt 
darajadan  tashkil  topadi.  Bir  darajadan  ikkinchi  darajaga  o'tishda  ener- 
giyaning  va  m oddaning  miqdori  taxminan  uch  martaga  yaqin  kamaya  bo- 
radi,  chunki,  qabul  qilingan  energiyaning  90  %ga  yaqini  organizmlarning 
hayot  faoliyatini  ta ’minlashga  sarf  etiladi.  Qolgan  10  %ni  organizmlar 
tanasining  tuzilishi  uchun  sarf bo'ladi.  Shu  tufayli  har  bir  keyingi  oziq  da- 
rajasida  individlar soni  ham   progressiv  kamaya  boradi.
M asalan, 
0
‘rtacha  olganda  1000  kg  o'simlikni  yeganda  hayvon  100  kg 
gacha  semiradi.  Bunday  massali  o ‘txo‘r  hayvonni  yegan  yirtqichlarning 
biomassasi 
10
  kg  gacha  ortishi  mumkin,  ikkilamchi  yirtqichniki  esa  faqat 
1
  kg gacha  ortadi.
Shunday  qilib,  oziq  darajalarida  moddalar  va  energiyaning  progressiv


kamaya  borishi  kuzatiladi.  Bu  qonuniyat  ekologik  piramida  qoidasi  deb  ata- 
ladi, 
ekologik  piramida
  produtsentlar,  konsumentlar  va  redusentlardagi  bio- 
massa va  energiya  nisbatining  ko'rsatgichi  hisoblanadi.
Piramidaning  asosini  avtotrof  organizmlar  —  hosil  qiluvchilar  tashkil 
qiladi,  ulardan  yuqorida  o‘txo‘r  hayvonlar,  undan  ham  yuqorida  yirtqich 
hayvonlar,  piramidaning  eng  cho‘qqisida  yirik  yirtqichlar joylashadi.
Suv  havzalaridagi  oziq  zanjiriniiig  tipik  misoli  fitoplankton  — 
Zoo­
plankton  -   mayda  baliqlar  —  yirik  yirtqich  baliqlar  hisoblanadi.  Bu  oziq 
zanjirida  ham  biomassa  va  energiya  miqdori  ekologik  piramida  qoidasiga 
muvofiq  tobora  kamaya  boradi.
Sun’iy  qishloq  xo‘jaligi  ekosistemalarida  ham  har  bir  keyingi  oziq 
zanjiri  darajasida  energiya  miqdori  10  martagacha  kamaya  boradi.  Shuning 
uchun  ovqat  ratsionida  o'simlik  oziqlarini  kamaytirish  hisobiga  go'shtning 
miqdorini  ko'paytirsak  o ‘sha  muayyan  ekologik  tizimda  oziq  bilan 
ta ’minlanishi  mumkin  bo‘lgan  odam lar soni  kamayishi  kerak.
Biogeotsenozning  eng  muhim  xususiyatlaridan  biri
  — 
o ‘z -o ‘zini  idora 
etishdir.
 
0
‘z -o ‘zini  idora  qilish  —  tabiiy  sistemaning  qandaydir  tabiiy ta ’siri 
yoki  antropogen  ta ’siridan  keyin  o ‘z  ichki  xususiyatlarini  qayta  tiklash  qo- 
biliyatidir. 
0
‘z-o ‘zini 
idora 
qilishning  yorqin 
misoli 
keng  bargli 
o'rmonlardagi  biogeotsenozdir.  Bu  yerda  o ‘simliklar  joy,  yorug‘lik  va  suv 
uchun  raqobatlashadi  yoki  Markaziy  Osiyo  qumli  cho‘llaridagi  bio- 
geotsenozlar  ham  bunga  yaqqol  misol  bo‘la  oladi.  Bu  xildagi  biogeotsenoz- 
larda  yaruslik,  ya’ni  o ‘simliklar jamoasining  vertikal  bo‘ylab  bir  nechta  qa- 
torda joylashishi  kuzatiladi.
Keng  bargli  o'rmonlarning  birinchi  yarusini  yoing'sevar  daraxtlar 
(em an,  shumtol),  ikkinchi  yarusini  esa  birmuncha  kam  yorug'sevar 
daraxtlar  (zarang,  chetan),  uchinchi  yarusini  har  xil  butalar  (kalina)  va 
to ‘rtinchi 
yarusini 
o ‘tsimon 
o‘simliklar 
(paporotniklar, 
gulxayri, 
qirqbo‘g‘im)  tashkil  qiladi.  Yarus  qancha  past  bo‘lsa,  undagi  o ‘simliklar 
shunchalik  soyaga  chidamli  bo'ladi.  Yuqori  yarusdagi  o'simliklaming 
ildizlari juda  chuqur joylashadi.
Keng  bargli  o ‘rmonlarda  yorug‘lik  sharoiti  yil  davomida  keskin 
o'zgarib  turadi.  Shu  tufayli  quyi  yarusdagi  o ‘simliklar  bahorda  daraxtlar 
barglar chiqarguncha  tez  rivojlanadi  va  gullaydi.  Markaziy  Osiyoning  qumli 
cho'llaridagi  ekosistemaning  yuqori  yarusini  quyonsuyak,  oqsaksovullar, 
ikkinchi  yarusini,  qandim,  qizilcha,  uchinchi  yarusini  singrenlar,  shuvoq- 
lar,  to 'itin ch i  yarusini  qo‘ng‘irbosh,  yaltirboshlar  va  ostki,  oxirgi  yarusini 
moxlar  tashkil  etadi.  Har  qanday  biogeotsenozlarda  o ‘zgarishlar  iqlim  rit- 
miga  bo g iiq   holda  kuzatiladi.  Masalan,  kuzda  haroratning  pasayishi,  kun 
uzunligining  qisqarishi,  namlikning  o ‘zgarishi  natijasida  ko‘p  o ‘simliklar 
bargini  to ‘kadi.  Ularning  jam g‘arish  a ’zolarida  oziq  moddalari  to'planadi, 
daraxtlarda  po'kak  hosil  bo'ladi. 
0
‘simliklar  sitoplazmasida  suv  kamaya 
boshlaydi.  Hayvonlar  ham  qishga  faol  tayyorgarlik  ko'rishadi.  Qushlar 
Janubga  uchib  ketadi.  Sut  emzuvchilar tullaydi,  qishga  oziq jam g‘aradi.
Muhit  sharoiti  o ‘zgarishi  natijasida  bir  biogeotsenoz  ikkinchisiga  ay-


lanishi  m umkin.  Masalan,  yong'indan  keyin  o ‘rm on  biogeotsenozi  o ‘rniga 
o ‘tloq  biogeotsenozi  paydo  bo‘ladi.  Biogeotsenozlar almashinishi  ko‘pincha 
inson  faoliyatiga  bog'liq  bo'Iishi  mumkin.  Botqoqliklarning  quritilishi  nati- 
jasida  botqoqlik  biogeotsenozi  o 'tlo q  biogeotsenozi  yoki  agrotsenozlar bilan 
almashinishi  mumkin.
0
‘ziga  xos  o'sim liklar  dunyosi  va  landshaftga  ega  boMgan  biogeo­
tsenozlar geografik  zonallik  bilan  ham  chambarchas  bog'liq  bo‘ladi.
Geografik  zonallik  natijasida 
biomlar
  deb  ataluvchi  yirik  regional 
ekosistemalar  yoki  biosistemalar  hosil  bo‘ladi.  Bunday  biomlarga  tundra, 
tayga,  o 'rm o n ,  cho‘l,  dasht  va  tropik  o ‘rmonlar  misol  bo‘la  oladi.  C hu- 
chuk  suv  havzasi  ekosistemalariga  ko‘llar,  daryo  va  botqoqliklar  kiradi. 
Juda  katta  m aydonlam i  egallovchi  bunday  ekosistemalar  chuchuk  suv  or- 
ganizmlarining  yashash  joyi,  ichimlik  suv  manbayi,  sug'oriladigan  yerlar 
uchun  suv  rezervi  hisoblanadi.
D engiz  ekosistemalariga  yer  sathining  70  %ni  egallovchi  ochiq  den- 
gizlardan  tashqari  qirg'oqlar  bo'yidagi  kontinental  shelf  ham   kiradi.  Bun­
day ekosistemalar  hayvon va  o ’simliklaming  xilma-xilligi,  plankton  va ben- 
tosning  (suvda  muallaq  holda  bo'ladigan,  suv  tubida  yashaydigan  mikroor- 
ganizm lar),  sodda  hayvonlar  va  tuban  suvo'tlaming  juda  ko‘p  miqdorda 
bo‘lishligi 
bilan  ta ’riflanadi. 
Kontinental 
shelflarda 
asosan 
sanoat 
baliqchiligi  rivojlangan  bo‘ladi.  Dengiz  limonlari,  qirg'oq  ko'rfazlari  va 
daryolarning  qo'yilish joylari  baliqqa  va  boshqa  dengiz  organizmlariga juda 
boy b o ia d i.

Download 6,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish