I. Geografik qobiq va uning umumiy qonuniyatlari Geografik qobiq uning qonuniyatlari


Geografik qobiqning xususiyatlari



Download 1,76 Mb.
bet6/9
Sana21.04.2022
Hajmi1,76 Mb.
#571065
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Geografik qobiqning umumiy tavsifi va asosiy xususiyatlari

II. Geografik qobiqning o‘ziga xos xususiyatlari
  1. Geografik qobiqning xususiyatlari



Geografik qobiq murakkab tizim bo‘lib, juda uzoq vaqt davomida shakllanib hozirgi holatini olgan. Uning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Geografik qobiq moddiy tarkibining va tuzilishining o‘ziga xosligi va xilma-xilligi. Geografik qobiqda moddalar uch agregat holatda uchraydi (qattiq, suyuq, gaz). Ulaming fizik xossalari (zichlik, issiqlik 0‘tkazuvchanligi, issiqlik sig‘imi, yopishqoqlik, darzlanganlik dara- jasi, Quyosh nurlarini qaytarish xtossasi va h.k.) juda katta oraliqlarda o'zgaradi. Moddalaming kimyoviy xossalari turlicha. Bundan tashqa- ri geografik qobiqda moddalar tuzilishiga ko‘ra noorganik, organik va aralash turlarga bo‘linadi. Moddalaming har bir ajratilgan turi o ‘z navbatida yana yuzlab va minglab xillarga bo‘linib ketadi. Tirik orga-
nizmlaming turlari esa 1,5 mln. dan 2 mln. gacha yetadi.
2. Geografik qobiqqa kelayotgan issiqlik va uning o‘zgarishining nihoyatda xilma-xilligi. Geografik qobiqqa issiqlik Koinotdan va Yeming ichki qismidan keladi. Ular nihoyatda xilma-xildir. Ulaming o ‘zgarishi ham turlicha. Issiqlik o ‘zgarishining turlari ichida uni organik modda sifatida to‘planishi katta ahamiyatga ega. Quyoshdan kelayotgan issiqlik yog‘och, ko‘mir, neft, torf, yonuvchi slanes kabi organik moddalarga aylanadi. Ular yoqilganda Quyosh issiqligi yana qaytib chiqadi.
3. Yeming sharsimonligi Yer yuzasida issiqlikni notekis taqsimlanishiga sabab bo‘ladi, bu esa geografik qobiqda muvozanatsizlikni keltirib chiqaradi. Mazkur muvozanatsizlikni kelib chiqishiga Yer yuzasida quruqlik va suvlikni, muzliklar, qor qoplamini, relyefni, murakkab taqsimlanishi ham ta’sir ko‘rsatadi. Geografik qobiqdagi muvozanatsizlik turli xil harakatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Bunday harakatlarga issiqlik oqimi, havo harakatlari, suv oqimlari,
tuproq eritmalari, kimyoviy elementlar migratsiyasi, kimyoviy reaksiyalar va h.k. kiradi. Modda va issiqlikning harakati geografik qobiqning hamma qismlarini bir-biri bilan bog'laydi va uni bir butunligi va yaxlitligini ta ’minlaydi.
4. Geografik qobiqning moddiy tizim sifatida rivojlanishi davomida uning tuzilishi murakkablasha borgan, undagi moddalarning turlari va issiqlik gradiyentlari orta borgan. Geografik qobiq rivojlanishining m a’ium bir bosqichida unda hayot vujudga kelgan. Hayot bu moddiy jism harakatining eng yuqori shaklidir. Hayotning vujudga kelishi - bu geografik qobiq rivojlanishining qonuniy natijasidir. Tirik mavju- dotlaming faoliyati esa Yer yuzasi tabiatini sifat jihatdan o ‘zgarishiga olib keldi.
5. Geografik qobiqning shakllanishi va rivojlanishida fazoviy omillarning ahamiyati ham ulkandir. Fazoviy omillarga quyidagilar kiradi: Yeming og‘irligi, Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofa, Yer- ning o ‘z o ‘qi va Quyosh atrofida aylanish tezligi, magnitosferaning mavjudligi. Magnitosferaning mavjudligi Yer uchun qulay termo- dinamik sharoitni keltirib chiqaradi. Faqat Yerdagina juda murakkab moddiy tizimning vujudga kelishi uchun qulay sharoit vujudga kelgan.
6. Geografik qobiq mustaqil rivojlanish qobiliyatiga ega. Atmosferaning, okeanning, muzliklarning tarkibi va og‘irligi, Yer yuzasida quruqlik va suvlikning taqsimlanishi, turli xil relyef shakllari- ning joylanishi va qiyofasi juda katta ahamiyatga ega. Chunki ular mustaqil o ‘lchamlarga ega. Yer yuzasi qanday tabiiy ofatlar natijasida tabiat o‘zgarmasin m a’ium vaqt o‘tishi bilan asta-sekin qayta tikla- nadi. Masalan, to‘rtlamchi davrdagi muz bosish davrlarida Shimoliy Amerika va Yevrosiyoning shimoliy hududlarida tabiat komplekslari
tamoman nobud bo‘lgan. Ammo muz qaytgandan keyin mazkur joylardagi o‘rmon, o ‘rmon-tundra va tundra landshaftlari qaytadan tiklangan.Geografik qobiqning tarkibi va tuzilishiYerning havo qobig‘i (asosan troposfera), Yer po‘sti, suv qobig‘i (okean va quruqlik suvlari) va hayot qobig‘i (o‘simlik va hayvonlar) geografik qobiqning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ulardagi moddalar esa komponentlami hosil qiladi.
Geografik qobiqda bir nechta tuzilish darajalari ajratiladi: geo- komponent, geosferali va geotizimli.Geokomponentyoki eng oddiy tuzilish darajasi. Geokomponentlar bu Yer yuzasidagi nisbatan bir xil xususiyatga ega bo‘lgan moddiy hosilalar birlashmasidir. Asosiy va ikkinchi darajali geokomponentlar
ajratiladi. Asosiy geokomponentlarga tog‘ jinslari, havo, suv, o‘simlik va hayvonlar kiradi. Ikkinchi darajali geokomponentlarga esa tuproq, muz, muzloq gruntlar kiradi.
Geokomponentlar hosil bo‘lishi, kimyoviy tarkibi va fizik xossalariga qarab bir-biridan keskin farq qiladi. Geografik qobiqda ilgari aytganimizdek, notirik, tirik va aralash moddalar ajratiladi. Aralash (tirik va notirik moddalar birlashmasi) moddalarga tuproq, muz va muzloq grunt kiradi. Notirik (noorganik) moddalarga asosan tog‘ jinslari kiradi, ular Yer po‘stida keng tarqalgan. Tirik moddalarga 0‘ simliklar, hayvonotlar va mikroorganizmlar kiradi. Ular biosferada keng tarqal-gan.Geosferali tuzilma darajasi. Geosfera deb, asosan m a’lum bir geo- tarkibdan tuzilgan Yerning aniq bir qismlariga aytiladi. Geosferalar (geoqobiqlar) konsentrik bir-birini ichiga kirgan qatlamlami tashkil
qiladi. Geosferalar litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferadan iborat Litosfera zichligi yuqori bo‘lgan va qattiq moddalardan iborat tog‘ jinslaridan tuzilgan. Gidrofera esa suyuq moddalardan, ya’ni suvdan iborat, atmosfera gazsimon moddalardan iborat.
Biosfera esa tirik moddalardan tashkil topgan. Litosfera, gidrosfera va atmosfera to'xtovsiz, yaxlit qobiqni hosil qiladi. Biosfera esa tirik mavjudotlar tarqalgan qobiq sifatida yaxlit qobiqni hosil qilmaydi. U boshqa qobiqlar tarkibiga kiradi va yuqorida aytilgan qobiqlaming tutashgan joyida yupqa qatlamni hosil qiladi. Mazkur geosferalar orasida yaxlit qatlam hosil qiladigan asosiy qobiqlar va yaxlit qatlam hosil qilmaydigan ikkinchi darajali qobiqlar ajratiladi.Ikkinchi darajali qobiqlarga kriosfera (sovuqlik qobig‘i), tuproq
(pedosfera) va boshqalar kiradi.
Yer qobiqlarining о ‘zaro bog'liqligi Asosiy qobiqlardan faqat gidrosferagina geografik qobiqqa to ‘la kiradi. Atm osferaning yuqori qismi va litosferaning quyi qismi Yerda sodir bo‘ladigan jarayonlarda qatnashmaganligi uchun ko‘p olimlar R obert E. Gabler, Jam es F. Petersen, L. Michael Trapasso. Essentials of Physical Geography. 2007. - 14-b.tomonidan geografik qobiqqa kiritilmaydi. Ular yerda bo’ladigan jarayonlarga bevosita emas, balki bilvosita tashqi muhit sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun atmosferaning yuqori qismi va litosferaning quyi qismi geografiya fani tomonidan chuqur
oz‘rganilmaydi. Demak, geografiyada atmosfera va litosfera haqida gapirilganda atmosferaning quyi qismi va litosferaning yuqori qismi tushuniladi.
Geografik qobiqda geosferalar (geoqobiqlar) moddalaming zichligiga qarab qatlamsimon joylashgan. Zichligi yuqori bo‘lgan moddalar pastda, zichligi kam bo‘lgan moddalar yuqorida joylashgan. Ular Yerdagi moddalami o g ‘irligiga qarab tabaqalanishi oqibatida vujudga kelgan va geografik qobiqni b o‘ylama (vertikal) tuzilishini tashkil qiladi.
Geotizimli tuzilma darajasi.
Geotizimlar geokomponentlarning o ‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladigan majmuali hosilalardir. Notirik geokomponentlarning o ‘zaro ta’siri natijasida oddiy geotizim lar hosil bo‘ladi. Masalan, muzliklar, daryo vodiylari va h.k. M uzliklar atmosfera va gidrosferaning o ‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘ladi.
Daryo vodiylari esa litosfera, gidrosfera hamda atmosferaning o ‘zaro
ta’siri natijasida vujudga keladi.Yer yuzasi uchun k o‘proq turli xil geokomponentlarning o ‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladigan tabiiy hududiy va tabiiy akval majmualar xosdir.
Geotizimlar hozirgi paytda faqat tabiiy komponentlami emas, balki
antropogen omillarni ham o ‘z ichiga oladi. Natijada geografik qobiqda
geotexnogen tizimlar vujudga kelmoqda. Geotexnogen tuzilmalar tabiiy komponentlardan va kishilik jamiyatidan iborat (shaharlar, sanoat markazlari, qishloq x o ‘jalik yerlari, gidrotexnik inshootlar va h.k.)Geotizimlar bir-biri bilan gorizontal (yuzalama) y o ‘nalishda almashadi. Ular geografik qobiqning gorizontal tuzilishini hosil qiladi.Geotizimlar o ‘lchamlariga qarab uchga b o‘linadi: sayyoraviy (plane- tar), regional, lokal.Umumiy Yer bilimi geografik qobiqning b o‘ylama va gorizontal tuzilishini o ‘rganadi, lekin geografik qobiqning gorizontal tuzilishini faqat sayyora darajasida o ‘rganadi.
Geografik qobiq gorizontal y o ‘nalishda issiqlik mintaqalariga,
iqlim mintaqalariga, tabiat zonalariga va landshaftlarga ajratiladi.Geografik qobiqning umumiy qonuniyatlari Geografik qobiqning rivojlanishida va tabiat komplekslarining tabaqalanishida ham o ‘ziga xos qonuniyatlar mavjud. Ular Yeming umumiy geografik qonuniyatlari deb ataladi.Bir butunlik, modda va energiyaning tabiatda aylanib yurishi, davriy yoki ritmik hodisalar, geografik zonallik va hududiylik geografik qobiqning umumiy qonuniyatlaridir. Bular geografik qobiqning rivojlanish qonuniyatlarini namoyon qiladi.

Geografik qobiqning bir butunligi.
Bir butunlik barcha tabiiyhududiy komplekslarga taalluqli. Hududiy komplekslar katta yoki kichik b o‘lishidan qat’iy nazar uch holatdagi (qattiq, suyuq, gazsimon) m oddalam ing aylanma harakati ulam ing bir butunligini ta’minlaydi va uzluksiz rivojlantiradi. Geografik qobiqning har bir komponenti
- relyef, iqlim, suv, tuproq, o ‘simlik, hayvonot dunyosi o ‘z qonuniyatlari asosida rivojlanadi va shakllanadi.
Geografik qobiqda modda va energiya almashinuvi.
Geografik qobiqning to ‘rtta strukturasida, y a ’ni atmosfera, gidrosfera, litosfera va biosfe-ralarda modda va energiya almashinuvi gorizontal va verti-
kal y o ‘nalishda kuzatiladi. Atmosfera va Dunyo okeanidagi suvning harakatida va litosferadagi vulqonlar harakatida moddalaming ham gorizontal, ham vertikal almashinuvi bo‘ladi. Geografik qobiqdagi modda va energiyaning almashinuviga Yeming ichki energiyasi va Quyosh energiyasi hamda gravitatsiya kuchi ta’sir etadi.
Modda va energiyaning o ‘zaro aloqalarida jarayon ham ishtirok
etadi. Masalan, Q uyosh nuri - energiya, isish -jarayon, suv - modda, atmosferada suv b u g‘lanishi - jarayon. Keyinchalik suv konden- satsiyalanadi - jarayon, suyuqlikka aylanishi va yom g‘ir - modda, tushishi - jarayon va quyiga, dengiz tomonga oqishi jarayonni keltirib chiqaradi
Geografik qobiqdagi ritmiklik.
Tabiatda vaqt o ‘tishi bilan bir xil hodisalaming takrorlanib turishi
ritmiklik deb ataladi. Yerning o ‘z o ‘qi va Quyosh atrofida bir marta to‘liq aylanishi sutkalik, yillik yoki fasliy ritmlarga sabab b o‘ladi. Yer o ‘z o ‘qi atrofida Quyoshga nisbatan 24 soatda to ‘liq aylanib chiqadi. Yer o ‘z o ‘qi atrofida sharqqa qarab aylanadi (5.3-rasm). Natijada kun bilan tun, yil fasllarining almashinishi sodir b o ‘ladi. Bularga haroratning, sham olning,
y o g ‘inlam ing, suv oqim ining, organizm lam ing sutkalik va yillik
o'zgarishi misoldir Geografik qobiqda tabiat komplekslarining ekvatordan qutblarga tomon qonuniy almashinishi zonallik deyiladi. Zonallik geografik qo
biqning eng muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Zonallikning asosiy sababi Yer yuzasida issiqlik va namlikning notekis taqsimla- nishidir. Yerning sharsimonligi tufayli geografik qobiqda Quyosh nuri va issiqligi notekis taqsimlanadi. Natijada geografik qobiqda harorat,
Yerning o'z о ‘qi atrofida aylanish y o 'nalishi bug‘lanish,yog‘inlar, shamollar, iqlim, nurash va tuproq hosil bo’lish jarayonlari, o ‘simlik va boshqalar ham kengliklar b o‘yicha zona-zona b o ‘lib tarqalgan.
Baland lik mintaqalari
T og‘li o ‘lkalarda quruqlikning gorizontal tabiat zonalari balandlik mintaqalari bilan almashinadi. Tog‘larda balandlik mintaqalarining hosil b o‘lishiga yuqoriga k o ‘tarilgan sari quyidagilam ing o ‘zgarishi sabab b o‘ladi:
havo harorati va bosim ining pasayishi;
mumkin b o ‘lgan b ug‘lanishning kamayishi;
quyosh radiatsiyasining kuchayishi;
y o g ‘inlar m a’lum balandlikkacha k o‘payib, so ‘ng kamayishi;
suv b ug‘lari kondensatsiyasi sharoitining o ‘zgarishi va h.k.
Vertikal va zonal iqlim o ‘zgarishlari umumiy belgilariga k o‘ra bir-biriga o ‘xshab ketadi, lekin ular aynan bir xil emas. Tog‘larda yuqori-ga ko‘tarilgan sari quyosh radiatsiyasining intensivligi ortadi, ekvalordan qutblarga tomon esa kamayadi, quyosh nurlarining tushish burchagi qutblarga tomon kamayib boradi, yuqoriga ko'tarilgan sari esa o'/garmaydi. Tog‘larda yuqoriga tomon atmosfera bosimi muntazam bir xilda kamayib boradi, ekvator bilan qutblar orasida esa barik nmksimum va minimum zonalari bor. Gorizontal y o ‘nalishda gumid
urid zonalar birin-ketin almashinib keladi, vertikal zonalarda esa yui|origa tomon (3000 m gacha) y o g ‘in miqdori ortadi.
Tekislikdagi tabiat zonalari ekvatordan qutblarga tomon birin-ketin nlmashinib borgani singari balandlik mintaqalari ham tog‘laming clii^idan suvayirg‘ich tomon almashinib boradi. Biroq, tog‘larda Imliindlik mintaqalari ularga nisbatan tezroq almashinadi, ayrim balinidlik mintaqalariningo‘xshashi b o ‘lgan tabiat zonalari tekisliklarda iniiyjud emas. Masalan, to g ‘larda subalp va alp o ‘tloqlari mintaqasi mnvjud, tekisliklarda esa bunday tabiat zonasi mavjud emas.Halandlik mintaqalarining soni va tuzilishi tog‘laming balandligiga, i|iivsi iqlim mintaqasida (shuningdek, iqlim o ‘lkasida) joylashganligiim yo'nalishiga, havo massalari y o ‘nalishiga nisbatan joylashganligiga luig'liq. Tog‘lar qanchalik baland b o‘lsa va quyi kengliklarda joylashItiin bo‘lsa shunchalik ko‘p balandlik mintaqalari hosil bo‘ladi. Iqlim ii'lknluri ham balandlik mintaqalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Konllncntal iqlim о ‘lkasida joylashgan tog ‘larda tog‘-cho‘l va chalacho‘l •iiinlaqalari katta maydonni egallaydi. Qor chizig‘i dengiz iqlim minlni|iisida joylashgan tog‘larga nisbatan 700-1000 m balandroqdan mo'tiuli. Dengiz iqlim mintaqasida joylashgan tog‘larda esa tog‘ o ‘rmon mliilaqasi keng tarqalgan, qor ch izig‘i ancha pastdan o ‘tadi.
Mundan tashqari, har bir tog‘li o ‘lkaning, har bir tizmaning va har till yonbag‘iming balandlik mintaqalari sifat jihatdan o ‘ziga xosdir. Иинци tog‘Ii oMkaning rivojlanish tarixi ham, har xil balandlikdagi, Inn xil ekspozitsiyasidagi va havo massalari y o ‘nalishiga nisbatanhar xil turgan yonbag‘irlar iqlim sharoitining murakkab xilma-xilligi ham sababdir. Balandlik mintaqalanishi tog‘laming relyef xususiyat- lariga ham bog iiq. Ayniqsa yonbag‘ir ekspozitsiyasi katta ahami- yatga ega. Janubiy va shimoliy, havo massalariga ro‘para va teskari yonbag‘irlarda, balandlik mintaqalari turlicha bo‘ladi.Balandlik mintaqalanishi kenglik zonalligi (tabiat zonalari) bilan chambarchas bog‘liq. Balandlik mintaqasi tog‘ning etagi qaysi tabiat zonasida joylashgan bo‘lsa, o‘sha tabiat zonasida boshlanadi. Bundan yuqoridagi mintaqalar kenglik tabiat zonalari qutbiy qorlar zonasiga- cha qanday almashinib borsa, deyarli shunday almashinib boradi. Albatta, bunda tog‘larda vujudga kelishi mumkin bo'lmagan zonalar uchramaydi yoki aksincha, tekislikda uchramaydigan balandlik mintaqalari hosil bo‘ladi.
Abiogen bosqich (Abiogenic stage)
- geografik qobiqning vujudga kelishi va rivojlanishining organik dunyosiz o‘tgan dastlabki bosqichi. Abiogen bosqich geografik qobiq taraqqiyotining arxey va proterozoy eralarini o ‘z ichiga oladi. Abiogen bosqich 2,5-3 mlrd. yil
davom etgan deb hisoblanadi. Geografik qobiq o ‘z taraqqiyoti davo- mida abiogen bosqichdan keyin biogen bosqichga, so‘ngra antropo- gen bosqichga o ‘tgan.Abiogen omillar (Abiogenic factors) - geografik qobiq va land-shaftlaming jonsiz tabiat ta’sirida mavjud bo‘lgan omillari.
Masalan, birlamchi tog‘ jinslari, iqlim, relyef, Yerning ichki energiyasi hamda
kosmik energiya.Geosfera (Geosphere) - (geo... va sfera) Yemi tashkil etgan kon-
sentrik qobiqlar. Yerning ustidan markaziga tomon atmosfera, gidrosfera, Yer po‘sti, mantiya, yadro geosferalari ajratiladi. Ichki va tashqi geosfera farq qilinadi. Tashqi geosfera atmosfera va gidrosfera, ichki geosfera Yer p o ‘sti, mantiya va yadrodan iborat.
Kriosfera (Ciyosphere)
- (lotincha kruos - sovuq, muz va sphaira
- shar) Yer yuzasining atmosfera, gidrosfera va litosfera o ‘zaro tutashib
turgan hamda muzlar bo‘lgan va muz hosil bo‘ladigan sovuq qobig‘i.
Xionosfera (Hionosfera)
- (yunoncha xion - qor va sfera-kura,
shar) troposferaning qor va muz to ‘planishi mumkin bo‘lgan qatlami. Shartli tushuncha, chunki troposferaning bu qatlamida qor to‘planishiga sharoit (iliq o‘lkalarda baland tog‘lar) mavjud bo‘lsagina to‘planadi. Xionosfera qutblar atrofida yer yuzasidan pastda joylashgan.
Yer po‘stini hosil qilgan tog‘ jinslari va ularning turlari Yer po‘sti - Yer sharining eng qattiq qismi hisoblanadi. Yer po‘sti kimyoviy elementlardan, minerallardan va tog‘ jinslaridan iborat. Yer po‘stida uchraydigan eng ko‘p elementlar kislorod va kremniy hisoblanadi, shuningdek, alyuminiy va temir, kalsiy, natriy, kaliy va magniy ham uchraydi. Yer po‘sti hajmining deyarli 99% ini mana shu 8 ta element tashkil etishini 6.1-jadvaldan ham ko‘rish mumkin. Mineral- laming katta qismi mana shu 8 ta element birikmasidan iborat.Kimyoviy elementlaming birlashmasiga mineral deb ataladi. Tog‘ jinslari esa bir necha minerallarni tabiiy birikmasidir. Tog‘ jinslari litosferaning poydevori hisoblanadi. Ular tektonik jarayonlar natijasida siljiydi, ko‘chadi va deformatsiyaga uchraydi, hamda ular nurash va eroziyaga uchrab boshqa joyda cho‘kindilar sifatida saqlanadi.
Yer sayyorasini tabiatshunoslikning ko`p fanlari: astronomiya, geologiya, geografiya, geofizika, geokimyo va boshqalar o`rganadi. Tabiiy geografiya er sayyorasini emas, balki uning maolum qismini, o`ziga xos bo`lgan qobig`ini, ya’ni geografik qobiqni tabiatini o`rganadi.
Er sayyorasining litosfera (tosh qobiq), gidrosfera )suv qobig`i), atmosfera (havo qobig`i), biosfera (hayot qobig`i)larining o`zaro bir biriga kirishuvi, o`zaro taosiri o`zaro aloqasi natijasida geografik qobiq hoil bo`lgan.
Geografik qobiq - ernig eng yirik yagona geosistemasi, bu turli xil moddiy tarkibdan tuzilgan. Faqat shu qobiqda quyosh energiyasi to`planadi va qayta o`zgartiriladi, shu fqobiqda hayot paydo bo`ldi. Inson jamiyati shakllandi va rivojlanmoqda.
Geografik qobiq tushunchasini 1930 yillarda akademik A.A,Grigorev birinchi bo`lib fanga kiritdi. Bu tushunchaning shakllanishi va rivojlantirishda A.Gumboldt, V.V.Dokuchaev, P.I.Brounov va boshqa olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlari muhim ahamiyatga ega bo`ldi.
A.Gumboldt o`zining “Kosmos” asarida tabiat bir butun harakatdagi va o`zgarishdagi oboekt larning o`zari aloqasidan hosil bo`lgan hosiladir deb yozadi. 19-Asrda (1892) V.V.Dokuchaev tabiatshunoslik ilgari qarab katta qadam tashlaganligini taokidlab, “Asosan ayrim jismlar, minerallar, tog` jinslari, o`simlik va hayvonlar hamda hodisa va narsalar, olov, suv, havo o`rganilib, ular o`rtasidagi nisbat, ya’ni kuchlar, jismlar, hodisalar o`rtasida jonsiz va jonli tabiat o`rtasida mavjud bo`lgan genetik doimiy va hamma vaqt ham qonuniy aloqalar o`rnatilmas edi. Vaholangki huddi shu nisbatlar ana shu qonuniy o`zaro aloqalar tabg`iatni blishning mohiyatini, tabiatni bilishning mag`zini tashkil qioladi deb yozgan edi. V.V.Dokuchaev tabiatda turli komponentlar o`rtasida aloqalar mavjudligini isg`botlab bergan.
Universitetlar uchun birinchi bo`lib umumiy er bilimi bo`yicha darslik yaratgan A.N.Krasnov (1895) “geografiya ayrim hodisa va jarayonlarni emas, balki ularning birikmasini geografik kompleksolarni o`rganadi” deb taoriflagan edi.
Peterburg universitetining professori Brounov tabiiy geografiya litosfera, gidrosfera, atmosfera, biosfera kabi qobiqlarning o`zaro aloqasidan hosil bo`lgan erning tashqi qobig`ini o`rganadi deb uqtirgan.
1932 yilda A.A.Grigorev o`zining “tabiiy geografiyaning predmeti va vazifalari” nomli maqolasida tabiiy geografiya fanining o`rganish predmeti, tabiiy geografik qobiq ekanligi to`g`risida so`z yuritadi. 1937 yilda esa geografik qobiq tabiiy geografiyaning o`rganish oboekti ekanligini asoslovchi maxsus monografiya yozadi. U bu asarida geografik qobiqni o`rganishda balansli usullarni muhimligini ko`rsatib bergan.
1940 yillarda L.S.Berg tomonildan rivojlantirilgan landshaft va geografik zonalar to`g`risidagi taolimotini A.A.Grigorevning geografik qobiq va tabiiy geografik jarayonlar to`g`risidagi talimotiga qarshi qo`yildi. Ko`p yillik ilmiy baxsda S.V.Kolesnik bu ikki taolimot bir-biriga qarama-qarshi emasligini, balki ular geografik qobiqning turli tomonlarini aks ettirishini isbotlab berdi. 1947 yildan boshlab, tabiiy geografiyaning o`rganish oboekti geografik qobiq deb ko`pchilik olimlar tomonidan tajriba natijalari olindi.
S.V..Kolesnik Grigorevning tabiiy geografik qobig`ini geografik qobiq deb nomlashni taklif qildi. Bu nom geografiya fanida asosiy tushuncha bo`lib qoldi.
Geografik qobiqning chegaralari va nomlanishi.
Geografiya adabiyotlarda geografik qobiqning chegaralari va nomlanishi turli olimlar tomonidan har xil talqin qilinadi. Birinchi jadval maolumotlardan bu masalalar bo`yicha turli fikrlar bildirilganligini ko`rish mumkin.
V.I.Vernadskiy, A.grigorev, S.Kolesnik, A.Reakchikov, K.Markov kabi geograflar geografik qobiqning yuqori chegarasini stratopauzadan (ozon qatlami) ya’ni 30-35 km yuqoridan o`tkazadilar. Ozon qatlami erning yuzasiga ultra binafsha nurlarni o`tkazmasdan unda hayotning rivojlanishiga qulaylik tug`diradi. Bu qatlamdan yuqorida atmosferani quruqlik va okeanlar bilan o`zaro aloqasi natijasida vujudga keladigan havo harakati kuzatilmaydi.
Yu.Efremov, I.M.Zabeli, A.Isachenko, D.L.Armand, F.N.Milkov, A.Krivoluckiylar esa geografik qobiqni yuqori chegarasini troposferaning yuqori qismidan, ya’ni 9-17 km yuqoridan o`tkazadilar. Bu chegaragacha havoning vertika harakati yuz beradi. Ob-havo va iqlim shaakllanadi. Yuqriga ko`tarlgan sari havo harorati pasayadi.
V.I.Vernadskiy, yu.Efremov, I.M.Zabelin, A.Isachenko, K.Markov, Perelmanlar geografik qobiqning quyi chegarasini anaerob bakteriyalarni tarqalish chuqurligidan o`tkazishadi. Bu chuqurlikda harorat +100 S ga boradiyu chuqurlik 4-6 km okean tagidan bu chegara 1,5 -2 km dan o`tadi.
S.V.Kolesnik, M.Ermolyarev, A.Krevoluckiylar geografik qobiq quyi chegarasini 500-800 m chuqurlikdan, ya’ni nurash po`stidan o`tkazadilar. Bu chuqurliklarda er po`stinin mineral moddalari turli ekzogen jarayonlar taosirida qayta o`zgarishga uchraydi. A.Grigorev, S.Kolesnik, D.Armand, A.Reabcinkov, V.ermolaev geografik qobiqningquyi chegarasini er po`stining quyi chegarasidan maxo qatlami ya’ni 60 km chuqurlikdan o`tkazishadi. Bu chegara er yuzasning makroshakli relefini hosil qiluvchi tektonik harakatlarning quyi chegarasi hisoblanadi. D.Armand bu chegarani 100 km chuqurlikkacha, ya’ni litosferaning quyi chegarasigacha davom ettiradi.
Geografik qobiqni turlicha nomlashadilar. Masalan, biosfera landshaft qobig`i geografik muhit, geosistema bu nomlar ichida ko`pchilik geograflar tomonidan geografik qobiq va geosistemani qabul qilishdi.
Geografik qobiqni chegaralari va nomlanishidagi turli fikrlar bu tabiiy sistemani hali ko`p qirralarini to`liq o`rganilmaganligini bildiradi. Olib borilayotgan geografik tadqiqotlar natijasida shunday vaqt keladiki, geografik qobiq to`g`risidagi olimarning fikrlari bir-biriga yaqinlashadi.
Geograflardan A.Grigorev, K.markov, N.Gvozdeckiy va boshqalar geografik qobiqni birinchi navbatda tabiiy aspektda (holatda) unda yuz berayotgan insonning xo`jalik holatini xisobga olmagan holda o`rganilishi lozim deb hisoblaydilar.
Geografik qobiqning moddiy tarkibi.
Geografik qobiq o`zaro aloqada bo`lgan turli komponentlardan va har xil darajadagi tabiiy komplekslardan tashkil topgan murakkab sistemadir. Erning geografik qobig`ini hosil qiluvchi asosiy tarkibiy qismlar,, ya’ni tog` jinslari, relef havo massalari er usti va er osti suvlari tuproq, o`simlik va hayvonot dunyosi tabiat komponentlar deb ataladi.
Yuvoridagi komponentlarning o`zaro aloqasi, bog`liqligi va taosiridan tabiiy birikmalar - tabiiy komplekslar hosil bo`ladi. Geosistemalarni kattalik darajalari bo`yicha V.Sochava ularni uch darajaga bo`ldi: sayyoraviy geosistema - geografik qobiq; regional geositemalar - geografik o`lka, geografik olblast, geografik provinciya, geografik okrug, geografik rayo, geografik landshaft, mahalliy geosistemalar - mestnostp, urochishe, faciya.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish