2.Geografik qobiqning chegaralari va nomlanishi
Geografik qobiq uchun vertikal, gorizontal va vaqt tuzilmalari xosdir.Geografik qobiqning komponentlari yarus ko`rnishida joylashan: pedosfera, gidrosfera, atmosfera joylashgan, bu yaruslarning o`rtalaridagi tutash joylarda biosfera vujudga kelgan.
Geografik qobiq komponentlarining o`zaro aloqasi hosil bo`lgan turli darajadagi geosistemalar o`rtasida gorizontal yo`nalishda modda va energiyaning oqimilari bilan bog`lanish, aloqadorlik yuz beradi. Bu aloqadorlik bevosita va bavosita bo`lishi mumkin. Masalan, qo`shni geosistemalar bir-biri bilan bevosita aloqada bo`ladi. Bir-biridan uzoqda joylashganlar esa bavosita, ya’ni shamollar, havo oqimlari, suv oqimlari va boshqalarda hayvonlar vakillari ishtirokida aloqadorlikda bo`ladi. Geosistemalarning vertikal va grizontal bo`linishlari ularning makoni tuzilmasini hosil qiladi. Guosistemalar uchun vaqt tuzilmasi xosdir. Chunki geosistemalar makon va zavonda harakat qiladi va yashaydi.
Dinamika geosistemalarning har qanday o`zgarishlari bo`lmasdan, balki ularning tuzilmasini buzilishiga olib kelmaydigan takroriy o`zgarishdir. Sochavaning fikricha, geosistemalarning dinamik o`zgarishi ularda sifatiy o`zgarishlarni vujudga keltirmaydi. Geosistemalarning dinamikasi ularning barqrorlik darajasini ifodalaydi. Barqarorlikning belgisi - geosistemada doimo yildan yilga fasliy aspektlarning takrorlanishidir. Maolum vaqtdan keyin o`zgargan geosistemalarni yana tiklanish qobiliyatini saqlab qolish ham dinamik o`zgarishlarga kiritilishi mumkin.
Kuchli taosir natijasida buzilishlarga uchragan geosistemalar yana qaytadan tiklanish qobiliyatiga ega bo`lolmaydi. Bunday geosistemalarda ularning tuzilmalarida sifatiy o`zgarishlar yuz beradi. Shunday qilib, barqarorlik va o`zgaruvchanlik - geosistemalarning ikki muxhim dialektik bog`langan sifati ekan. Ularning nisbati geosistemalarning darajasiga va boshqa sharoitlarga bog`liq.
Geografik qobiqning uzulganlik va uzulmaganlik xususiyati.Uzilganlik va uzilmaganlik quyidagi qarama-qarshi tomonlar bilan ko`zga tashlanadi (Preobrajenskiy, 1972).
Uzilganlik va uzilmaganlik geografik qobiqning ayrim umumiy xususiyatlarini aks etiradi. Ayrim geograflar geografik qobiqning uzilmaganlik, boshqalari esa uzilganlik xususiyatini tajriba natijalari oladilar. Masalan, Armand tabiiy geografik rayonlashtirishda uzilmaganlik tamoyiliga, Solncev esa uzilganlik tamoyiliga asoslanadi.
Munozaralarning asosiy sababi tadqiqotchilar tomonidan geografik qobiq uchun xos bo`lgan uzilmaganlik va uzilganlik xususiyatlarini e’tiborga olmaslikdir. Uzilmaganlik geografik qobiqning makon bo`yicha sidirg`a tarqalishida, uzilganlik esa uning ichki tuzilmasida mavjud yuo`lgan nisbatan yaxlitlikka ega bo`lgan regional va mahalliy darajadagi geosistemalarning mavjud bo`lishida ko`rinadi.
Geografik qobiqdagi qutbiy assimmetriya.
Geografik qobiqning qutbiy asimmetriyasi, ya’ni shimoliy va janubiy yarimsharlarning bir-biriga o`xshamasligi quyidagilarda ko`rinadi.
Yer shakli asimmetriya tuzilgan. Shimoliy qutb o`qi janubiy o`qdan qisqaroq bo`lib uning shakli yuraksimon tuzilishda. Bu shaklda er shimioliy qutbda bir muncha siqilgan, janubiy qutbda esa kengayadi. Yuraksimon shaklning asosiy sababi er po`stida moddalarning notekis tarqalishidir.
Yer yuzasida materik va okeanlarni taqsimlanishidagi asimmetriya. Quruq maydoni shimoliy yarim sharda ko`proq (39 %), janubiy sharda esa 19 % ni tashkil etadi. Shimoliy qutb atrofida shimoliy muz okeani o`rab turadi, janubiy qutb atrofida Antarktida materigi joylashgan. Shimoliy yarimsharning 50-70 S kengliklarida Boltiq, Aldan, Anabar, kanada qalqonlari joylashgan bo`lsa, shu kengliklarda janubiy yarimsharda esa Afrika-Antarktida, Avstraliya-Antarktida, Bellinsgauzen okean cho`kmalari joylashgan. Og`irlik kuchi geometrik markazga mos tushmasdan, u shimoliy yarim sharda siljigan.
geografik qobiq tuzilmasidagi asimmetriya. Janubiy yarim shar iqlimi shimoliy yarim shar iqlimiga nisbatan bir muncha mo`tadildir. Bunga okean taosir ko`rstadi. Iliq oqimlar shimoliy yarim sharda Shimoliy muz okeanigacha, janubiy yarim sharda esa subtropiklargacha etib boradi. Shimoliy qutbiy mintaqalarda dengiz muzlari, ko`p yillik muzloqlar keng tarqalgan bo`lsa, janubiy qutbiy mintaqalarda asosan materik qoplama muzligi keng rivojlangan.
Geografik qobiq va uning chegaralari. Atmosferaning quyi qatlami — troposfera, litosferaning ustki g‘ovak qatlami, gidrosfera va biosferalarni o‘z ichiga olgan hamda o‘zaro ta’sir etib turadigan yaxlit qobiq Yerning geografik qobig‘i deb ataladi.
Geografik qobiqning yuqori va quyi chegarasini, uning qalinligini turli olimlar turlicha o‘tkazishadi va belgilashadi. Ko‘p olimlar geografik qobiqning yuqori chegarasini troposferaning yuqori qismidan o‘tkazishadi va uning qalinligini 30-35 km deb hisoblashadi. Aniqlanishicha, geografik qobiqning yuqori chegarasi ozon pardasiga, pastki chegarasi esa g‘ovak jinslarining tag qismiga to‘g‘ri keladi. Ozon pardasi Yerdagi organizmlarni Quyoshning ultrabinafsha nurlaridan muhofaza qiladi.
Geografik qobiqning xususiyatlari. Geografik qobiqning birinchi xususiyati, uning tarkibiy qismlari — litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalar doimiy ravishda o‘zaro aloqadorlikda bo‘lishi va bir-biriga ta’sir etishidir; ikkinchi xususiyati, modda va energiya almashinish jarayonining bo‘lib turishidir; uchinchi xususiyati, geografik qobiqda organik hayotning, jumladan, insoniyat jamiyatining mavjudligidir.
Geografik qobiqning rivojlanishiga Yerning tashqi va ichki energiyalari ta’sir etadi. Geografik qobiqda sodir bo‘layotgan barcha jarayonlarning asosiy qismi Quyosh energiyasi va kamroq qismi Yerning ichki energiyasi ta’sirida ro‘y beradi.
Geografik qobiqning tuzilishida modda va energiya almashinuvi muhim rol o‘ynaydi. Bunda litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalar o‘rtasida moddalar almashinishi ro‘y beradi. Masalan, okean suvi 3000 yilda bir marta yangilanadi. Atmosferadagi namning to‘liq yangilanishi uchun atigi 10 kun kerak bo‘ladi. Aylanma harakatdagi suv boshqa komponentlar bilan bevosita aloqada bo‘lib, geografik qobiqning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Geografik qobiqning vertikal va gorizontal tuzilishi ham uning asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi. Geografik qobiqning vertikal tuzilishi deganda, uning tarkibiy qismlari balandlik bo‘ylab joylashgan holatini tushunish lozim. Geografik qo- biqning gorizontal tuzilishi tabiat komplekslarining kenglik va uzunlik bo‘ylab tarqalishi va almashib kelishida namoyon bo‘ladi. Bunga iqlim mintaqalari, tabiat zonalari yaqqol misoldir.
Geografik qobiqda bir nechta tuzilish darajalari ajratiladi: geotarkibli, geosferali va geotizimli. Geotarkibli yoki eng oddiy tuzilish darajasi. Geotarkiblar – bu Er yozasidagi nisbatan bir xil xususiyatga ega bu’lgan moddiy hosilalar birlashmasidir. Asosiy va ikkinchi darajali geotarkiblar ajratiladi. Asosiy geotarkiblarga to\ jinslari, havo, suv, u’simlik va hayvonlar kiradi. Ikkinchi darajali geotarkiblarga esa tuproq, muz, muzloq gruntlar kiradi.
Geotarkiblar hosil bu’lishi, kimyoviy tarkibi va fizik xossalariga qarab bir-biridan keskin farq qiladi. Geografik qobiqda ilgari aytganimizdek, notirik, tirik va aralash moddalar ajratiladi Aralash (tirik va notirik moddalar birlashmasi) moddalarga tuproq, muz va muzloq grunt kiradi. Notirik (noorganik) moddalarga asosan to\ jinslari kiradi, ular Er pu’stida keng tarqalgan. Tirik moddalarga u’simliklar, hayvonotlar va mikroorganizimlar kiradi. Ular biosferada keng tarqalgan.
Geosferali tuzilma darajasi. Geosfera deb, asosan malum bir geotarkibdan tuzilgan Erning aniq bir qismlariga aytiladi. Geosferalar (geoqobiqlar) konцentrik bir-birini ichiga kirgan qatamlarni tashkil qiladi. Geosferalar litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferadan iborat. Litosfera zichligi yoqori bu’lgan va qattiq moddalardan iborat to\ jinslaridan tuzilgan.
Gidrofera esa suyoq moddalardan, yani suvdan iborat, atmosfera gazsimon moddalardan iborat. Biosfera esa tirik moddalardan tashkil topgan. Litosfera, gidrosfera va atmosfera tu’xtovsiz, yaxlit qobiqni hosil qiladi. Biosfera esa tirik mavjudodlar tarqalgan qobiq sifatida yaxlit qobiqni hosil qilmaydi, u boshqa qobiqlar tarkibiga kiradi va yoqorida aytilgan qobiqlarning tutashgan joyida yopqa qatlamni hosil qiladi. Mazkur geoqobiqlar orasida yaxlit qatlam hosil qiladigan asosiy qobiqlar va yaxlit qatlam hosil qilmaydigan ikkinchi darajali
qobiqlar ajratiladi. Ikkinchi darajali qobiqlarga krisofera (sovuqlik qobi\i), tuproq (pedosfera) va boshqalar kiradi.
Asosiy qobiqlardan faqat gidrosferagina geografik qobiqqa tu’la kiradi. Atmosferaning yoqori qismi va litosferaning quyi qismi Erda sodir bu’ladigan jarayonlarda qatnashmaganligi uchun ku’p olimlar tomonidan geografik qobiqqa kiritilmaydi. Ular Erda bu’ladigan jarayonlarga bevosita emas, balki bilvosita tashqi muhit sifatida tasir etadi. SHuning uchun atmosferaning yoqori qismi va litosferaning quyi qismi geografiya fani tomonidan chuqur
u’rganilmaydi. Demak, geografiyada atmosfera va litosfera haqida gapirilganda atmosferaning quyi qismi va litosferaning yoqori qismi tushuniladi.
Geografik qobiqda geosferalar (geoqobiqlar) moddalarning zichligiga qarab
qatlamsimon joylashgan. Zichligi yoqori bu’lgan moddalar pastda, zichligi kam bu’lgan moddalar yoqorida joylashgan. Ular Erdagi moddalarni o\irligiga qarab tabaqalanishi oqibatida vujudga kelgan va geografik qobiqni bu’ylama (vertikal) tuzilishini tashkil qiladi. Geotizimli tuzilma darajasi. Geotizimlar- geotarkiblarning u’zaro tasiri natijasida vujudga keladigan majmyali hosilalardir. Notirik geotarkiblarning u’zaro tasiri natijasida oddiy geotizimlar hosil bu’ladi. Masalan, muzliklar, daryo vodiylari va x.k. Muzliklar
atmosfera va gidrosferaning u’zaro tasiri natijasida hosil bu’ladi. Daryo vodiylari esa litosfera va gidrosfera hamda atmosferaning u’zaro tasiri natijasida vujudga keladi. Er yozasi uchun ku’proq turli xil geotarkiblarning u’zaro tasir natijasida vujudga keladigan tabiiy xududiy va tabiiy akval majmyalar xosdir.
Geotizimlilar hozirgi paytda faqat tabiiy tarkiblarni emas, balki antropogen omillarni ham u’z ichiga oladi. Natijada geografik qobiqda geotexnogen tizimlar vujudga kelmoqda.
Geotexnogen tuzilmalar tabiiy tarkiblardan va kishilik jamiyatidan iborat (shaharlar, sanoat markazlari, qishloq xu’jalik erlari, gidrotexnik inshoatlar va x.k.) Geotizimlar bir-biri bilan gorizontal (yozalama) yu’nalishda almashadi. Ular geografik qobiqning gorizontal (yozalama) tuzilishini hosil qiladi. Geotizimlar u’lchamlariga qarab uchga bu’linadi: planetar, regional, lokal. Umumiy Er bilimi geografik qobiqning bu’ylama va yozalama tuzilishini u’rganadi. Ammo geografik qobiqning yozalama tuzilishini faqat planetar darajada u’rganadi.
Geografik qobiq gorizontal (ku’ndalang) yu’nalishda issiqlik mintaqalariga, iqlim mintaqalariga, tabyat zonalariga va landshaftlarga bu’linadi.Shunday qilib, geografik qobiq murakkab tuzilishga va xususiyatlarga egs bo`lgan o`ziga xos geografik sistema ekan.
Xulosa
Do'stlaringiz bilan baham: |