§6. Tarjimonlikda interferensiya hodisasi
Tilshunoslikda interferensiya muammolari odatda ichki bog’lanishlarga bog‘liq bo'ladi va interferensiyaga “Ikki tilning o‘zaro qoidalari va o‘zaro bog‘lanishdagi me’yorlami buzilishi (ya’ni farq qilishi)” deb ta’rif beriladi.
“Interferensiya’’ atamasini tilshunoslik faniga Praga tilshunoslik maktabining olimlari kiritgan va bu atamaga kengroq ta’rif Vaynrayxning “Languages in contact"’ (“O ‘zaro muloqotdagi tillar”) asarida keltirilgan.
Ikki tilda yoki ko‘p tillarda muloqot yuritish interferensiyaning namoyon boiishiga muhim shartdir. Lingvistik (tilshunoslikdagi) interferensiyani keltirib chiqaruvchi bir tilni ikkinchi biriilga tarjima qilayotgan shaxsning o‘zidir. U bir til sistemasidagi ba’zi elementlar, fenomen (hodisa) va funksiya (vazifa)sini boshqa bir til sistemasidagi element va funksiyalariga moslashtirishga uringanda ma’noning buzilishiga va asliyatdan uzoqlashishga yo‘l qo‘yadi.
1950-yillarga qadar interferensiya tushunchasi psixolingvist-laming oldin o‘rgangan tajribasi ikki tilda muloqot yuritish sharoitida yangi tajriba yutuqlarini o‘zlashtirishga faqatgina salbiy ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblaganlar. Shunga qaramay hozirgi kunda interferensiya nafaqat salbiy, balki mahorat, tajriba, bilim va hattoki xotira sohalarida ijobiy ta’sir ham ko‘rsatadi deb hisoblanadi. V.N.Komissarov o‘zining “Problems of Interference in Theory of Translation” (“Tarjima nazariyasida interferensiya muammolari”, Moskva, 1984 y) asarida tarjima qilayotganda interferensiyaning barcha ko‘rinishlari: nomaqbul va maqbul elementlarini hisobga olish lozim deb yozadi.
Interferensiyani o‘rganishda nazariy va amaliy yutuqlarga e’tibor qaratgan holda, lingvistik interferensiya tushunchasida ijobiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan muloqot tillarining o‘zaro interferensiyasi tushuniladi va bu bir tilda ikkinchi til ta’siri ostida kelib chiqqan m e’yor tafovutini ikkinchi til ta’siri ostida bir tildagi odatlarning mukammallashuvi va kuchayishini ifodalaydi.
Lingvistik interferensiya 5 ta turga bo‘linadi: 1. fonetik; 2.
morfologik; 3. sintaktik; 4. leksik; 5. semantik.
Ammo tajriba shuni ko‘rsatadiki, tarjimalar o‘rganilayotganda tarjimonlar yo‘l qo‘ygan interferensiya turlari namoyon bo‘ladi:
Fonetik tovush yoki taqlid yo‘li bilan hosil qilingan (fonetik, fonologik va qayta ishlangan tovush) interferensiya - Dutch - Holland magazine - journal;
Orfografik interferensiyalar, boshqa bir tilda so‘zlami yozishdagi elementlarning interferensiyasi; appeal - apellyatsiya;
Grammatik (morfologik, sintaktik) interferensiya;
Leksik interferensiya;
Semantik interferensiya;
6. Stilistik interferensiya.
Til ichidagi interferensiya tarjima qilingan til ta’siri ostida namoyon bo‘ ladi: работа (ish) - work, работы - work (works emas)
- j o b emas, balki jobs bo‘ladi. (V.V.Alimov. “Теория перевода”,
Москва, 2005 у. 20- bet).
Ba’zan (murakkab) qo‘shma so‘zlardagi leksik - semantik
interferensiya bir tildan boshqa bir tilga qilingan tarjimada yo‘l qo‘yilgan leksik, grammatik, fonetik va boshqa xatolar sababli kelib chiqadi.
Foydali interferensiya ijobiy interferensiyalarni bir til sistemasini boshqa bir til sistemasiga o‘girilganda kelib chiqadigan interferensiyalar (morfemalar, so'zlar, iboralar) sifatida qo'llanilishi orqali tilda bir xil namoyon bo‘ladi.
Ona tilida (ya’ni tarjima qilinayotgan tilda) vujudga kelgan xatolami tartibga solish va uning ta’siri tarjima uchun juda muhimdir. Ona tilining ta’siri ko‘p hollarda ingliz va o‘zbek tillarida
ifodalanayotgan so‘zlaming semantik tuzilishi muvofiq kelishida namoyon bo‘ladi, misol uchun “to take” fe’lining barcha ma’nolari bilan o‘zbek tilidagi “olmoq” fe’lini ishlatilishi (imtihon olmoq - “to take an exam” o‘miga “to give an exam” boMishi lozim; dam olmoq - “to take a rest” o‘miga “to have a rest” qoMlaniladi) qo‘pol leksik xatodir, chunki “to take” fe’li bilan na shakl jihatdan, na uning semantik ma’nolarining tuzilishi jihatdan to‘g‘ri keladi.
Biz ko‘p hollarda leksik me’yorlarni interferensiyasiga duch kelamiz. Ona tilidagi semantik tuzilishdagi so'zning aynan ma’nosini ifodalovchi o‘zaro mos keluvchi so‘z ingliz tilida bo‘lmasligi mumkin. Misol uchun: Bu voqea menga katta maktab bo‘ldi. - “This event was a good school to me”ni o‘miga “This event was a good lesson to me” bo‘ladi.
Ingliz va ona tillardagi so‘zlarning leksik valentligi me’yoriy jihatlari ko‘p hollarda o‘zaro farqlidir va bu interferensiyaga sabab boMishi mumkin. Misol uchun, o‘zbek tilidagi “ko‘tarmoq” fe’li “qo‘I” va “stui” so‘zlari bilan birika oladi, ammo bu so‘zni ingliz tilidagi “raise” so‘zi bilan ifodalanganda, u faqatgina “hand” so‘zi bilan birika oladi, lekin “chair” so‘zi bilan emas (to lift a chair).
Bu interferensiyalami bilmagan tarjimon: “to lift a chair”ni o‘miga “to raise a chair” deyishi mumkin.
Sinonimlar va ularning ma’nolaridagi farqlarni qoMlash interferensiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Bu turdagi xatolar ona tilidagi bir so‘zni bir nechta sinonim qatorlari bilan ifodalaganda topish mumkin.
Misol uchun, o‘zbek tilidagi “qabul qilmoq” so‘zini ingliz tilida bir nechta sinonim qatorlari bilan ifodalash mumkin: “to accept”, “to admit”, “to adopt”, “to receive”, “to take”...
Biz bir tildar. ikkinchi tilga tarjima qilayotganimizda turli xil qiyinchiliklarga duch kelamiz. Ingliz tilidan o‘zbek tiliga yoki rus tiliga tarjima qilinayotganda so‘z birikmalariga e’tibor qaratish lozim. Tarjimaning qiyinchiligi so‘zni turli xil birikuvda qo‘llay olishda. Tarjima qilish usuli kontekstdagi leksik birliklarni to‘g‘ri anglay olishga bog‘liq. Misol uchun: 1. to take place - sodir bo‘lmoq
происходит; 2. to take care of - g‘amxo‘rlik qilmoq —заботится;
to take tea —choy ichmoq.
Tarjimada intematsional so‘zlarga ham e’tibor qaratish shart. Ularni tarjima qilishdagi qiyinchilik ulaming turli xil ma’nolariga duch kelishda. Misol uchun: a) Thousands of people participating in the meeting of the protest against H-bombs. - Minglab kishilar neytron bombasiga qarshi uyushtirilgan mitingda qatnashdilar.
— Тысячи людей участвовали в митинге протеста против нейтронных бомб.
Their last meeting was difficult. - Ulaming oxirgi uchrashuvlari juda og‘ir bo‘lgandi. - Их последняя встреча была трудной.
Birinchi gapdagi “meeting” so‘zi intematsional xalqaro so‘z sifatida qo‘llanilgan. Ikkinchi gapda halqaro so‘z sifatida qo‘llanilmagan. Tarjima qilish usuli kontekstdagi ma’nosiga bog‘liqdir.
Ingliz tilidan o‘zbek yoki rus tiliga so‘zlaming milliy bo‘yog‘ini tarjima qilish ham mushkuldir. Tarjima qilishdagi qiyinchilik ularni boshqa tillarda ekvivalentlari yo‘qligida. Tarjima qilish usuli transliteratsiya (bir alfavitdagi harflarni boshqa alfavitdagi harflari bilan yozish)dir, chunki pragmatik maqsad ingliz tilidagi milliy bo‘yoqni saqlab qolishdir. Misol uchun: The streets in London are measured by the mile. - London ko‘chalari milyalab o‘lchanadi. - Улицы Лондона измеряются в длину миль.
Leksik transformatsiya aksariyat kj^hiklarni tarjima qilishning usulidir. Misol uchun: Mr.Brownsfec*iped his knee painfully. - Janob Braun oyog‘ining tizzasini qattiq urib okH. - Мистер Браун сильно ободрал колено.
Bunda biz “scraped painfully” so‘zlarini ingliz, o‘zbek va rus tillarida o‘zaro birikuvidagi nomoslikni ko‘rishimiz mumkin.
Ba’zan ingliz tilidagi bo‘lishli gap o‘zbek yoki rus tiliga inkor (bo‘lishsiz) shaklida tarjima qilinadi. Misol uchun: “The case was of little consequence” - Ish biroz yaxshi emas edi. - Дело было неважной.
Tarjima qilishdagi qiyinchilik ingliz tilidagi “The case was of little consequence” gapi bo‘lishli shaklda boMganida, tarjima qilinayotganda boMishsiz shakldagi so‘zlar “yaxshi emas”, “неважный” qo‘llanilgan.
Tarjima qilishdagi qiyinchilik polisemantik predlog tufayli ham kelib chiqishi mumkin. Misol uchun: At the comer of the street Robert stopped for a glass of beer and a cigar. - Ko‘cha burchagida Robert bir stakan pivo ichish va sigaret chekish uchun to‘xtadi. - Робет остановился, чтобы выпить стакан пива и выкурить сигарету.
Bunda tarjima qilishdagi qiyinchilik xohish, istakni ifodalovchi polisemantik predlog “for” bilan bog‘liqdir. Predlogni o ‘zbek va rus tiliga tarjima qilinganda predlog ma’nosiga “ichish”, “chekish uchun”, “чтобы выпить, курить” so‘zlari qo‘shildi.
Tushirib qoldirish to‘g‘ri tarjima qilishning usullaridan biri. Misol uchun: Look at these houses. They are in an excellent state of preservation. - Mana bu uylarga qara! Ular juda yaxshi saqlangan. - Посмотри на эти дома! Они хорошо сохранились.
Tarjima qilishdagi qiyinchilik o‘zbek va rus tilida “state” so‘zining semantik qisqartirish bilan bog‘!iqdir. Bunda tarjima qilish usuli “state” so‘zini tushirib qoldirib, nutqning bir qismini otdan fe’lga o‘zgartirishdir: noun - verb - yaxshi saqlangan - хорошо сохранились.
Noaniq fe'l shakllarini tarjima qilish ham qiyindir. Misol uchun: Excuse my interrupting you. —Gapingizni bo‘lganim uchun uzr. —Извините, что перебил вас.
“My interrupting” gerundiyli ibora; grammatik shakllaming ifodalanishidagi kamchilik; tarjima qilish usuli grammatik transformatsiya yoki gerundiyli iborani ergash gapga almashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |