§5. Alisher Navoiy asarlarining jahon tillariga tarjimalari
XV-asrda, mumtoz adabiyotimiz gullab yashnagan davrida, tarjimonlikka bo‘lgan e’tibor yo‘qolmagan edi. Alisher Navoiy o‘zbek tilining rivojlanishiga katta xissa qo‘shgan. Buyuk o‘zbek
shoiri Alisher Navoiy adabiy va ilmiy asarlar bilan band bo‘lishiga qaramay u o ‘zining ustozi Abdurahmon Jomiyning “Chil hadis”, “Nafohot ul-uns”, “Nazm ul javohir“” kabi asarlarini turkiy tilga tarjima qilgan. Bulardan tashqari u Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asaridagi ba’zi hikoyalarni tarjima qilgan. XV—XVI-asrlarda Alisher Navoiyning asarlari tarjimonlaming e ’tiborini o‘ziga qaratgan. XVI-asrda uning “Majolis un-nafoyis” asari fors tiliga Faxri ibn Sulton tomonidan tarjima qilingan. Kristofer Armoni Alisher Navoiyning “Sabbai sayyor”ini tarjima qilgan va italyan tilida nashr qilgan. Keyinroq esa bu asarlar nemis, ingliz va boshqa Yevropa tillariga o‘girildi. Ingliz tarjimoni Edvard Braun, rus tarjimonlari Beresin, Bartold va boshqalar Alisher Navoiy asarlarini tarjima qilishgan. Aksariyat tarjimonlar so‘zma-so‘z o‘girishgan. Alisher Navoiy o‘zining “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida turkiy tillaming asoslari va boyliktaririi to‘liq tasvirlagan. U turkiy tilning sinonim so‘z!arining xilma-xil boyligini tahlil qildi va ularning fors tiliga turli xil yo‘l bilan tarjima qilib ko‘rsatib bera oldi. Buyuk o'zbek shoiri tarjimonlar o‘zlarining tarjimalarini so‘zma-so‘z emas, balki ma’noma-ma’no tarjima qilishga e’tiborlarini qaratishi lozim deb hisoblagan.
Alisher Navoiy asarlarining rus tilida 10 jildda nashr qilinishi bizning mamlakatimiz uchun buyuk adabiy-tarixiy voqea bo‘ldi. Bu nashr o‘zbek adabiyoti va tilining asoschisi, daho shoir Alisher Navoiyning xorijiy tilga o‘girilgan ilk tanlangan asarlari to‘plami edi. Jildlar tarkibida oidin va keyin qilingan tarjimalar o‘rir. olgan. “Tanlangan asarlar” to‘plamidan Alisher Navoiyning “Xazoin ul-maoniy” asariga kirgan “G ‘aroyib us-sig‘ar”, “Navodir ush-shabob”, “Badoye ul-vasat”, “Favoid ul-kibar” devonlari, “Xamsa”ga kirgan dostonlari o‘rin olgan. Ular do‘stlik va bag‘rikenglik kabi g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan. Navoiyning she’riy asarlari 38 ta tarjimon tomonidan o'girilgan. Ular ichida N .Lebedev, S.Ivanov va Rojdestvenskiylaming tarjimalari nafosati bilan ajralib turadi. V.Zvyaginseva, L.Penkovskiylar ham Navoiyning iirikasidagi chuqur falsafiy ma’no, romantizm, musiqiy ritm aslligini yaxshi
saqlashgan.
Mashhur shoir S.Lipkin “Layli va Majnun” dostoni tarjimasi ustida juda katta mehnat qildi.
S.Ivanov Navoiyning “Lison ut-tayr” asarini mahorat bilan o‘girdi.
Navoiyning ikki kitobi “Mahbub ul-qulub” (A.Rustamov tarjimasi) va “Muhokamat ul-lug‘atayn” (Malaxova) asl nusxadan rus tiliga asarlaming fikriy teranligi, so‘z boyliklari va ma’no tovlanishlarini saqlab o‘girganligi diqqatga sazovordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |