IV. TARJIMANING LEKSIK MUAMMOLARI
§1. Kontekst va uning tarjimadagi ahamiyati
//'^ M u q o b illa r ma’nosi ko‘p hollarda kontekstga bog‘liq bo‘ladi, ammo lug‘atga murojaat qilish ham muhimdir. Tarjimada so‘z ma’nolarini taxminiy tarjima qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. So‘z va uning ma’nolarini tarjimon yaxshi bilishi yoki ulami lug‘atdan topishi shart. Aks holda tarjimon “tarjimonning soxta do‘stlari” tuzog‘iga tushishi muqarrar. У.
Yuqoridata’kidlaganimizdek, asliyatdagi so‘zga qismanto‘g‘ri keladigan ekvivalentni topish ko‘pincha tarjima qilishda muammo 4 _yaratadi. Bunday so‘zlar odatda polisemantik, ya’ni ko‘pma’noli hisoblanadi. So‘z m a’nosining qaysi biri qoilanilganini aniqlash tarjimonning birinehi galdagi vazifasi hisoblanadi. Bunda tarjimonni adashishdan, noto‘g‘ri so‘z tanlashdan saqlaydigan til hodisasi bu - kontekst hisoblanadi. Ko‘chma ma’noda aytadigan bo‘lsak, kontekst tarjimonning yo‘lchi yulduzi, mayog'idir. Kontekst tarjimonning eng ishonarli quroli sanaladiffiilshunoslikda odatda kontekstning ikki - lingvistik va ekstralingvistik turi mavjud. Lingvistik kontekst o‘z navbatida ikki turga —keng va tor ma’nodagi kontekstlarga bo‘linadi. Tor ma’nodagi kontekst ibora va gap doirasida, keng ma’nodagi kontekst iboradan katta bo‘lgan birlik hamda butun bir matnni
o‘z ichiga olishi mumkiruJAksariyat hollarda so‘z ma’nosi kichik
kontekst doirasida aniqlanadL) 0‘z ma’nosida qo‘llangan so‘zlar
va ko‘chma ma’noda qoTlangan so‘zlarni tarjima qilishning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Kontekstda odatda so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llanmaganda, ya’ni ko‘chma ma’noda qoilanganda tarjima muammosi paydo bo‘ladi. Ba’zi hollarda §o‘z ma’nosini to‘liq
anglash uchun butun bir gapni tushunishimiz lozim boMadi. Ko‘p m a’noli so‘zlardan keragini tanlashda kontekstning ahamiyati katta.
‘Д — Masalan. ingliz tilidagi “bus” so‘zini olaylik. Bu so‘z ot ma’nosida
“avtobus yoki trolleybus” so‘zining qisqargan shakli, fe’l m a’nosida esa faqat Amerika va Kanadada “bolalami bir xududdan ikkinchi xududga avtobusda tashimoq” ma’nolariga ega. Bundan tashqari bu so‘z talabalar oshxonasidagi lavhalarda ishlatilib, “o‘z-o‘ziga xizmat qilish, ya’ni patnisni olib, uni ishlatib bo‘lgandan keyin bo‘shagan idishlar bilan joyiga olib borib qo‘ymoq” ma’nolariga ega.
Ba’zan lingvistik kontekst ekstralingvistik omillar bilan juda yaqin aloqada bo‘ladi. Lingvistik kontekst so‘z ma’nosini to‘liq ^ yoritib bera olmagan paytda namoyon bo‘ladi.' Masalan, Bernard R Shou qahramonlaridan biri shunday deydi: ... “He warns his interlocutor not to drive him too far, it i§ necessary to know that they are both sitting in the parlor and not in any vehicle”. Ingliz tilidagi “to drive” fe’li bu yerda biror holatga keltirmoq m a’nosida qo‘llangan. Gap neologizm haqida borganda ba’zan lingvistik kontekst ma’noni ochishda hech qanday ko‘mak bera olmay qolishi mumkin. Neologizm, ya’ni yangi so‘z yoki ibora, eski so‘zning lug‘atda ko‘rsatilmagan yangi ma’nosi paydo bo‘lganda tarjima tilida bu so‘zning muqobil varianti bo‘lmasligi mumkin. Masalan,
asrning 80-yillarida AQSH gazetalarida “Reagangate” so'zi qo‘llangan edi. Bu so‘zning ma’nosini tushunish uchun 1972-74 yillarda “Watergate”, Vashingtondagi bir xudud nomi bilan bog‘liq siyosiy janjalni esga olish lozim bo‘!adi. “Reagangate” AQSH prezidenti Ronald Reyganning davlatni boshqarishdagi ba’zi siyosiy usullarini ko‘rsatuvchi faktlar oilan bogiiq bo‘lgan tushuncha, yangi to‘qilganso‘zb o ‘lgan. Buso‘z ma’nosini tushunishda ekstralingvistik kontekstga murojaat etish “Reagangate” bu - saylov kompaniyasi davrida Ronald Reygan tomonidan qo‘llanilgan g‘irrom usul bo‘lib, bu usuidan Nikson ham bir marta foydalangan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, muayyan so‘z tarjimasi uning kontekstdagi tahiilidan boshlanadi va bu tarjimada tegishli va muqobil so‘zni tanlash imkonini beradi. Turli kontekstlar manba til, ya’ni asliyatdagi qo‘llangan so‘z ma’nosini ochishda qo‘l kelishi mumkin. So‘z tanlashda muammo, asosan, tarjima tilida asliyatda qo‘llangan so‘zga qisman muqobil bo‘ladigan so‘z to‘g‘ri kelganda hamda
muqobil so‘zning o‘zi yo‘q boMganda yuzaga chiqadi. Muqobili yo‘q so‘zlami tarjima qilish bir qator muammo yaratadi. Bu muammolami ijobiy hal etish tarjimondan chuqur bilim, mahorat, hamda tarjima usullarini yaxshi bilishni taqazo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |