II.O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanning asosiy maqsadi - bo‘lajak maxsus maktab o`qituvchilariga ona tilining fonetik xususiyatlari, talaffuz me’yorlari, lug‘at (leksik) boyligi, imlo qoidalari va grammatik qurilishi yuzasidan nazariy bilim berish, bolalar adabiyoti va bolalar folklori, o‘zbek va jahon bolalar adabiyoti haqaida ma’lumot berish, talabalarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish va savodxonligini oshirish, takomillashtirish yuzasidan amaliy malaka hosil qilishdir.
Fanning vazifasi – ona tilining barcha bo`limlari yuzasidan talabalarga nazariy bilimlar berish va amaliyotda qo`llashga o`rgatish, ona tilining davlat tili maqomini olishi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun materiallariga tayanish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartishlarni yetkazish, o‘zbek va jahon bolalar adabiyotining rivojlanish davrlarini tahlil qilish, jahon va o‘zbek bolalar adabiyoti namoyandalarining ijodini o‘rganish, o‘zbek va jahon bolalar folklori namunalarini o‘rganish, maktabgacha, maktab va kata maktab yoshidagi bolalar kitobxonligining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |