Kelib chiqishi. Rolli o‘yin teatr muhitida paydo bo‘lgan (YUnoniston: pergamentlarda tomosha voqealari), psixodrama va improvizatsion o‘yin orqali pedagogikaga yo‘l topdi. 1970-yillar boshida rolli o‘yin kasbiy ta’lim va o‘qituvchilar, tarbiyachilar hisoblangan. Ijtimoiy ishchilar sotsiologlar ishi uchun faol reklama qilindi, ammo kam ishlatilardi. 1970-yillar boshlaridan maktabda keng, ammo munozarali qo‘llanilishni oldi. Munozarali, chunki ba’zi o‘qituvchilar rolli o‘yinda tarbiya vositasini faqat rolga adaptatsiyada («faqat ijtimoiy rollar bajarilishi kerak») ko‘rishardi bu esa o‘sha vaqt va hozirgi tasavvurlar bilan umuman zid kelardi: rolli o‘yin istalgan rollarni mashq qilish bo‘yicha hech qanday alohida ko‘rsatmalarni va «tarbiya normalaridan cheklanishlarni bartaraf etishning ajoyib vositasini» bermaydi, balki rol va rol xillari birxilliklarining aks tomonida harakatning shakllarini ochib berishni ko‘zlaydi.
Qo‘llash sohalari.Rolli o‘yin hozirda ko‘p va tez-tez, ba’zi hollarda beparvolik bilan hamda noto‘g‘ri o‘tkaziladi. Metod o‘zini ko‘pgina mavzularda va barcha yoshdagi muassasalarda (bolalar bog‘chasi, maktab, oliy maktab, kattalarni o‘qitish, rahbarlar malakasini oshirish, trening, maslahat) oqladi. U pedagogik shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonlarini vujudga keltirishda va sog‘lomlashtirishning terapevtik jarayonlarida qo‘llaniladi. Ko‘pchilik o‘quv rejalarida /dasturlarida rolli o‘yinni qo‘llash tasdiqlanadi yoki rag‘batlan-tiriladi, chunki o‘quv kontekstida u barcha o‘quv va o‘rgatuvchi hodisalari uchun to‘ldirishni beradi. SHuning uchun rolli o‘yinni qo‘llash o‘qituvchilar malakasini oshirishdayoq ularni o‘zlariga amalga tadbiq etilishi kerak. Ko‘pchilik talabalar rolli o‘yinlarni faqatgina kompyuter o‘yinlaridan bilishadi. O‘qituvchilar bu faktni o‘zlari uchun qo‘llashlari mumkin, chunki shu orqali talaba avval o‘yinning mohiyatini mavzuga kirish va tanqidiy analiz uchun boshlang‘ich nuqta sifatida o‘zi anglashi mumkin bo‘ladi. Hozirgi vaqtda rolli o‘yinni sifatli ijtimoiy tadqiqotlar doirasida ishlab chiqarish o‘zgartirish jarayonlarini rejalashtirish, ma’lumotlarni yig‘ish metodi sifatida qo‘llash haqida muzokaralar olib borilmoqda.
Misollar. Konkret o‘quv o‘yinlarini topish uchun Internet tarmog‘iga murojaat qilish tavsiya etiladi: informatsion-qidiruv orqali «biotexnologiya rolli o‘yini» yoki «tarbiya uslubi rolli o‘yini» savolini kirgizish orqali maxsus yaratilgan rolli o‘yin uchun takliflarni topish mumkin. «Salomatlik» va «Ijtimoiy fanlar» predmetida «Tarbiya uslubi» mavzusida rolli o‘yinlarni o‘tkazish mumkin (turli vaziyatlarda tarbiyaning turli uslublarini ko‘rsatish: o‘qituvchi talabani ko‘chirish vaqtida «tutib qoldi», o‘qituvchi talabaning takrorlanadigan sababsiz kech qolishiga munosabatini bildiradi. «Texnika/texnologiya» fani bo‘yicha qiziqqan shaxslarning turli guruhlarini material yoki konstruksiya haqidagi munozaralari yoki mijoz, hamkasaba bilan suhbat ko‘rinishidagi rolli o‘yinni bajarish mumkin.