I bo’lim. XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi



Download 0,55 Mb.
bet6/8
Sana11.01.2017
Hajmi0,55 Mb.
#93
1   2   3   4   5   6   7   8

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni:

Bunda o’quvchilar 3 guruhga bo’lingan holda savol jaob qilinadi

1guruhga qoraqalpoqlar yashab kelgan hududlarni ayting

Qoraqalpoqlarning asosiy soliq va majburiyatlari haqida gapirib bering

Ajiniyoz

Taraqqiyparvarlik harakatinng rivojlanish bosqichlari

Abdulla Avloniy

2 guruhga qoraqalpoqlar urf odatlari haqida gapirib bering

Ernazarbiy qo’zg’oloni haqida nima bilasiz

Berdaq


Jadidchilik harakatining vujudga kelishi

Munavvarqori Abdurashidxonov

3 guruhga qoraqalpoqlar Turkiaton general gubernatorligi tarkibida

Qirqqiz dostoni

Tarbiyayi atvol jamiyati

Sho’roi Islomiya tashkiloti

Mahmudxo’ja Behbudiy

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 4

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni:

1.Amudaryo bo’limida qoraqalpoqlar aholining necha foizini tashkil qilgan?

A) 32,4 foiz B) 39,2 foiz

C) 48,6 foiz D) 56,8 foiz

2.XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlar qancha kishini tashkil qilardi?

A) 50 ming nafardan ortiq edi C) 200 ming nafardan oshmasdi

B) 100 ming nafardan oshmasdi D) 300 ming nafarga yaqin edi

3. Qoraqalpoqlar yashaydigan barcha hududlardan hunarmandlar va dehqonlar bozor bo’ladigan kunlarda o’z mahsulot-iarini sotish uchun qayerga kelishar edi?

A) Nukusga B) To’rtko'lga

C)Chimboyga D) Mo’ynoqga

4. Quyidagi shaharlardan qaysi biri Rossiya imperiyasi va Xiva xonligining asosiy iqtisodiy
markazlari bilan bog’langan edi?
A) Nukus B) To’rtko’l


C) Chimboy D) Mo’ynoq

5. 1914-yilga kelib qoraqalpoqlar yashaydigan joylarda nechta umumta'lim maktablari bor edi?

A) 4ta B) 8ta

C) 12ta D) 15 ta

6. Qoraqalpoqlarda sudlaming necha turi mavjud bo’lgan?

A) faqat bir turdagi sudlar bo’lgan C) uch xil turi bo’lgan

B) ikki xil turi bo’lgan D) to'rt xil turi bo’lgan

7. Qoraqalpoq arislari orasida eng yirigi qaysi edi?

A) o'n to’rt urug’ B) shulluk

C)joungur D) aris-qo'ngirot

8. "Qoraqolpoq ulusi" kim tomonidan shakllantirildi?

A) Eltuzarxon B) Muhammad Aminxon

C) Muhammad Rahim Bohodirxon D) Olloqulixon

9. "Qirqqiz" dostonidagi Guloyimning qal’asi qanday atalgan?

A) Alueli B) Xo’jayli

C) Muyeli D) Sarkub

10. Jadidchilar harakatining g’oyaviy otasi Ismoil G’aspirali Bey yashagan yashagan yillami aniqlang.

A) I848-1910-yiliar B) 1851-1914-yillar

C) 1856-1912-yillar D) 1860-1917-yillar

11. Ismoil Gaspirali Bey Buxoroning qaysi amiri huzurida bo’lgan?

A)Nasrullaxon B) Muzaffarxon

C) Abdulahadxon D) Sayid Olimxon

12. "Taraqqiy" gazetasining birinchi soni chiqqan kun hozirda o’zbekiston Respublikasida Matbuotchilar kuni sifatida nishonlanmoqda. Ushbu gazetaning birinchi soni qachon chiqqan?

A) 1902-yil 13-may C) 1906-yil 27-iyun

B) 1904-yil 25-avgust D) 1908-yil 16-oktabr

13. 1914-yilda Toshkentda ochilgan jadid maktablarining soni nechta bo’lgan?

A) 12ta B) 15ta

C) 22 ta D) 28ta

14. Jadidlar tomonidan tuzilgan birinchi partiyani aniqlang.

A) "Musulmon markaziy sho’rosi" C) "Sho'roi islomiya"

B) "Turkiston" D) "Yangi muhtoriyat"

15. Qaysi javobda jadidlar harakatining markazlari noto’g’ri ko’rsatilgan?

A) Andijon, Namangan

B) Buxoro, Samarqand

C) Toshkent, Farg’ona

D) QO’qon, Marg’ulon

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Birinchi jahon urushi va uning Turkistonga ta'siri

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; Birinchi jahon urushining boshlasnihi va unda Turkiston xalqining ishtiroki haqida, ta’siri , ko’ratilgan qo’zg’olonlar haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda urushga va qo’zg’olonni bostirishda zulmning kuchayishiga qarshi nafrat tuyg’usini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; Turkiston xalqining urushdagi ishtiroki



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: 1914-yil l-avgustda davlatlarning ikki guruhi: Antanta (Angliya, Fransiya va Rossiya) va Uchlar ittifoqi (Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya) o’rtasida Birinchi jahon urushi boshlandi. Rossiya urushga tayyor emasdi, ya’ni armiya jangovar tayyorgarlikka keltirilmagan, mamlakat iqtisodiyoti harbiy holatga o’tkazilmagan edi. O’q-dorilar yetishmasligi sezilib turar edi. Urushning birinchi yilidayoq Rossiya armiyasi ketma-ket qator og’ir mag’lubiyatga uchradi. Urush davomida qishloq xo’jaligi vayron bo’ldi, ekin maydonlari qisqarib ketdi, qishloqda ishchi kuchlar yetishmas edi. Temir yo’lda boshboshdoqlik hukmron bo’lib, amalda esa u harbiy davr yuklarini tashir edi. Butun xo’jalik aloqalari izdan chiqqan. Rossiya iqtisodiyoti urush va bunday ko’lamdagi harbiy harakatlar uchun zaif ekanligi ayon bo’ldi. Davlat moliyasi inqirozga yuz tutdi. Maorifga, madaniyatni rivojlantirishga xarajatlar kamayib ketdi va mayda kredit deyarli qolmadi. Faqat urushning bir yili davomida soliqlar miqdori 50 foizga ko ‘paydi. Talafotlar o’rnini to’ldirish va harbiy xarajatlar o’sishini qoplash maqsadida qo’shimcha mablag’lar izlar ekan, chor hukumati o’zi uchun ancha odatiy va eng oson bo’lgan yo’ldan, ya’ni o’z mus­tamlaka o’lkalarini talashdan, urush olib borish uchun sarf-xarajatlarning katta qismini o’z mustamlakalari, jumladan, Turkiston o’lkasi gardaniga yuklash yo’­lidan bordi. 1915-yildan boshlab, Turkistonda paxtaga o’zgarmas davlat narxlari joriy etildi, narxlar umumiy o’sishi sharoitida bu narx paxtakorlarning hosil yetishtirishdagi xarajatlarini qoplay olmas edi. 1914-1915-yillarda paxtaga ayirboshlanadigan bug’doy narxi 100 foizga, 1916-yilda esa 400 foizga ko’paydi, paxta narxi esa 50 foizga ko’tarildi, xolos. Bu ko’rsatkichlar paxtaning davlat uchun zarurligini, lekin paxtakorning taqdiri uni qiziqtirmasligini anglatar edi. O’z paxtasini boshqa narxlarda, ya’ni monopol narxlardan yuqori narxda sotishga harakat qilib ko’rgan paxtakorlarga qarshi mol-mulkni musodara qilishgacha bo’lgan "zo’ravonlik" choralari qo’llandi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Turkistonda 1916-yilgi qo`zg`alonlarning boshlanishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; Birinchi jahon urushining boshlasnihi va unda Turkiston xalqining ishtiroki haqida, ta’siri , ko’ratilgan qo’zg’olonlar haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda urushga va qo’zg’olonni bostirishda zulmning kuchayishiga qarshi nafrat tuyg’usini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; Turkiston xalqining urushdagi ishtiroki



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: 1916-yil mahalliy aholi zimmasiga "podshohota" foydasiga, uning urush olib borishi uchun "ko’ngilli" badallar to’lash majburiyati yuklandi. Bu badallar har bir uy, oiladan olinadigan majburiy soliqlarga aylanib qoldi. Bu soliqlar oddiy xalq daromadi uchun og’ir yuk edi. Urush davomida aholiga qo’shimcha soliqlar va natural majburiyatlar ham yuklandi. Turkistonda bu majburiyatlar butun mustamlaka xo’jaligining chuqur tanazzuliga olib keldi. Pulning qadrsizlanishi, bajarib bo’lmas soliqlar va sudxo’rlarning zo’ravonlarcha shartlari xalq azob-uqubatlarini haddan oshirib yuborgan edi. Ularning xo’jaligi tamomila zavolga yuz tutdi, bu esa iqtisodiyotning uzil-kesil barbod bo’lish havfini tug’dirdi. Dehqonlar yerni arzon-garovga sotib yuborardi, natijada ularning 50 foizdan ortig’i yersiz dehqonga aylandi. Qarzlari evaziga ularning yer haydovchi mollarini va mehnat qurollarini tortib olishardi. Qishloq xo’jaligi ahvoli yomonlashuvi oqibatida paxta hosildorligi tushib ketdi va mehnat unumdorligi ham keskin pasaydi. 1915-yil oxiri va 1916-yilda boshlangan qimmatchilikdan norozilik aholining barcha qatlamlarini qamrab oldi va xalq g’alayonlari kelib chiqa boshladi. Toshkentdagi "ayollar isyoni" haqidagi xabar tez kunda mamlakatga tarqab ketdi, bunda bolalari och qolgan ayollar savdo rastalarini vayron qilib tashlashdi. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashib ketishdi, politsiyachilarga qarshilik ko’rsatishdi, ba’zan ularni kaltaklashdi. Bu hokimiyat tanazzuli va Turkistonda milliy-ozodlik harakati yangi bosqichining boshlanishi bo’ldi. Keskin mojarolar ro’y bergan joylarga jo’natiladigan jazo guruhlari paydo bo’ldi. Turkistonda bir arzimas bahona bilan portlab ketgulik inqilobiy kuch yetarlicha to’planib qolgan edi.

1916-yil 25-iyunda e’lon qilingan podsho farmonida Turkistonda 19 dan 43 yoshgacha bo’lgan "mahalliy millatga mansub" erkaklarni harakatdagi armiya mintaqalarida mudofaa inshootlari qurish bo’yicha, shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur bo’lgan ishlarga jalb etish to’g’risidagi hujjatda "imperator oliy maqomda amr etishi ma’qul topildi", deyilgan edi. Farmondan keyin Turkiston general-gubernatori vazifasini bajaruvchi general Yerofeyev Ichki ishlar vaziridan mardikorlar olishni kechiktirmasdan va qisqa muddatda amalga oshirish to’g’risida ko’rsatma oladi. Mardikorlikka olishning "rekvizitsiya" shaklida podsho hukumatining mustamlakachilik siyosati va uning mahalliy aholiga nafrat bilan munosabatda bo’lishi yetarlicha aniq-yaqqol ifodasini topgan edi. Negaki, odatda narsalar yoki qoramollar - yem-xashak, yoqilg’i, otlar, aravalar tortib olinardi, endi esa "mahalliy millatga mansub" odamlar ham narsa yoki buyum sifatida tortib olinishi kerak edi. "Oliymaqom amr" asosida Sirdaryo, Samarqand va Farg’ona viloyatlaridan 250 ming kishi "rekvizitsiya" qilinishi mo’ljallangan edi.



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Jizzax qo`zg`aloni

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; Birinchi jahon urushining boshlasnihi va unda Turkiston xalqining ishtiroki haqida, ta’siri , ko’ratilgan qo’zg’olonlar haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda urushga va qo’zg’olonni bostirishda zulmning kuchayishiga qarshi nafrat tuyg’usini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; Turkiston xalqining urushdagi ishtiroki



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: 13-iyulda Jizzaxda Qo’zg’olon boshlandi. Xuddi shu kuni tinimsiz ishlagan telegraf ushbu bildirish harflarini yetkazib turgan: "Jizzaxda tartibsizliklar, simlar kesib tashlangan, o’qlar otilmoqda, madad yuborishingizni so’raymiz". Hukumat qo’shinlari Qo’zg’olonchilarga qarata o’q uza boshladi, bu narsa ularning qahr­g’azabini battar kuchaytirib yubordi. Qo’zg’olon butun uyezdni qamrab oldi. Temiryo’llar, ko’priklar, telegraf liniyalari va Lomakino stansiyasi vayron qilindi. Lomakino va Obruchevo stansiyalari o’rtasidagi temiryo’l shoxobchasi qo’shinlar yo’lini to’sib qo’yish uchun buzib tashlandi. Obruchevo stansiyasida tungi qattiq janglar bo’ldi. Har ikki tomondan ham o’ldirilganlar va yarador bo’lganlar ko’p edi. Jizzax Qo’zg’olonchilariga qarshi yirik harbiy qismlar va ikkita artilleriya batareyasi tashlandi. Qurolsiz isyonchilarni hatto to’plar na’rasi ham cho’chita olmasdi. Ayovsiz jangga tayyorgarlik ko’rgan Qo’zg’olonchilar o’z oilalarini tog’larga jo’natib yuborgan edilar. QO’ZG’OLONNING BOSTIRILISHI. Viloyatning hamma joylaridan Jizzax qo’zg’olonchilari uchun madadga yetib kelishardi. Jazolovchilarga qarshi ular qurolsiz holda tashlandilar. 16-iyulda podsho hukumati qo’shinlari tevarakdagi qishloqlarga o’t qo’yishdi, eski Jizzax markazi ham yondirib tashlandi. Ammo Qo’zg’olonchilar taslim bo’lishmadi. Kurash qattiq bo’ldi, Qo’zg’olonchilar oxirigacha turib berishdi. Faqat 18-iyulda chor qo’shini Jizzax shahrini egalladi. Ko’pgina qishloqlar butunlay vayron etildi. Dehqonlarni, shaharliklarni tergovsiz va sud qilmasdan otib tashlayverdilar. Halok bo’lganlarni kechalari qarindoshlari tog’dan tushib, olib ketib, dafn etishardi. 1916-yilgi Qo’zg’olonning asosiy harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar ommasi bo’lgan. Unda shahar kambag’allari - qora ishchilar, kosib-hunarmandlar, mardikorlar, chorakorlar ham faol ishtirok etdi. Butun Turkiston o’lkasida harbiy holat e’lon qilindi. Jazolovchilar temiryo’l bo’ylab qo’zg’olon bo’lgan barcha mintaqalaridan o’tdilar. Mustabid hukumat Qo’zg’olonga yaxshi qurollangan armiyani tashladi. 25-iyulga kelib, hamma joyda qo’zg’olonlar bostirildi, Qo’zg’olonchilar ayovsiz jazolandi. Ayniqsa, Jizzax aholisidari shafqatsiz o’ch olindi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Turkistonda 1916-yilgi voqealarning ahamiyati va oqibatlari

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; Birinchi jahon urushining boshlasnihi va unda Turkiston xalqining ishtiroki haqida, ta’siri , ko’ratilgan qo’zg’olonlar haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda urushga va qo’zg’olonni bostirishda zulmning kuchayishiga qarshi nafrat tuyg’usini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; Turkiston xalqining urushdagi ishtiroki



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni:

Mazku qo’zg’olonlarga Rossiya imperiyasi vakillaridan biri Kerenskiy “Urush frontlariga yangi bir Turkiston fronti qo’shildi” deb, o’lkadagi vaziyatga baho bergan.

Qo’zg’olon xalq ommasi uchun juda katta yo’qotishlarni olib keldi. Birinchidan, Jizzax atrofidagi aholisi qo’zg’olonda qatnashgan qishloqlar yondirilib yuboril, natijada, aholining kop’chiligi uy-joysiz qoldi. Ikkinchidan. Qo’zg’olon yoz faslida bo’lib o’tganligi bois, ekinzorlar, qishloq xo’jaligi mahsulotlari nobud bo’ldi. Buning natijasida Turkiston aholisi 1916-1917 yil qish oylari uchun g’amlaydiham oziq-ovqat zahirasining katta qismidan ayrildi. Uchinchidan qo’zg’olon natijasida aholi orasida ko’plab qurbonlar bo’ldi.

1916-yilgi Qo’zg’olon o’zbek xalqining podsho hukumati va Rossiya mustamlakachiligiga qarshi milliy-ozodlik harakatining cho’qqisi bo’ldi. Qo’zg’olonchilar aniq rejasi bo’lmagani tufayli tarqoq hujum qilishdi. Biroq Qo’zg’olon kamchiliklari va yaxshi tayyorlanmaganligiga qaramay, Turkistonda milliy-ozodlik harakati rivojlanishida muhim bosqich bo’ldi. U Turkiston mehnatkash ommasi chorizmga qarshi yalpi ozodlik harakati yo’liga kirganini namoyish etdi. Qo’zg’olonchilar chorizmning mo’min-qobil va mute qullari bo’lib qola olmasliklarini isbotlashdi. 1916-yil Qo’zg’olonining tarixiy ahamiyati ham shundadir, kun tartibida endi qurolli kurash turar edi.



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Buxoro amirligining davlat tuzimi va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; XX asr boshlari Buxoro amirligining ichki va tashri siyosati, xalq turmush tarsi va ujtimoiy hayot haqida

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga qiziqtirish

Rivojlantiruvchi maqsad; Buxoro misolida davlat rivojlanish tarixini o’rganish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: XIX asr oxirida Buxoro amirligi aholisi 2 million kishi atrofidabo’lgan. Uning tarkibiga Zarafshon vodiysi, Qashqadaryo, Surxondaryo vohasi va hozirgi Tojikiston hududining ayrim viloyatlari, hozirgi Turk­manistonning Murg’obgacha bo’lgan bir qismi kirar edi. Shahar va qishloqdagi aholining ko’pchilik qismida o’zbeklar, tog’ va tog’oldi joylarida tojiklar yashar, Marvning janubiy hududlarida turkmanlar, shimoliy va sharqiy yerlarda qozoq va qirg’izlar yashar edi. Rossiya bilan 1868-yilgi shartnoma Buxoro amirligi taqdirini tubdan o’zgartirib yubordi. Sobiq "islom gumbazi" suverenttet va mustaqillikdan mahrum bo’lib, Rossiyaga qaram va mute bir davlatga aylanib qoldi. Garchi siyosiy mustaqilligidan mahrum bo’lsa-da, Buxoro amiri o’z fuqarolari ustidan cheklanmagan hokimiyatini qo’lida saqlab qolgan edi. 1885-yil Buxoroda ish boshlagan "Rossiya imperatorining siyosiy agentligi" amir va uning amaldorlari faoliyatini nazorat qila boshladi.

Barcha amaldorlar qushbegi tomonidan, faqat oliy amaldorlargina amirning o’zi tomonidan tayinlanar edi. Xazina va zakot yig’imini boshqargan devonbegi lavozimi ahamiyati va mavqei jihatidan qushbegidan keyin turardi. Uning ixtiyorida 300 dan ziyoti amaldor bo’lgan. Sudlov, notariat ishlarini, ruhoniylar va ta’lim muassasalarini boshqargan boshqozi diniy-sudlov ishlariga rahbarlik qilardi. Sud hokimiyatiga amirning o’zi rahbarlik qilardi. Sud tizimida amirdan keyin ko’rib chiqilayotgan ish yuzasidan fatvo (xulosa) tuzuvchi muftiylar devoniga rahbarlik qiluvchi bosh qozi turardi. Joylarda sud hokimiyatini qozilar jdora etardi. Politsiya hokimiyati esa mirshablar (tungi qorovullar boshliqlari) qo’lida jamlangan edi. Oliy amaldorlar qatoriga qonunlar ijro etilishi, din musaffoligi va axloq muhofazasi, shuningdek, bozordagi tarozilar va o’lchovlar ustidan nazorat qiluvchi rais ham kirardi. Rais bosh qoziga bo’ysunardi. Bosh rais amir va bosh qoziga ma’lumot bilan shaxsan kelishi mumkin edi. U chala oliy amaldor - qushbegi, devonbegi va bosh qozi har doim Buxoroda bo’lishi lozim edi. Beklar va ularning mol-mulkini harbiy ta’lim ko’rgan askarlar - navkarlar qo’riqlashardi. Mahalliy ma’muriyat - aminlar, oqsoqollar hamda bekliklar vakillari va amir farmonlarini ijro etishi shart bo’lgan ruhoniylardan iborat edi.



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Yosh buxoroliklar faoliyati va Buxoro amirligining tugatilishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; Buxoroda yosh buxoroliklar harakati va Buxoro amirligining qulashi haqida

Tarbiyaviy maqsad; inqilobning salbiy tomonlarini tushuntirish

Rivojlantiruvchi maqsad; Buxoro amirligi yo’l qo’ygan xato va kamchiliklar haqida



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish