O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni: Rossiya imperiyasi hukumati Toshkent shahrini egallab olganidan keyin o’z mustamlakachilik hukmronligini qaror toptirishga intilib, zudlik bilan tegishli ma’muriy hokimiyatni ta’sis etishga kirishib ketdi. 1865-yil 6-avgustda Aleksandr II "Turkiston viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom"ni tasdiqladi. Hokimiyatni tashkil etuvchi tizim "harbiy-xalq boshqaruvi" deb yuritilgan. Mahalliy hokimiyat boshlig’i bo’lmish harbiy gubernator qo’lida harbiy va fuqaroviy hokimiyat jamlangan edi. Harbiy gubernatorni "yarimpodsho" deb atagan mahalliy aholi u O’rta Osiyoda chinakam podsho ekanligiga urg’u berar edi. Joylarda ma’muriyatga rahbarlik qilgan bo’lim boshliqlari ayni mahalda harbiy komendantlar ham bo’lishgan. Rossiyalik amaldorlardan tayinlangan mahalliy aholini boshqaruvchilar ularga bo’ysunar edi. Bu shaxslar mahalliy aholi ustidan umumiy politsiya nazoratini amalga oshirar edi. Mahalliy xalq ma’muriyati esa (ular tuzem, ya’ni mahalliy ma’muriyat deyilardi) yordamchi rolini o’ynardi. Mahalliy aholiga boshchilik qilgan oqsoqolga esa xonadon sohiblari tomonidan saylanuvchi shahar, tuman oqsoqollari bo’ysunar edi. Politsiyachilik vazifalarini esa raislar bajarar edi. Raislar bozordagi savd-osotiq va jamoat tartibi ustidan nazorat qilib borardi. Soliqlar yig’imini amalga oshirgan zakotchi lavozimi ham alohida joriy etilgan edi. Mahalliy xalq uchun qozilar sudi, ko’chmanchi aholi uchun esa biylar sudi saqlanib qoldi. Qozilar uch yil muddatga saylanardi. Rossiyadan kelgan aholi podsholik sudlarida sud qilingan. Rossiya imperiyasi ma’muriyatining mahalliy aholiga ta’sirini kuchaytirish maqsadida 1866-yil Toshkentda o’ziga xos muassasa - mahkama joriy etilgan. Mahalliy aholi vakillaridan saylangan qozi va 7 nafar a’lam uning tarkibiga kirgan. Ana shu maqsadda chor ma’muriyatiga taklif etilgan 200 dan ziyod boy-badavlat va nufuzli shaharliklar mahkama a’zolarini saylab qo’yishgan. Mahkama a’zolari podsho hokimiyatining ishonchli va sadoqatli yordamchilari bo’lishgan. Mahkama faoliyatini maxsus podsho amaldori nazorat qilar edi. 1867-yil iyulda Rossiya imperiyasi tarkibida Turkiston general-gubernatorligini tashkil etish to’g’risida qonun qabul qilindi. Turkiston general-gubernatorligining markaziy boshqaruvi general-gubernator devonidan tashkil topgan edi. U harbiy qo’shinlarga qo’mondonlik vazifasini ham bajarar edi.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf
I.Mavzu: Turkiston o’lkasida Rossiya imperiyasining yer-suv siyosati
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; 1886 yilgi “Nizom”ga ko’ra O’rta Osiyoda amalga oshirilgan yer-suv islohatlari haqida
Tarbiyaviy maqsad; bosqin natijasida diniy yerlar va urf-odatlarning oyoq osti qilinishi
Rivojlantiruvchi maqsad; Rossiya bosqinchilarini boshqa bosqinchilar bilan solishtirish
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni: O’rta Osiyoda agrar siyosati borasida muayyan, aniq ishlab chiqilgan siyosati bo’lmagan. Ba’zida yerdan foydalanishdagi mayda o’zgarishlar, yerga oid ikkinchi darajali munosabatlar to’g’risida nizomlar, farmonlar, paydo bo’lib qolar, ammo 1886-yilga qadar aniq rejali ishlar amalga oshirilmagan edi. Mustamlaka hukumati Turkiston o’lkasida agrar islohot o’tkazish borasida shoshilinch choralar ko’ra boshladi. Sharqda agrar masala asosiy masala bo’lib, u faqatgina iqtisodiy va ijtimoiy emas, balki siyosiy masala ham edi. Yerning kimga tegishli ekanligi, mulkdorlik shakllari davlatning ichki va tashqi siyosatini belgilab berardi. 1886-yilgi "Nizom"da Turkiston o’lkasining yer tuzilishi" degan maxsus bo’limi bo’lib, o’lkadagi yer xo’jalik munosabatlarni tamomila o’zgartirib yubordi. 255-moddaga ko’ra, Turkiston o’lkasi yerlari, o’rmonlar va yer osti qazilmalari ham davlat mulki deb e’lon qilindi, demak, ular Rossiya mulkiga aylandi. Bulardan foydalanish esa imperiyaning umumiy qonunlari bilan belgilab qo’yildi.
Rossiya imperiyasi hukumati xuddi Samara yoki Orenburg guberniyalari singari o’zining ajralmas bir qismiga aylanishi shart bo’lgan "Yangi Turkiston"ning ulkan loyihasini rejalashtirgan edi. Shuning uchun ham 1886-yildagi "Nizom"da rus manzilgohlari qurishga alohida e’tibor qaratilgandi. 295-moddada aytilishicha, hukumat tasarrufida qolayotgan bo’sh turgan davlat yerlariga "ularga rus aholisini joylashtirishda muhim ahamiyatga" ega bo’lgan. O’lkaning ular kelib joylashishi mumkin bo’lgan joylarini belgilab berish esa general-gubernator ixtiyorida qoldirilgan edi. "Nizom"da Turkiston o’lkasiga ko’chib kelishi uchun faqat Rossiyaning nasroniy diniga mansub qishloq aholisiga ruxsat berilishi alohida ta’kidlangan edi. Ko’chib kelgan aholi 5 yil davomida soliqlardan ozod etilgan, yana 5 yil davomida soliqlarning yarmini to’lagan. Rossiyadan ko’chib kelganlar qishloq aholisi bo’lib, ular 100 oiladan qilib joylashtirilar va ma’muriyat shu yerda maktablar va cherkovlar qurishga mablag’ ajratar edi.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf
I.Mavzu: Turkistonda sud tizimining tashkil etilishi
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; O’rta Osiyoda saqlanib kelinayotgan qadimiy sud ko’rinishlari, ularning o’tkazilish tartiblari haqida
Tarbiyaviy maqsad; sud ishlarining jamiyat hayotidagi o’rni haqida
Rivojlantiruvchi maqsad; hozirgi sud tartiblari bilan solishtirish
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni: Har bir mustamlakachi davlat mustamlakachilik manfaatlarini himoya qilish uchun xatti-harakatlari va olib boradigan siyosatini huquqiy asoslash maqsadida o’z sudlov idoralarini tashkil qilgan. Sud idoralari yana boshqa bir ahamiyatga ham ega edi: ular asoratga solingan davlatni metropoliya (mustamlakachi markaz; Rossiya)ga huquqiy rishtalar bilan chambarchas bog’lab tashlashi va tobora an’anaviy huquqiy munosabatlarni siqib chiqaruvchi mustamlakachi davlat qonunlari bo’yicha yashashga majbur qilishi lozim edi. Masalan, Angliya Hindistonda ingliz huquqshunoslik tizimini joriy etgan. Yirik hind huquqshunoslari, advokatlari ingliz huquqshunoslik maktabida ta’lim olishdi, Angliyaning eng yirik universitetlarida tahsil ko’rishdi, ko’p hollarda o’zlarini ingliz mustamlakachilik boshqaruv tizimi bilan bir umrga bog’lashdi. Rossiya boshqacha yo’ldan bordi. 1867-yilgi "Nizom" loyihasi Turkiston o’lkasida o’ziga xos sudlov tizimini amalga kiritdi. U quyidagi pog’onalarni o’z ichiga olgan edi” qozilar sudi vat “xalq" sudlari uyezd sudlari, muvaqqat harbiy-sudlov komissiyalari, viloyat boshqaruvining sud bo’limlari va Devonning sudlov bo’limi. Xonlik (amirlik)larda shariat sudlari yoki keyinchalik rus tadqiqotchilari atay boshlaganidek, qozilik sudlari (qozixona)ning mavjudligi ularning jamiyat -davlat tuzilishining juda muhim elementi edi. Dunyoviy huquq nuqtayi nazaridan sudlar qat’iy sud muassasasi emasdi: ularning tergov, prokuratura va advokatura organlari yo’q edi. Biron-bir joyda qozilarni tayinlash, ishdan olish va ularning soni xon (amir) yoki bek (viloyat, muzofot hokimi)ning ixtiyoriga bog’liq edi. Davlat boshlig’i qozikalonni tayinlar, u boshqa qozilarning boshlig’i hisoblanardi. Biroq u o’ziga tobelarning ishiga aralashmasdi. Qozilar chiqargan qaror uzil-kesil bo’lib, apellatsiya ko’zda tutilmagan edi. Qiyinchilik yuzaga kelgan chog’dagina qozi ishni ko’rib chiqish uchun qozikalonga berishi mumkin bo’lgan. Qozikalon esa ishni ko’rib chiqishni ilohiyotchi olimlar hukmiga havola qilgan.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf
I.Mavzu: Nazorat ishi – 2
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish
Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish
Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa
c) yangi dars daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
IX.Yangi mavzu bayoni: 1. Farg’ona vodiysining bosib olingan yerlarida kimning boshchiligida Turkiston general gubernatorligining Namangan bo’linmasi tuzilgan?
A) Golovachev C) Krijanovskiy
B) Kaufinan D) Skobelev
2 Rus bosqini davrida Andijonda hokimiyatni
Qo’lga olgan Po’latbek kim edi?
A) Xudoyorxonning o’g’li C) Abdurahmon Oftobachining amakisi
B) Nasriddinxonning ukasi D) Xudoyorxonning jiyani
3. Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoning bosob olinishi to’rt bosqichda amalgam oshirilgan edi. Quyidagi voqealardan
qaysi biri birinchi bosqichda amalga oshirilmagan?
A) Qo’qon xonligining shimoliy viloyatlari bosib olindi
B) Buxoro amirligi bosib olindi
C) Toshkentni zabt clisliga urinish bo’lib o’ldi
D) Orenburg gcncral-gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyati tuzildi
4. O’rta Osiyoga Rossiya bosqinining nechanchi bosqichida Xiva xnligi bosib olinib, Qo’qon xonligini tugatish bilan yakunlandi?
A) birinchi bosqichida C) uchinchi bosqichida
B) ikkinchi bosqichida D) to’rtinchi bosqichida
5. O’rta Osiyoga Rossiya bosqinining nechanchi bosqichida jangovor harakatlar asosan hozirgi Turkmaniston hududida olib borilgan?
A) Ikkinchi bosqichi (1865-1868) C) Uchinchi bosqichi ( 1873-1879)
B) Birinchi bosqich (1847-1864) D) To’rtinchi bosqich ( 1880-1885)
6. Buxoro amirligi bilan ruslar O’rtasidagi birinchi jang 1866-yilning ......... Erjar shahri yaqinida bo’lib o’tdi.
A) 8 may kuni B) 17 may kuni
C) 17 iyun kuni D) 17 iyulkuni
7. 1866 yilning 12 oktyabrida rus Qo’shinlari qayerga hujum boshladi?
A) Balx B) o’ratepa
C) Xo’jand D) Jizzax
8. 1868 yil 1 may kuni qayerda jang bo’lib o’tdi?
A) Samarqandda C) Zirabuloq tepaligida
B) KattaQo’rg’on shahrida D) Cho’ponota tepaligida
9. Ruslar Xiva xonligiga necha nafar askar bilan bostirib kirgan?
A) 10 mingdan ziyod C) 15 mingdan ziyod
B) 12 rningdan ziyod D) 18 raingdan ziyod
10. ............ 6 avgustda Aleksandr II "Turkiston viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizora"ni tasdiqladi.
A) 1865 yil B) 1866 yil
C) 1867 yil D) 1868 yil
11. 1866 yil Toshkentda o’ziga xos muassasa-mahkama tashkil etilgan edi. Uning tarkibiga necha nafar a'lam kirgan?
A) 7 nafar B) 9 nafar
C) 12 nafar D) 15 nafar
12. "Turkiston viloyatini idora qilish
to’g’risidagi Muvaqqat Nizom"ga ko’ra mahalliy aholi uchun qanday sud tashkil etildi?
A) Harbiy komendantlar tashkil etildi C) Biylar sudi saqlab qolindi
B) Imperiya sudi tashkil etildi D) Qozilar sudi tashkil etildi
13. "Turkiston viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizomga ko’ra uchastkalar kim tomonidan oshqarilgan?
A) komendantlar C) pristavlar
B) raislar D) yuzboshilar
14. ......... Toshkentda "Shahar nizomi" joriy qilindi?
A)1877yil B) 1875 yil
C) 1867 yil D)1886yil
15. 1886 yilgi "Nizom"ga ko’ra ko’chib kelgan rus aholisi necha yil soliqdan ozod etilgan?
A)2yil B)3yil
C) 5 yil D)10 yil
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf
I.Mavzu: Turkistonda harbiy-politsiya tartibotining o’rnatilishi
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; chor Rossiyasi tomonidan amalga oshirilgan harbiy politsiya tartiboti haqida
Tarbiyaviy maqsad; harbiy politsiya tartiboti davrida mahalliy aholi ahvoli haqida
Rivojlantiruvchi maqsad; politisiya tartiboti davrida amalga oshirilgan noqonuniy ishlar haqida
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni: Sudyalar saylab qo’yilishining joriy etilishi vaziyatni tamomila o’zgartirib yubordi. Saylovlar tevaragida ko’pincha zo’ravonlarcha xatti-harakatlar hamda ur-sur bilan kechadigan kelishmovchiliklar va nizolar boshlandi. Agar mustamlaka zamoniga qadar lavozimga tayinlash nomzodlarni yaxshilab tanlab olish, aholi orasida uning ishonchga sazovorligi va munosibligi e’tirof etilishi asosida bo’lsa, saylab qo’yish tizimi bu talabni bo’shashtirib yubordi. Endi hamma narsa nomzodning mustamlakachi ma’muriyatga sodiqligiga bog’liq bo’lib qolgan, saylov natijalarini ham uning o’zi tasdiqlar edi. Saylovlar hamma vaqt ham xolis bo’lmas va aholi fikrini aks ettirmas edi. Qozilik va biylik serfoyda mansabga aylandi. Qozilar va biylar mustamlakachi ma’muriyat qaramog’iga o’tishdi va unga xizmat qila boshlashdi. Albatta, mustamlakachi ma’muriyat ularning faoliyatiga aralashmas, ammo qozilar va biylar saylab qo’yilishining o’ziyoq ularni Turkiston o’lkasi ma’murlarining sadoqatli xizmatkorlariga aylantirdi. 1886-yilgi "Nizom" Turkiston o’lkasi sud tizimiga katta o’zgartirishlar kiritdi. Qozilar sudi saqlanib qoldi, uyezd sudlari bekor qilindi va ularning o’rniga shahar va zemstvo boshliqlari tomonidan tayinlanadigan uchastka mirovoy sudyalari (sudlari) tuzildi. Viloyat boshqaruvining sud bo’limlari viloyat sudlari bilan almashtirildi. Sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi. Viloyat sudlari jinoiy va fuqarolik ishlarini hal etar edi. 1898-yilda sudlov tizimida yangi o’zgarishlar joriy etildi. "Turkiston o’lkasi viloyatlarida sud nizomlarini qo’llash qoidalari"ga muvofiq viloyat sudlari tugatildi va ularning o’rniga okrug sudlari va butun Turkiston o’lkasi Bosh sud bosqichi huquqlari bilan mustahkamlangan Toshkent sud palatasi tuzildi. Toshkent sud palatasi faqat imperiyaning oliy sud bosqichi - hukumat Senatiga bo’ysunar edi. Okrug sudlari Turkiston o’lkasining besh viloyatida joriy etildi. Ularning tarkibi sud raisi, uning o’rinbosari. va sud a’zolaridan iborat bo’lgan. Jazo chorasini sudyalar va ikki sud a’zosi tayinlardi. Ularning qarori ustidan apellatsiyani Rossiyada oliy kassatsion instansiya bo’lgan hukumat Senati ko’rib chiqar edi. Birinchi jahon urushi boshlanishidan oldin shariat sudlarining roli va ahamiyati to’g’risidagi uzoq munozaralardan so’ng Turkiston o’lkasida ularni bekor qilish to’g’risida qaror qabul qilindi. Bu haqidagi xabar tub aholinigina emas, balki rus ma’muriyatining shu o’lkaga mehr qo’ygan va yaxshi bilgan vakillarining ham g’azabini keltirdi.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf
I.Mavzu: XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Turkistonda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; XIX asr oxiri va XX asr boshalrida Turkistonda amalga oshirilgan sanoatlashish jarayonlari
Tarbiyaviy maqsad; chor Rossiyasining sanoatning bir yoqlama rivojlantirishga urunishi
Rivojlantiruvchi maqsad; bir yoqlama sanoatning kamchilik va nuqsonlari haqida.
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni: O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi 1885-yilda Pomir posti tasdiqlanishi va Afg’oniston chegarasi belgilanishi bilan hujjatli ravishda yakun topdi. Kaspiy dengizidan Pomirgacha bo’lgan barcha hudud chegaralab chiqildi, uning shimoli, garchi Buxoro va Xiva zohiran mustaqil ko’rinsa-da, Rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylandi. Rossiya kapitalizmi jahon kapitalizmining eng qoloq qismi edi. Nikolay II hukumatida yangi mustamlakalarga qo’yish mumkin bo’lgan sarmoya yo’q edi. O’rta Osiyoda katta armiya tutib turilar, harbiy yurishlar uzluksiz olib borilar, buning uchun katta xarajatlar talab qilinar edi. O’rta Osiyoda kapitalizm rivojlanishining-xususiyati Rossiya sarmoyasining yarmidan ko’pi sanoatga emas, eng ko’p foyda olish kafolatlangan savdoga qo’yilgandi. Ishlab chiqarishga sarmoya qo’yish bu darajada samara bera olmasdi. Olingan ulkan foyda ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflanmas, balki amalda to’lig’icha Rossiyaga oqib borardi. Sanoatga qo’yilgan mablag’ning 30 foizi paxtaga dastlabki ishlov berishga sarflanardi. Bu xomashyoni qayta ishlashning birgina qismini – tozalash yoki moy ishlab chiqarishni anglatardi. Keyingi ishlov Rossiyaning sanoat korxonalarida davom ettirilardi. Xomashyoning boshqa turlari - jun va teriga ishlov berishda ham ahvol shu edi, mahalliy zavodlarda ularga ishlov berishning dastlabki bosqichi bilan shug’ullanilardi. Turkiston general-gubernatorligida 600 zavod ishlab turardi, qo’l mehnati ko’p bo’lgani uchun ularni nisbatangina zavod deb atash mumkin edi. Bu korxonalarda 20 ming ishchi ishlardi, ya’ni har bir zavodga ko’pi bilan 35 kishidan to’g’ri kelardi. Mahalliy sanoat ishchilari xonavayron bo’lgan dehqonlar yoki ishsiz qolgan hurtarmandlar hisobidan ortib borar edi. Rossiyadan sanoat mahsulotlari keltirilishi munosabati bilan Turkistonning kosib-hunarmandchiligi asta-sekin siqib chiqarilmoqda edi. Korxonada ish kuni 16 soat davom etardi. Ishchilar huquqini himoya qiladigan tashkilotlar yo’q edi, shikoyat bilan hech kimga murojaat etib bo’lmasdi.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf
I.Mavzu: Turkistonda miliy ozodlik harakatlarining boshlanishi va uning sabablari
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; XIX asr oxirilarida yuz bergan ozodlik harakatlari haqida
Tarbiyaviy maqsad; ularning harakatlantiruvchi kuchlari va ularning ahvoli haqida
Rivojlantiruvchi maqsad; qo’zg’olonlarning maqsad va vazifalari haqida
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
Do'stlaringiz bilan baham: |