I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. Bojxona ekspertizasi



Download 0,89 Mb.
bet98/189
Sana16.03.2022
Hajmi0,89 Mb.
#495700
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   189
Bog'liq
BK20.01.2016

30-bob. Bojxona ekspertizasi
208-modda. Bojxona ekspertizasi tushunchasi va maqsadi
Bojxona ekspertizasi tovarlarni identifikatsiyalashga qaratilgan hamda ekspert tomonidan fan, texnika, san’at yoki hunarmandchilik sohasidagi maxsus bilimlar asosida tadqiqotlar o‘tkazish va xulosa berishdan iborat protsessual harakatdir.
Bojxona ekspertizasining maqsadi tovarlarni:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tovarning tasniflanishi to‘g‘ri bo‘lishini nazorat qilish uchun;
ularni qayta ishlash mahsulotlarida;
intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarga rioya etilishi uchun identifikatsiyalashdan iboratdir.
209-modda. Tadqiqot obyektlari
Tovarlar (tovarning namunalari va nusxalari), bojxona deklaratsiyasida va boshqa hujjatlarda tovarlar to‘g‘risida ko‘rsatilgan ma’lumotlar, identifikatsiyalash belgilari tadqiqot obyektlaridir.
Tadqiqot obyektlari, agar ularning o‘lchamlari va xossalari bunga imkon bersa, o‘ralgan va muhrlangan tarzda ekspertga beriladi.
Tadqiqot obyektini ekspertning ish joyiga yetkazish imkoni bo‘lmagan taqdirda, bojxona ekspertizasini tayinlagan organ unga mazkur obyektga moneliksiz borib ko‘rish va uni tadqiq etish imkoniyatini ta’minlaydi.
210-modda. Bojxona organlarining ekspert muassasasi
Bojxona organlarining ekspert faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan maxsus bojxona muassasasi bojxona organlarining ekspert muassasasidir.
Bojxona organlarida bojxona ekspertizasini tashkil qilish, amalga oshirish, bojxona ekspertlarini kasbiy tayyorlash va ixtisoslashtirish bojxonaning ekspert amaliyotiga yagona ilmiy-uslubiy yondashuv asosida amalga oshiriladi.
211-modda. Tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish
Quyidagilar tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish huquqiga ega:
bojxona organining mansabdor shaxsi, u bojxona nazoratini o‘tkazayotganda;
Oldingi tahrirga qarang.
boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari, ular qonunchilikda o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarayotganda yoki vakolatli shaxs.
(211-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari, ular qonun hujjatlarida o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarayotganda yoki vakolatli shaxs.
Vakolatli shaxs yoki boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tovarning namunalari yoki nusxalari tanlab olinayotganda bojxona organlarining mansabdor shaxslari hozir bo‘lishga haqli.
Tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yilmaydi, agar shunday tanlab olish:
bojxona nazorati o‘tkazilishini qiyinlashtiradigan bo‘lsa;
tovar tavsiflarini o‘zgartiradigan bo‘lsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(211-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish