I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


VII bo‘lim. Deklarant, bojxona brokeri va bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis



Download 0,89 Mb.
bet129/189
Sana16.03.2022
Hajmi0,89 Mb.
#495700
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   189
Bog'liq
BK20.01.2016

VII bo‘lim. Deklarant, bojxona brokeri va bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis
39-bob. Deklarant
274-modda. Deklarantga qo‘yiladigan talablar
Quyidagilar deklarant bo‘lishi mumkin:
1) O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxsi;
2) chet ellik shaxs:
tovarlarni notijorat maqsadlarda olib o‘tuvchi jismoniy shaxs;
ushbu Kodeksning X bo‘limiga muvofiq bojxona imtiyozlaridan foydalanuvchi shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Norezidentning qonunchilikka muvofiq tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi;
(274-modda birinchi qismining 2-kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan vakolatxonaga ega bo‘lgan shaxs shunday vakolatxonalarning o‘z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan tovarlarni vaqtincha olib kirish, reeksport qilish, bojxona tranziti bojxona rejimlariga, shuningdek erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishni ma’lum qilganda;
tashuvchi tovarlar bojxona nazorati ostida tashilayotganda.
275-modda. Deklarantning huquqlari
Tovarlarni deklaratsiyalashda deklarant quyidagi huquqlarga ega:
bojxona deklaratsiyasi va bojxona maqsadlari uchun zarur boshqa hujjatlar berilguniga qadar tovarlarni bojxona nazorati ostida ko‘zdan kechirish hamda o‘lchash, ularning namunalari va nusxalarini olish;
tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvini o‘tkazishda, bojxona organining mansabdor shaxslari tomonidan namunalar va nusxalar olinayotganda tovarlarning tekshirilishida hozir bo‘lish;
bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan olingan namunalar va nusxalarni tekshiruvdan o‘tkazish natijalari bilan tanishish;
Oldingi tahrirga qarang.
bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha operatsiyalarni bajarish uchun bojxona nazorati zonasiga kirish;
bojxona masalalari bo‘yicha bojxona organlaridan axborot va maslahatlar olish;
tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan olib chiqish niyati to‘g‘risida bojxona organlarini xabardor qilish;
dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarning loyihalarini tayyorlash;
deklaratsiyalanadigan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona omborlariga bojxona nazorati ostida joylashtirish;
(275-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-494-sonli Qonuniga asosan beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
tovarlarni elektron shaklda deklaratsiyalash uchun zarur hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan bojxona organlarining axborot tizimlaridan foydalanish.
Tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant quyidagi huquqlarga ega:
bojxona organiga taqdim etilgan, tovarning bojxona qiymatini aniqlashda foydalanilgan ma’lumotlarning ishonchliligini isbotlash;
tovarning ma’lum qilingan bojxona qiymatiga aniqlik kiritish zarurati tug‘ilganda, basharti tovarning bojxona organi tomonidan aniqlangan bojxona qiymatiga muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlasa yoxud bojxona to‘lovlarini to‘lasa, deklaratsiyalangan tovardan bojxona organining ruxsati bilan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
tovarning bojxona qiymatini aniqlash xususida bojxona organining qarori, uning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish.
(275-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Deklarant qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(275-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish