270-modda. Davriy bojxona yuk deklaratsiyasi
Davriy bojxona yuk deklaratsiyasi ishlab chiqarilgan mamlakati, fizik xususiyatlari, sifati, ishlab chiqaruvchisi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi bo‘yicha tovar kodining o‘nta belgili darajasi bir xil bo‘lgan tovarlar ayni bir shaxs tomonidan bojxona chegarasi orqali muntazam ravishda olib o‘tilgan taqdirda qo‘llaniladi.
Ayni bir shaxs tomonidan muntazam ravishda olib o‘tish deganda, mazkur moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan tovarlarning oltmish kalendar kun ichida bir marotabadan ko‘p marta bitta yuk jo‘natuvchi manzilidan boshqa yuk qabul qiluvchi manziliga bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) asosida bir xil sharoitda bojxona chegarasidan olib o‘tilishi tushuniladi. Bunday hollarda muayyan vaqt ichida bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan barcha tovarlar uchun bitta bojxona yuk deklaratsiyasi beriladi. Bu tartib vaqtincha tovarlarni saqlashning eng ko‘p muddati yoki bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatlari buzilishiga olib kelishi mumkin emas.
38-bob. Tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish
271-modda. Tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish asoslari
Quyidagi shartlarga rioya etilishi tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish uchun asos bo‘ladi:
Oldingi tahrirga qarang.
bojxona rasmiylashtiruvi va tovarlarni tekshirish vaqtida qonunchilik buzilganligi bojxona organlari tomonidan aniqlanmaganda;
bojxona organiga O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq tovarlarni chiqarib yuborish uchun zarur bo‘lgan litsenziyalar, sertifikatlar, boshqa davlat organlarining ruxsatnomalari taqdim etilganda, bundan shunday hujjatlarning tovarlar va transport vositalari chiqarib yuborilganidan keyin taqdim etilishi hollari mustasno;
(271-moddaning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tovarlarni va transport vositalarini tanlangan bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlariga deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan (agar bojxona brokeri bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha operatsiyalarni shartnoma asosida bajarayotgan bo‘lsa) rioya etilganda;
tovarlarga va transport vositalariga nisbatan bojxona to‘lovlari to‘langanda yoxud ularning to‘lanishini ta’minlash taqdim etilganda.
Do'stlaringiz bilan baham: |