I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Tovarlarni bojxona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar chiqarib yuborish



Download 0,89 Mb.
bet128/189
Sana16.03.2022
Hajmi0,89 Mb.
#495700
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   189
Bog'liq
BK20.01.2016

272-modda. Tovarlarni bojxona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar chiqarib yuborish
Ushbu Kodeksning 251-moddasida ko‘rsatilgan tovarlar bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotganda tovarlarni chiqarib yuborish bojxona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar yoki bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha operatsiyalar yakunlanguniga qadar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin:
tovarlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan tovarning kuzatuv hujjatlari taqdim etilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi yoki xalqaro shartnomalariga muvofiq radioaktiv materiallarni chiqarib yuborish uchun zarur bo‘lgan litsenziyalar, sertifikatlar, tegishli davlat organlarining ruxsatnomalari taqdim etilganda;
(272-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona to‘lovlarini to‘lash ta’minlanganda;
tovarlar chiqarib yuborilgan kundan e’tiboran o‘n besh kalendar kundan kechiktirmay bojxona yuk deklaratsiyasini berish haqida yoki bojxona rasmiylashtiruvini tugatish to‘g‘risida yozma majburiyat taqdim etilganda.
Bojxona yuk deklaratsiyasi berilguniga qadar chiqarib yuborilgan tez buziladigan tovarlardan hamda tirik hayvonlardan foydalanish va ularni uchinchi shaxslarga berish, shu jumladan sotish yoki boshqacha tarzda o‘zga shaxsga o‘tkazish orqali berish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
273-modda. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish
Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi aniqlangan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishiga oid ish yurituv tugallanguniga qadar amalga oshirilishi mumkin, basharti:
tovarlar qonunchilikka muvofiq olib qo‘yilmagan yoki xatlanmagan bo‘lsa;
qonunchilikka muvofiq tovarlar musodara qilinishi yoxud davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lmasa;
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishiga oid ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hisoblanishi mumkin bo‘lgan bojxona to‘lovlarini va jarimalarni to‘lash yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa undiruv choralari deklarant tomonidan ta’minlangan bo‘lsa.
(273-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish