I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 0,89 Mb.
bet120/189
Sana16.03.2022
Hajmi0,89 Mb.
#495700
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   189
Bog'liq
BK20.01.2016

37-bob. Deklaratsiyalash
252-modda. Deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan tovarlar va (yoki) transport vositalari
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotganda, bojxona rejimi o‘zgartirilayotganda, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan boshqa hollarda bojxona organlariga deklaratsiyalanishi lozim.
253-modda. Deklaratsiyalash joyi
Tovarlarga doir bojxona deklaratsiyasi bojxona deklaratsiyasini qabul qilib olish vakolatiga ega bo‘lgan istalgan bojxona organiga taqdim etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tovarlarning va (yoki) transport vositalarining ayrim toifalarini deklaratsiyalash quyidagilarga bog‘liq holda faqat muayyan bojxona organlarida amalga oshirilishi kerakligini belgilaydi:
(253-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
madaniy boyliklarning, qurol-yarog‘ning, harbiy texnikaning va o‘q-dorilarning, radioaktiv materiallarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun maxsus asbob-uskunalar va (yoki) maxsus bilimlar qo‘llanilishi zarurligiga;
tovarlarni xalqaro tashish uchun foydalaniladigan transportning turiga (avtomobil, havo, temir yo‘l, daryo, quvur transporti va elektr uzatish liniyalari);
Oldingi tahrirga qarang.
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikning bir necha marta buzilishi hollari qayd etilgan yoki iqtisodiy siyosat choralari belgilangan tovarlarning alohida turlariga;
(253-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tarkibida intellektual mulk obyektlari bo‘lgan tovarlarga.
Tovarlarni tashiyotgan transport vositalari tovarlar bilan bir vaqtda deklaratsiyalanadi.
Yuksiz transport vositalari va yo‘lovchilarni tashiyotgan transport vositalari bojxona chegarasini kesib o‘tayotganda deklaratsiyalanadi.
Daryo va havo kemalari bojxona hududiga kelish joyidagi daryo portida yoki aeroportda yoxud bojxona hududidan ketish joyidagi daryo portida yoki aeroportda deklaratsiyalanadi.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish