NAZORAТ UChHUN SAVOLLAR
Mehnat xavfsizligi psixologiyasi nima?
Mehnat psixologiyasining asosiy masalasi nima?
Psixologik jarayonlar, xususiyatlar va xolatlar nima?
4. Ishchilarning xavf ostida qolishini barqaror kuchaytiruvchi omillar qanaqa?
5 Ishlovchilarning xavf ostida qolishini vaqtincha kuchaytiruvchi omillar qanaqa?
6 – AMALIY MASHG’ULОT.
OPERATORNING ISH JOYINI TASHKIL QILISHNI O’RGANISH.
Reja:
1. Asosiy ma’lumotlar.
2. Ish o’rnida operator xolatiga bog’liq ravishda motor maydon zonalari va o’lchamlari.
3. Operatorning ish o’rnida xolatiga bog’liq ravishda motor maydon zonalari va o’lchamlarini aniqlash bo’yicha topshiriq.
1. ASOSIY MA’LUMOTLAR
Ish joyi - bu inson mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun «inson-mashina - ishlab chiqarish muhiti» tizimida ma’lumotlarni aks ettirish vositalari, boshqarish qismlari va yordamchi jixozlar bilan jixozlangan joydir. Ish joylari yakka va kollektiv turlarga bo’linib - tikka, o’tirib va tikka-o’tirib ishlashga mo’ljallanadi (11-rasm).
Egronomika ish joylarini loyihalashga bo’lgan talablarni ifodalab beradi. Asosiy va qo’shimcha harakat zonalarini aniqlaydi, tegishlicha poldan balandlik bo’yicha, simmetriya o’qidan front bo’yicha jixozlarning joylashish zonalarini aniqlab beradi.
Odamning har xil ishchi xolat (tik, o’tirgan, yotgan va engashgan) larining optimal va chegaraviy o’lchamlarini aniqlash uchun ish joyini ratsional tashkil qilishda ishlatiladigan zarur antropometrik ma’lumotlar tizimlashtiriladi.
Ergonomikada ishning va ishchi xolatlarning harakteriga bog’lik xolda har xil turdagi ishchi stollar va o’rindiqlarni konstruksiyalash bo’yicha umumiy tavsiyalar yaratiladi.
Ish joyini rejalashtirish va joylashtirishda quyidagi prinsiplarga amal qilish tavsiya qilinadi: boshida to’liq rejalashtirish, so’ngra qismlarini oldin optimal xolda, keyin amaliy ruxsat qilinganini rejalashtirish, ish jarayoni va jixozni rejalashtirishga yagona tizim talablari bilan yondoshish.
Ish joyini loyihalashda antropometriya ma’lumotlarini hisobga olish muhimdir. Ergonomika bo’yicha manbalarda maxsus ta’kidlanadiki, konstruktor o’zining antropometrik va psixofiziologik harakteristikalarini boshqa odamlar uchun ham na’munaviy deb qaramasligi va shu asosda narsalarni loyihalash jarayonini tashkil qilmasligi kerak.
Faqat inson tanasi o’lchamlari va a’zolari haqida, uning yoshi va jinsi o’rganilgan xolda keng to’plangan sistemali tanlangan malumotlarni jalb qilib o’lcham standartlarini loyihalash uchun mustahkam ilmiy bazani xosil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |