II-BOB. Zamonaviy didaktik konsepsiyalar.
2.1 Shaxsni rivojlantiruvchi ta’im nazariyasining ishlab chiharishga zamonaviy yondashuvlar.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasida hamkorlikda o’qitish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, Hamkorlikda o’qitishni bu biror bir vazifani, topshiriqni hamkorlikda bajarish emas, balki hamkorlikda o’qitishdir. Buyuk rus tarbiyashunosligining asoschilaridan biri A.S.Makarenko «Tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash jarayonida, o’zim ham tarbiyalanib bordim»,- deb yozadi. Demak o’qitish jarayonida, o’qituvchi bolalarni o’qitar ekan, ayni paytda o’zi ham o’qishga majburdir. Bu hamkorlikda o’qitish orqali amalga oshadi.
Hamkorlikda o’qitish, ya’ni kichik, kichik guruhlarga bo’lib o’qishlar G’arb pedagogi-psixologiksida XIX asr oxirlarida paydo bo’lgan. Ammo guruhlarda, hamkorlikda o’qitishga asos – solinishi XX asrning 20- yillariga to’g’ri keladi. Uning asosiy texnologiyasini ishlab chiqish va uning birinchi natijalarini matbuotda e’lon qilish 1970 yillarning oxirlari 1980 yillarning boshlarida to’g’ri keladi. Bu davrda Buyuk Britaniya, G’arbiy Germaniya, Niderlandiya, Yaponiya, Isroil, Avstraliya va boshqa mamlakatlarning ta’lim muassasalarida hamkorlikda o’qitish metodining nazariyasi va amaliyoti to’g’risida pedagogik matbuotda ma’lumotlar e’lon qilindi.
Ammo ushbu g’oyaning mantiqiy asosnomasi Amerikadagi uchta universitet professorlari – R.Slavin (J.Xoppine universiteti, 1990), R.Jonson, D.Jonson (Minnesot universiteti, 1987), J.Arenson (Kaliforniya universiteti, 1978) va Isroildagi Tel – Aviv universitetida, 1988 yilda SH.SHaron tomonidan ishlab chiqildi. Amerika olimlari va Isroil olimlarining hamkorlikda o’qitish g’oyasi ma’lum jihatlari bilan bir – biridan farq qilsada, ularda mazkur g’oyani yondoshish qoidalari va printsiplarini asoslashda yaxlitlik mavjud. Masalan, Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o’qitishda asosan o’quvchilarni fan asoslari bilan tanishtirish, ularni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish nazarda tutilsa, Isroil va yevropa olimlari ishlab chiqqan hamkorlikda o’qitish metodining mazmunida darslarda munozarali o’quv bahsini tashkil qilish orqali faoliyatni loyihalash yotadi. Bu hol g’oyalarning bir – birini to’ldirishi didaktik jihatdan bir birini boyitishi bilan xarakterlanadi va o’quvchilarning shaxsiy faoliyatlarini loyihalashtirish uchun zamin yaratadi. Bu esa har bir o’quvchida aqliy mexnatga tayyorlanish, ijodiy va mustaqil fikr yuritishlari shaxs sifatida o’zlarini erkin tutib o’qishga ongli, ma’suliyat bilan yondashishga undaydi hamda o’z safdoshlari bilan hamjihatlikda, hamkorlikda ishlashga da’vat etadi.
Ma’lumki, shoir, yozuvchi, bastakor, texnik xodim va boshqa ijod ahli tinmay izlanadilar, tom – tom kitoblar, taxlam – taxlam gazeta va jurnallarni varaqlab chiqadilar. Ziyokor sifatida o’qituvchi ham bu holatdan qolmasligi, tinmay izlanishi va ijod qilishiga to’g’ri keladi. Chunki, bugungi kun o’quvchisi ommaviy axborot vositalari orqali ko’pgina ma’lumotlarga ega. Ularni o’z o’quv fani mazmuniga singdirish, orqali o’quv predmetiga qiziqtirish, izlanish, mustaqil ishlariga o’rgatish o’qituvchidan katta bilim, mahorat talab qiladi. Shunga asosan o’qituvchiga bolalarga nima o’rgatsam, qanday o’rgatsam degan uy – xayol xalovat bermasligi kerak. qolaversa ta’lim islohotlari ham o’qituvchiga mana shunday tasavvur bilan yashash va ishlashga da’vat etmokda.
Shunga ko’ra hamkorlikda o’qitish metodini puxta egallagan qanday o’qitish va nimani o’rgatishni yaxshi bilib oladi. Zero, hamkorlikda o’qitish o’quvchida ongli intizomni tarbiyalaydi, o’z muvaffaqiyatini guruh muvaffaqiyati deb biladi, topshiriqlarni hamguruhlari bilan puxta o’zlashtirishga, o’rtoqlariga hamkor bo’lib, o’zaro yordam uyushtirishga va nihoyat sitqidildan aqliy mehnat bilan shug’ullanishiga zamin tayyorlaydi.
Hamkorlikda o’qitish metodining mohiyat mazmunini yuqorida qayd etilgan fikrlardan tashhari komanda (jamoa) hamkorligi asosida topshiriqlarni yechish jarayonlarini vaqt bo’yicha bosqichma – bosqich (g’oyalarni inertsiyalar, muhimlarini ajratish, loyihalash qayta ishlab chiqish) va amalga oshirish g’oyasi yo’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |